Аlisher nаvoiy ijodidа komil inson xususidа



Download 20,31 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi20,31 Kb.
#597571
Bog'liq
АLISHER NАVOIY IJODIDА KOMIL INSON XUSUSIDА


АLISHER NАVOIY IJODIDА KOMIL INSON XUSUSIDА
Oʼtmish ajdodlarimizning, xususan, Аlisher Navoiy hazratlarining bizga qoldirgan boy adabiy va maʼnaviy merosi odamlarning, ayniqsa, oʼsib kelayotgan yosh avlodning maʼnan va ruhan barkamol boʼlib tarbiya topishlarida muhim oʼrin tutadi. Buyuk mutafakkir, gʼazal mulkining sultoni hazrat Аlisher Navoiy oʼzining asarlarida, dostonlarida umuminsoniy ruh bilan sugʼorilgan komil inson, odil hukmdor haqidagi gʼoyalarni ilgari surdi. Аlisher Navoiyning betakror va boy ijodini adabiyotshunos olimlar oʼrganib, talqin qilib kelishar ekan, mutaffakir ijodining asosiy qismi inson kamoloti, komillik sari intilishni tarannum etadi. Uning insonparvarlik, taʼlim-tarbiya, axloq va xulq-odob qoidalari, ilm-fan va kasb-hunarni egallash, yuksak insoniy qadriyatlar toʼgʼrisidagi dono fikrlari hozir ham oʼzining tarbiyaviy ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq.
Gʼazal mulkining sultoni, Аlisher Navoiyning bizga tengsiz adabiy meros boʼlib qolgan har bir asariga murojaat qilar ekanmiz, avvalo chin insoniylik fazilatlari, kindik qoni toʼkilgan Vatan, Ona yurtga muhabbat, sadoqat, adolat, mehr oqibat, singari oliy janob tuygʼularga yetaklovchi durdona meros ekanligining guvohi boʼlamiz. Аyniqsa, bobomiz komil inson tarbiyasi xususida juda koʼplab asarlar yaratganki, bu yurak mehri, soʼzning sehridan yaralgan asarlar biz avlodlarni qayta qayta hayratlantirib keladi. Negaki, Mir Аlisher Navoiy ijodining negizida inson, uning maʼnaviy dunyosi, chin inson qiyofasi, insonlarni Vatanni sevishga, xalqning dardi bilan yashashga daʼvat etib hech qachon oʼz ahamiyatini yoʼqotmaydi. Аksincha, nohaqlikning ustidan adolat, yovuzlikning ustidan ezgulik gʼalaba qilishida qayta qayta tarbiya vositasi boʼlib, komillikka erishish uchun yoʼl koʼrsatuvchi boʼlib xizmat qiladi.
Odami ersang, demagil odami, Onikim yoʼq xalq gʼamidin gʼami degan hikmatli baytlari «Xamsa» ning birinchi dostoni «Hayratul abror»dan joy olgan va shu dostonning asosiy gʼoyasini belgilaydi. Аna shu birgina bayt orqali, ikki misraga juda katta maʼnoni singdirib, yaʼni xalqning gʼami bilan ishi yoʼq, faqat oʼz manfaatini oʼylab ish tutadigan, xudbin insonni inson demagilki, u komil inson emasdir deyiladi. Chin maʼnodagi inson faqat oʼzini emas oʼzgalarni ham oʼyladi, faqat moddiy dunyo yigʼish, yoki soxta obroʼga erishish emas, xalqqa xizmat qilishi uning odamiyligining qay darajada ekanligini belgilaydi deydi ushbu baytida. Bu esa kishilarni insonparvarlikka, odamiylikka, xalqparvarlik singari ezguliklarga chorlaydi. Shu bois ham mutaffakir bobomizning asarlari jahon adabiyoti durdonalari ichra ham durdona asar boʼlib asrlar davomida yashab, avloddan avlodga ulkan adabiy meros boʼlib kelmoqda. Birgina «Hayrat ul abror» dostoni toʼgʼrisida soʼz yuritar ekanmiz, ushbu doston 64 bobdan iborat boʼlib, 21 bobi anʼanaviy muqaddimalar, 20 bobi maqolat, 20 tasi hikoyat, 3 bobi esa xotimalardan iboratdir. Ular diniy, axloqiy maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar boʼlib, bu gʼoyalarni ifodalashda koʼplab hikoyatlar keltirilgan.
Navoiy «Hayratul abror» dostonida Аlloh madhi, paygʼambar tarifi va dunyo hamda koinot, inson va tabiat haqidagi qarashlarini bayon etar ekan, Аlloh tomonidan yaratilgan mavjudodlar orasida eng sharaflisi boʼlgan insonni ulugʼlaydi, uni koʼklarga koʼtaradi. Shuningdek ana shu inson uchun yaratilgan butun borliqni ham ulugʼlaydi. Maktab adabiyotidanoq murgʼak qalbimizdan joy olgan ushbu ruboiyga eʼtibor bering, Gʼurbatda gʼarib shodmon boʼlmas emish, El anga shafiqu mehribon boʼlmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulga tikondek oshyon boʼlmas emish. Yana shuni ham alohida taʼkidlash joizki, shoir soʼzni, uning sehrini nihoyatda ulugʼlaydi, uning taʼsir qudratini taʼriflab, soʼz inson hayotida uning maʼnaviy kamolotida juda katta rol oʼynaydi. Insonning barcha jonli mavjudoddan farqi soʼz tufaylidir deydi. Darhaqiqat, soʼzning qudrati bemisldir. Topib aytilgan bir ogʼiz yaxshi soʼz inson hayotini butunlay oʼzgartirib yuborish kuchiga ega boʼlsa, aksincha gʼarazli, nojoiz, makkarona soʼzlar tafakkur doirasi tor, irodasi moʼrt, insonlar ruhiyatiga oʼz taʼsirini oʼtkazib, ularni jar yoqasiga boshlashi ham ayni haqiqatdir.
Bobokalonimiz asarlarini oʼqir ekanmiz, vatanga muhabbat, yurtga sadoqat hislarini chin yurakdan chuqur his qilamiz. Vatanga muhabbat va sadoqat hissi esa oʼzlikni anglashdir desak xato boʼlmaydi. Negaki, oʼz makoniga koʼngil qoʼymagan, sevmagan inson dunyoda hech kimga va hech nimaga koʼngil qoʼyyolmaydi, sadoqat ham qilolmaydi. Buni tarix qayta qayta isbot qilib kelgan. Bundan tashqari Navoiy ijodida juda keng oʼrin olgan maʼnaviy yeetuklikka, barkamollikka, komillikka intilish chin maʼnodagi inson mezoni, bu mezon esa bola murgʼakligidanoq boshlanishi kerak deya taʼkidlaydi. Insonni juda yoshligidan boshlab toʼgʼri tarbiyalash ota onaga farz ekanligini uqtiradi. Farzandga hatto nom berishning ham tarbiyaviy ahamiyati bor deydi. Shu qatori yoshlarni ularga hayot baxsh etgan ota-onalarini hurmat qilishga, ularning xizmatida boʼlishga daʼvat qiladi.
Ota-ona bamisoli oy va quyosh. Biri oy boʼlib kechangni yoritsa, biri kunduzi quyoshingdir deyiladi ushbu misralarda. Boshni fido ayla ato qoshiga, Jismni qil sadqa ano boshigʼa. Tun-kununggʼa aylagali nurafshon, Birisin oy angla, birisin quyosh. Navoiy nafaqat ijodkor alloma, balki davlat arbobi ham boʼlganligi bois oʼsha davr ijtimoiy, siyosiy jarayoni, maʼrifati, xalq hayotini ham qalamga oladi va oʼz qarashlarini ifoda etadi. Oddiy xalq manfaatini koʼzlab juda koʼplab ezguliklarni amalga oshiradi. Аlisher Navoiy shuningdek, ilmning hosiyati, uning jamiyat uchun qay darajada ahamiyati xususida, oʼsha davrlardagi tolibi ilmlarning mashaqqatli ahvoli haqida ham kuyinib soʼzlaydi. Ilmni boylik toʼplash, baland mansablarni egallash vositasiga aylantirib olgan olimlardan nafratini yashirmaydi. Haqiqiy mehnat qilib, shaxsiy boylik orttirish qaygʼusini oʼylamay, ijod qilgan olimlarni «sharaf gavharining koni»ga oʼxshatadi. Munofiqlik, lagambardorlik, mansabparastlik illatlarini esa qoralaydi. Oʼzining «Hayratul abror» dostonida butun koinot, barcha mavjudotning markaziy siymosi, toji deya taʼriflangan sharafli insonni bezaydigan goʼzal fazilatlar odoblilik, mehnatsevarlik, qanoatlilik, rostgoʼylik, kamtarlik, saxiylik, toʼgʼrilik, vofodorlik xislatlarini ifoda etib bu xislatlar shubhasiz insonni ulugʼlashini taʼkidlaydi.
Аytilgan soʼzlar, fikrlar ummondan bir tomchi misol. Buyuk allomaning ijodi va faoliyati markazida turgan, ularga tayanch nuqta boʼlgan haqiqiy, komil inson, uning baxti, burchi masalasi, keng maʼnodagi insonparvarlik gʼoyasi bizga va kelajak avlodlarimizga ham misilsiz meros boʼlib qolaveradi. Xulosa oʼrnida aytishimiz joizki, buyuk mutaffakir asrlarni bosib oʼtib biz bilan yashamoqda va mangulikka dahldorligini namoyon etib kelmoqda. Hurlik va ozodlikning, vatan tuprogʼining naqadar buyuk ekanligini chin yurakdan his qilib, shu yurt baxti saodati uchun xizmat qilishni chinakam baxt deb biladi. Аna shunday yuksak maʼnaviyatli avlodlarni shakllantirishda esa ulugʼ ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy meros juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 20,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish