Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
110
library.ziyonet.uz/
yurganini Bobur taassuf bilan yozadi. Oz fursat oʻtmay Shayboniyxon Muhammad
Xusayn Mirzoni qatl qildiradi.
34. Tarj.: Ov ketidan yurib, changga botding; haroratli dil ketiga tushib, terga gʻarq
boʻlding.
35. Boysingʻur Mirzo (1477—1499)—Abusaid Mirzoning oʻgʻli Sulton Mahmudning
ikkinchi oʻgʻln, onasi Poshabegim. Otasi davrida Buxoroda hukmron boʻlgan va
Samarqand taxtida oʻtirgan. Ogʻa-inilari bilan chiqisha olmay Xusravshoh huzuriga
kelgan va tez orada qatl etilgan.
36. Tarj.: Koshki edi sanamlar ishkida biror kim devona boʻlsa Olamni tark etib,
vayronada boʻlsa biror kishi.
37. Sulton Mas’ud Mirzo — Abusaid Mirzoning nabirasi, Sulton Mahmud Mirzoning
toʻngʻich oʻgʻli, onasi Xonzodabegim. Otasi davrida Hisorda hukmronlik qilgan. Feodal
yurishlari oʻzaro nizolar oqibatida Xusravshoh Sulton Mas'ud Mirzoning koʻzlariga mil
tortib, koʻr qilgan, bu voqeadan soʻng Xusayn Boyqaro unga qizi Begim Sultonni bergan
edi. Sulton Mas’ud Mirzoni Shayboniyxon qatl ettirgan.
38. Sulton Ali Mirzo — Sulton Mahmud Mirzoning kichik oʻgʻli, onasi Zuxrabegim.
Ogʻasi Boysungʻur Mirzodan keyin 1499 yil oʻrtalarida Samarqand taxtiga oʻtirgan.
Shayboniyxon 1500 yilda Samarqandni egallagach, Sulton Ali Mirzoni uning buyrugʻiga
binoan qatl etganlar.
39. Jamshid — Eronning afsonaviy shohi. U qurol-aslaha, ipak va ranglar ixtiro’ qilgan,
ulkan va hashamdor binolar qurdirgan ekan. Navoiy «Tarixi mulki Ajam»da yozishicha,
Jamshid pichoq va qalqon yasagan, hammom qurdirgan. Nihoyatda ulugʻ «Chihil minor»
deb atalgan bino solib, kun va tun teng kelgan kunda oʻsha binoda taxtda oʻtirib,
barchaga adolat qilgani uchun shu kunning otini Navroʻz qoʻygan ekanlar. Bu yerda
Jamshid deganda Navoiy Husayn Boyqaroni va boshqa temuriy shoh, shahzodalarni
nazarda tutmoqda.
40. Faridun— qadimgi Eron shohlaridan. Ba’zi manbalarda u Jamshidning nabirasi,
ba’zilarida esa uning birodari Taxmuras avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va
odamxoʻr, Jamshidning qotili Zahhokka qarshi temirchi Kova (Kovai ohangar) isyoniga
qoʻshilib, uni mahv etadi.
Navoiy «Tarixi mulki Ajam»da Faridunni «yaxshi axloqli olim va odil podshoh erdi» deb
ta’riflaydi. Bu yerda ham Faridun fazilatlari shu majlisda nomlari zikr etilgan temuriy
hukmron va shahzodalarda boʻlgan va ularning ba’zilariga falak Jamshid va Faridun kabi
taqdirning ajal jomini ichirdi, deydi Navoiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |