Mavlono Jaloliddin — Mashhaddindur. Ali Zayniddinkim, ul yerda muttaayyin kishi
erdi va xonaqohi ham bor erdi, aning avlodidindur. Tab’ining muloyimati muammo
fanida ta’rif qilgʻucha bor.
Xoja Muso — oʻzin she’rga mansub qilur va el qoshida she’rlar oʻqur. Aning ahvolidin
sohibi vuquf el qoshida muqarrardurkim, tab’i nazm emas, yormaq berib, bu toifagʻa oʻz
otigʻa she’r ayturur va ul nav’ she’rlaridin biri bu matla’durkim:
Jomi sharobro sari rindon hubob shud,
Bis'yor sarki dar sari jomi sharob shud
(80)
.
Mavlono Mashrabiy — mashhadligʻdur. Xush tab’ yigitdur. Bu matla’ aningdurkim:
Turki man har gah ki jo dar xonai zin kardai
Xonai zinro chu suratxonai Chin kardai
(81)
.
Mavlono Vafoiy — ham mashhadligʻdur. Bu matla’ aningdurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |