Mavlono Majnun
(77)
— mashhadlikdur. Shoʻx tab’i bor, zoti dagʻi maqbul tushubtur.
Xushnavis yigitdur, «bozguna» xatini andoq ravon va sof bitirkim, mahalli taajjubdur va
koʻrmagan kishi ishona olmas. Bu matla’ aningdurkim:
Ba va’z meravamu zor-zor megir'yam,
Bad-in bahona zi hijroni yor megir'yam
(78)
.
Mavlono Malik — Boxarz viloyatida Korizdindur. Oʻzin Malik Zavzan avlodidin tutar.
Bu jihattin «Malik» taxallus qilur. Oʻttiz yoshqa yaqingʻacha nazm aytmaydur erdi.
Ulgʻaygʻonda nazmgʻa mashgʻul boʻldi. Aning bila hazl qiluvchilar. Maliki gov derlar. Bu
matla’ aningdurkim:
Sad issa gar zi Layliyu Majnun rivoyat ast,
Movu hadisi ishqi tu, inho hikoyat ast
(79)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |