Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
21
library.ziyonet.uz/
Shakli chang az bahri daf’i gʻam dahoni ajdahost
(34)
.
Ul yigitlikda favt boʻldi. Ulcha qobiliyati bor erdikim, agar hayot topsa, xub nazmlar andin
qolgʻay erdi. Favtining tarixi Shayx Ozariyning zikrida oʻttikim, faqir lafzi bila paydo qilib
erdim. Qabri Xiyobondadur.
Mavlono Vaysiy — kotiblikka mashhur erdi, ammo she’r ham aytur erdi. Asru sodava goʻl
kishi erdi. Faqir, balki koʻproq yoronlar taajjub kilurlar erdikim, oyo ul bu nav’ sodaligʻ bila
nazm nechuk aytur erkin, ammo gʻazallari yomon ermas va devoni ham bordur. Bu matla’
aningdurkim:
Raftam ba sayri bogʻu tavofi bunafshazor,
Omad zi har bunafsha maro boʻi zulfi yor
(36)
.
Safar ixtiyor qildi va ul safarda oxirat safari oligʻa tushti.
Do'stlaringiz bilan baham: |