Mavlono Sogʻariy
(37)
— Sogʻar viloyatidindur. Hirot shuarosi silkida erdi. Maoshi oʻtkuncha
tamavvuli bor erdi. Ammo imsoki gʻolib erdi.
Hazrat Maxdumiy Noʻran Makka safarigʻa azimat qilgʻonda, Vaysiy va Sogʻariy ikkalasi
mulozamatda borur izhori qildilar.
Ammo Vaysiy eshagi yoʻk bahonasi bila va Sogʻariy yana bir bahona bila ul safardin qoldilar
va Amir Suhayliy
(38)
bu qit'ani alar uchun aytti va el ichida base shuhrat tuttikim:
Vaysiyu Sogʻariy ba azmi haram,
Gashta budand har dushon safari,
Lek az on roh har du vo mondand,
On yak az be xariyu in zi xari
(39)
.
Mavlono Sogʻariy agarchi bad she’r erdi, ammo bu matlai xub tushubdurkim:
Chashmi durbori manu abri bahor ast yake,
Nolai zori manu savti hazor ast yake
(40)
.
Hiriyda favt boʻldi. Qabri hamonoki Xiyobon navohisidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |