Mavlono Moʻ’miniy — «Xalosiya» xonaqohida tahsil qilur. Oti
Abdulmoʻ’mindur, taxallusi bu munosabatdin voqe’ boʻlubtur.
Samarqanddindur. Tab’ida muloyimat bor. Bu matla’ aningdurkim.
Bikusho dahanki, noʻshi laboʻ noʻshxand ham,
To qiymati shakkar shikani, narxi qand ham
(12)
.
Orif Farkatiy — Samarqand navohisining Farkat degan mavzuidundur.
Koʻp vaqt Xurosonda, Hirot taxtida boʻlur erdi. Goh sabaq oʻqur erdi va
goh lavandliq qilur erdi. Va irfon izhorigʻa mash’uf erdi. Iroq sori bordi va
ahvochi ma’lum boʻlmadikim, ne boʻldi. Bu matla’ aningdurkim:
Dar holati takallum az nozuki zabonash,
Bargi gulest goʻyo dar gʻunchai dahonash
(13)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |