T
O
ʻ
RTINCHI
M
AJLIS
Asr fuzalosi zikridakim, she’rga mashhur va mubohiy emastular, ammo allardin nazm
tariyqida koʻp latoyif zohir boʻlur va koʻp zaroyif bosh urar
Ul jumladin:
Pahlavon Muhammad Goʻshtigirkim, koʻb fazoyil bila orostadurkim, goʻshti fani bavujudi
ulkim, aning andoq haq va mulkidurkim, ma’lum emaskim, hargiz bu fanda andoq paydo
boʻlmish boʻlgʻay. Oʻzga fazoyiligʻa koʻra dun martabasidur. Musiqiy va advor ilmida
davrining benaziridur. Chun kamoloti «azharu min ash-shams»
(1)
dur, sharh qilmoq
ehtiyoj emas, faqir Astroboddin bu ruboiyni Pahlavon xizmatlarigʻa bitib erdimkim:
Dar Ka’bavu dar dayr ba irshodi tuyem,
Dar savmaavu maykada bo yodi tuyem,
Zokir saharu shom ba avrodi tuyem,
Ya’neki, yatimi Ne’matobodi tuyem
(2)
.
Pahlavon bu ruboiyni javob bitib erdikim:
Ey Mir, tu piru mo ba irshodi tuyem,
Doim ba duoguiyu bo yodi tuyem,
Do'stlaringiz bilan baham: |