Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
77
library.ziyonet.uz/
uslublarini paydo qildi va oʻz zamonining nodiriga aylandi» hamda Hiloliyning uchchala
dostonidan 5 baytni misol tariqasida keltiradi. Muhammad Qazviniy ham oʻzidan: «Mir
Alisher taklifi bilan ilmlarni egallash va oxiriga yetkazishga mashgʻul boʻlgan» deb
qoʻshib ketadi. Hiloliy timsolida Navoiyning adabiyotga kirib kelayotgan umidli yosh
kuchlarga alohida e’tibor bilan qaraganini koʻrish mumkin. Hiloliy ilk daf’a Navoiyga
oʻz she’rini oʻqib berganda undagi badiiy iqtidorni sezib, taxallusini soʻraydi,
«Hiloliy»— deb javob beradi. Shunda Navoiy «Hiloliy» emas, Badriy, Badriy!» (ya’ni,
sen «yangi oy» emas, «toʻlin oy» ekansan ma’nosida), deb shoirni maqtaydi. Yana
boshqa hikoyatga koʻra, kunlarning birida Navoiy shoirlarga ustozi Jomiyning mashhur
gʻazaliga javobiya gʻazal yozishni buyuradi va eng yaxshilari uchun mukofot belgilaydi.
Shunda Hiloliy va Osafiy degan shoirlar javob gʻazal yozmaydilar. Navoiy buning
sababini soʻraganda, — javob yozishda oʻsha asardan orttirib yoki hech boʻlmasa uning
saviyasida yozish lozim, biz esa oʻzimizda yetarli kuch sezmadik, — debdilar.
She’rshunoslikda juda quvvatli ekansizlar deb, mukofatni Navoiy ana shu ikkala shoirga
bergan ekan.
61. Tarj.: Bugun ul xushraftor va xushqomat neni shunchalik oyoqdan qoldirdiki, ertaga,
balki qiyomat ertasiga ham oʻrnimdan tura olmasman.
62. Tarj.: Ey oqil, devonaga uyni nima keragi bor. Chunki men devona uyga boradigan
yoʻlni bilmayman.
63. Tarj.: Yorning miyigʻi va labi sabz va qizil tusda jilva berganda, xasta koʻnglimdan
sabzrang va qizil oʻt koʻtarildi.
64. Tarj.: Xudo sening xayoling bilan meni hamisha shod qilsin. Agar xayolingdan
ayrulgudek boʻlsam xudo saqlasin!
65. Tarj.: Bir Layli yuzli qonim ustiga barini yeldirib yetib keladi. Bu vaqtda Majnun
dilimning ahvoli qanday boʻlishligini bila olmayman.
66. Tarj.: Koʻzlarim oy yuzli yorga [boqishdan] judo boʻlgandan beri dilim qondan judo
boʻldi, koʻzlar qon toʻkishdan toʻxtadi.
67. Koʻftgarlik — poʻlat aslaha, anjomlarni tilla suvi bilan qoplash san’ati. Muhammad
Qazviniy tarjima izohida koʻftgarlikni kuftapazlik (taom turi) deb bergan.
68. Tarj.: Shundan xursandmanki, otgan oʻqi noshod koʻnglimga jo boʻldi, endi oʻz
oʻqini qidirganida meni ham yodiga oladi.
69. Mavlono Sohib — Fasihiddin Sohib Doro nomi bilan mashhur qasidanavis shoir.
Navoiyning yaqin suhbatdosh doʻstlaridan. Navoiy vafotidan soʻng Husayn Boyqaro
Do'stlaringiz bilan baham: |