Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
18
library.ziyonet.uz/
Soʻyam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon
(14)
.
Xoja Samarqandda tangri taolo rahmatigʻa bordi va oʻz xonaqohida jaddining gunbazida
madfundur.
Mavlono Uloi Shoshiy — donishmand kishi erdi. Xush tab’liqgʻa barcha xaloyiq ann
musallam tutar erdilar.
Muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharafiddin Yazdiy muqobalasida mazkur qilurlar
erdi. Faqir Samarqandgʻa borgʻonda ayogʻi sinib, sohib firosh erdi. Iyodatigʻa bordim,
qoshida oʻlturub, andin hosil boʻlur bitib anga tutaberdim.
Qoshidin chiqqonda faqirning holatin soʻrub, kim erkanimni ma’lum qilgʻondin soʻngra bu
muammonikim, faqirning oti andin hosil boʻlur, aytib bitib, bir shogirdidin visoqimgʻa
yuborib, erdi.
Va Mavlono hamul za’d bila olamdin oʻtdi va qabri Samarqandda — oʻqdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |