Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
16
library.ziyonet.uz/
Boʻsa onjo zi biym natvon zad
(119)
.
«Majolis un-nafois»ning avvalgʻi majlisining itmomi
Bu valoyatosor guruh va bu fasohatshior anbuhlarning ruhlarinikim, xaloyiq ruhi alarning
jonparvar nafaslaridin tozadur va ulus osoyishi alarning ruhbaxsh kalomlaridin beandoza.
Haq subhonahu va taolo sahobi inoyatidin fayz yomgʻuri selobigʻa gʻariq qilsun va magʻfirati
soiqasidin ruh shu’lasi anvorigʻa hariq etsun. Va alarning ruhoniyatidin Sultoni Sohibqiron
humoyun tab’igʻakim, fasohat bahrining samin gavharidur, nur va safolar bersun, va balogʻat
boʻrjining munir axtaridur, surur va ziyolar yetkursun. Ruboiy:
Yo rabki, bu shohkim ulus xonidur,
Tab’ ahliyu zehn xayli sultonidur.
Ne xonu ne sultonki, jahon jonidur,
Ber umr ila davlat, ulcha imkonidur.
Do'stlaringiz bilan baham: |