Mavlono Muhammad Badaxshiy — Qunduzning Ishkamish otligʻ kentidindur. Avvali
holida andin tahsil uchun chiqib Samarqandgʻa bordi va bir necha vaqt anda sabaq oʻqub
Hiriyga keldi. Tahsil ishin takmil qilur vaqtda gʻoyat xushtab’ligʻidin va musohiblar xotiri
jihatidan lavandligʻlargʻa tushti va rindliq tariyqin ul martabagʻa yetkurdikim, mast yo
maxmur bosh va oyoq yalang koʻy va koʻcha va bozorda yurur erdi. Hodii tavfiq tavba
nasib qilib, ani tuz yoʻlgʻa keturdi. Holo tab’ ahli orasida andin somonliqroq kishi yoʻqtur.
Podshoh va gadogʻa maqbul va muloyimdur. Va muammo fanida risola bitibdurkim, koʻp
el orasida mashhur va shoye’dur. Ammo agar muhovirotda gohi soʻzga betaamul javob
berur, chun gʻalat kam tushar, hech tushmas va muammodin boshqa dagʻi nazmlari bor.
Bu matla’ aningdurkim:
Xayoli qomatash dar didai bexob megardad,
Chu on mohiki, har su dar miyoni ob megardad
(39)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |