Sayyid Ja’far
(45)
— Sayyid Muhammad Nurbaxshning oʻgʻlidur. Shoh Qosimdinkim,
ogʻasi boʻlgay koʻp yaxshiroqdur. Xurosongʻa keldi. Podshoh e’zoz va ikrom qilgʻondin
soʻngra, yilda besh ming oltun yormoq va ikkk yuz harvor oshliq vajhi maosh uchun
muqarrar qildilar. Bovujudi ulkim, bir quruq boshligʻ mujarrad kishi erdi, ozdur deb
yomonlab Arabistongʻa bordi. Ammo xushtab’ va yaxshi yigitdur. Va lekin, atosi
mahdiylik da’vo qilgʻondin ne balolarkim, boshigʻa keldi va holo qirq yildin ortuqdurkim,
oʻlubdur. Aqidasi hanuz budurkim, otasi yo Mahdiydur yo mahdiy ekandur. Bu matla’
aningdurkim:
Turki man dast chu bar xanjari bedod burd, ,
Tashnaro obi zuloli Xizr az yod burd
(46)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |