Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А


Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi



Download 58,33 Kb.
bet4/7
Sana22.12.2022
Hajmi58,33 Kb.
#894327
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-4-sinf o\'qish

Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi. bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish yaxshi samara beradi.Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida uyg'un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o'quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim.
Mustaqil ish turlari qanday turlari bo'lishi kerak? Avvalo, ish turlari o'qituvchi tomonidan puxta o'ylangan, ta'lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo'lishi kerak. Bunda har bir o'quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak.
O'quvchilarni aqliy rivojlantirishning sitatlaridan biri topshiriqlarni to'la “eslab qolib”bajarishlaridir.
Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo'l qo'yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e'tibor beriladi.
O'quvchilarning topshiriqlarni tez, to'g'ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib, tayanch so'zlar tavsiya etish foydalidir. O'quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo'lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so'z boyligi yetarli emas.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bolalar o'qituchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o'rganib qolmasliklari uchun ko'proq ularning o'zlarini mustaqil fikrlashga da'vat etish lozim. O'quvchilar e'tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib:Nega?Nega shunday bo'ldi?Seningcha qanday bo'lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma'qullab, yana o'ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag'batlanttiruvchi so'zlarni ishlatish foydalidir. Masalan, “O'roq va Kombayn” masalasi yuzasidan: O'roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e'tiborini tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o'rgatiladi.
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo'lsa, uning qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og'zaki yoki yozma tarzda bo'lishi mumkin.
Bola yozishidan oldin o'ylaydi, fikrini og'zaki jamlaydi, so'ng uni yozishga kirishadi. O'z fikrini bayon qilish, yo'l qo'yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritish uchun jiddiy fikrlaydi. Bu jarayon (og'zaki) nutq asosida paydo bo'ladi va mustahkamlanadi.
Masalan, o'quvchi o'z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o'ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o'z-o'zicha gapiradi (pedagogikada bu faol faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o'qib, og'zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o'ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
O'quvchilarni mustaqil faoliyatga o'rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim:
-beriladigan har bir topshiriq o'quvchilarning imkoniyatlariga mos bo'lsin va qiziqish uyg'ota olsin;
-ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo'naltirilsin, o'quvchiga tushunarli bo'lsin;
-ishni bajarishda bolalarda o'ziga ishonch hissi uyg'onsin, ishga kirishishda ular o'zlarida dadillik sezsin;
-mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o'quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchiga e‘tibor berish kerak.
-topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak;
-topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma'lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo'sh o'zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko'niktirish lozim;
-ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo'lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo'lmasligi) kerak;
-topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
-darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me'yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og'ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko'proq ochiq havoda bo'lib, harakatli o'yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o'tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo'lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim.
Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarning so'z zahirasini boyitishdir. Bunda lug'at ustida ishlashga e'tibor qaratishimiz, lozim. Ona tili bilan o'qish fanlarini doimo bog'lab borish maqsadga muvofiq.
Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashda testlar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Ma'lumki respublikamizda o'quvchilar bilimini baholashda test sinovlaridan unumli foyalanilmoqdalar. Masalan asarni o'zlashtirishga ulgurmayotgan past o'zlashtiruvchi o'quvchilarga yozma yoki og'zaki holda quyidagicha testlar bilan murojaat etish mumkin.
“Ochko'z boy” ertagining salbiy qahramoni kim?

  1. o'tinchi chol

  2. kampir

  3. boy

Hiylagarning jazosi xalq og'zaki ijodining qaysi turi hisoblanadi?

  1. maqol

  2. ertak

  3. afsona

Bundan tashqari xalq og'zaki ijodiyoti turlaridan foydalanib ham bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni o'zlashtirish foizlarini oshirish mumkin. Ma'lumki boshlang'ich sinf oquvchilari ertaklarga juda ham qiziqadilar ulardan foydalanib bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni faolliklarini oshirish ,erkin mustaqil fikrlashga o'rgatish nutq boyliklarini oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O'qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o'tish usullaridan foydalanishi bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uning oldini olishga imkon yaratadi. Jahon- keng Dunyoda mamlakat kop, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz O'zbekistonimiz yakka-yu yagona. O'zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to'la qonli ta'lim va tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liqdir.Ana shularni kelajagimiz poydevori bo'lmish boshlang'ich sinf o'qiuvchilari diliga jo etib hayotlari mazmuniga aylantirishimiz ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozim.
Agar o'qituvchi 3 sinf «O'qish kitobi1»da berilgan badiiy asarni bola qalbini hayajonga soladigan tarzda mohirlik bilan tushuntira olsa, ya'ni asar o'quvchida xayrixohlik, noxushlik kabi qator tuyg'ularni uyg'otsa, u holda o'qituvchi shu yo'l bilan bolada estetik tuyg'ularni uygotgan va rivojlaitirgan, tasvirlangan voqyeaga estetik munosabat hosil qilishda unga ko'maklashgan bo'ladi.
Adabiy asarlarni estetik idrok qilishning emosionalligiga suyanish ijtimoiy- siyosiy va axloqiy tasavvurlarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Vatanga muhabbat, do'stlik, mehnat, burch kabi axloqiy tushunchalarni o'quvchilar emosional his qilgandagina anglab oladilar Muhabbat Umarova, Sharofat Hakimovalar 3-sinf uchun darslikda (To'ldirilgan tuqqizinchi nashri. Toshkent «Cho'lpon» nashriyoti, 2010 yil) yosh shoir va yozuvchilarning bolalarbop she'r va hikoyalaridan berilgan. Jumladan, Tohir Qahhor, Ullibibi, M.Yusuf, Toshpo'lat Xolmatov, Zohir A'lam, Sulton Jabbor, Yoqutxon Raximova, Abdusalom Umarov, Rahmat Azizxodjayev, Mirzo Karim, Xoji Abdurazzoq Yunus singari ijodkorlar asarlaridan namunalar, parchalar keltirilgan.
Biz, mazkur bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf «O'qish kitobi»da berilgan. Shoir va yozuvchilardan: Miraziz A'zam Tursonboy Adashboyev, haqida va ularning asarlari haqida fikr yuritamiz.
Dastlab, mazkur yozuvchi va shoirlarning tarjimai holi, undan so'ng esa ularning asarlarini umumta'lim o'rta maktablarida o'tish usullari haqida fikr yuritamiz. She'rlarida olg'a surilgan g'oyada bola qo'pollik bilan emas, muloyimlik va xushmuomalalik bilan tevarak-atrofdagilarning o'ziga nisbatan yaxshi muomalada bo'lishiga sazovor bo'ladi. Bolalar she'r qahramoniniig muvaffaqiyatsizliklariga achinadilar va sehrli so'z yordamida erishgan yutuqlaridan quvonadilar. Agar bolalar o'qituvchining she'r qahramoniga bo'lgan munosabatidan mamnun bo'lsalar, o'qituvchi she'r g'oyasining estetik jihatdan idrok qilinishini ta'minlagan bo'ladi.
O'quvchilarning xayolini tarbiyalashda adabiy asarning estetik idrok qilinishini to'g'ri tashkil etish va tekstni ifodali o'qish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'qituvchi adabiy asarning idrok qilinishini tashkil etar ekan, bolalar diqqatini asarda aks ettirilgan narsa va hodisalarning go'zalligini payqashga, ularga nisbatan o'z munosabatini aniqlashga qaratmog'i kerak. Shuning uchun o'qituvchining so'zlari, uning o'quvchiga bergan savollari katta ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalarga emosional xarakterdagi, masalan, «Hikoyani o'qiyotganingda qayerida qo'rqding?», «Qayeri kulgili ekan?», «Qayerida quvonding?» savollar berish yaramaydi. Bunday savollar bolani chalg'itib qo'yadi, kitobni o'qiyotganda bola qo'rqmagan, kulmagan, quvonmagan bo'lsa-da, kitobning shunday o'rinlarini borligini u taxmin qila boshlaydi.
O'qituvchining savoli o'quvchining o'qilgan asarga nisbatan munosabatini, ya'ni kitobning qayeri uni hayratlantirganini, hayron qoldirganini, quvontirganini, qo'rquv, sevinch, nafrat va boshqa tuyg'ular uyg'otganini aniqlashga undashi kerak. «Biror munosabat»ga bog'lab berilgan savollar asarni estetik idrok qilishga yordam bermaydi. Masalan, dalaning yozgi ko'rinishi haqidagi she'r o'qilganda, dala qanday rangda edi, unda qanday gullar o'sib yotardi kabi savollar yosh kitobxonni yoz tabiatining rango-rang bo'yoqlaridan zavqlanishga, ya'ni she'rni estetik idrok qilishga rag'batlantirmaydi. Badiiy asarga nisbatan savollar qo'yilayotganda savollarning xarakteri, ularning izchilligi haqida o'ylash va bolalarga asarni o'qish jarayonida tug'ilgan fikr va mulohazalarini, o'zlarini hayajonga solgan tuyg'ularni ifodalashga imkon berish lozim.
O'zi o'qigan asar uyg'otgan tuyg'ular haqida to'liq gapirib bera olmaydi. Ularda tuyg'ular asosan: yoqdi — yoqmadi, qiziqarli- qiziqarli emas shaklida paydo bo'ladi. Bu tuyg'ular aksari asarda ifodalangan odamlarning ayrim sifatlari, kishilarning o'zaro munosabatlari, xulq-atvorlari, ijtimony hayot hodisalari va tabiatga bo'lgan munosabatni ochib beradigan asar mazmuni orqali uyg'onadi. Boshqa so'z bilan aytganda, yosh kitobxonning tuyg'ulari har bir asarda mudom mavjud bo'ladigan «axloqiy masala»ga mansubdir. Estetik va axloqiy idrok birligining asoslari xuddi mana shundan iboratdir.
S.Barnoyev, M.A'zam, T.Adashboyevlar ijodi haqida gapiradigan bo'lsak, bola esini taniganidan boshlab, tevarak-atrofidagi muhitga qiziqib qaraydi. Uning sirlarini, umuman, hayot haqiqatini bilishga intiladi. Bu intilish bora-bora taqlidchilikni tug'diradi. Darhaqiqat, yaxshilikka, yangilikka taqlid qilish bolalarning azaliy odati. Shu ma'noda bolalarga o'rnak bo'larli darajadagi lirik qahramon yaratish-boshqa janrlar kabi bolalar she'riyatining ham doimiy talabidir.
Bolalar poeziyasida jozibali, kurashchan xarakterlar yaratish borasida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Bunday qahramonlar obrazi bolalarda ona-Vatanga muhabbat, dushmanta nafrat, ilmga, mehnatga ishtiyoq, sadoqat kabi ezgu his- tuygularni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Kichkintoylarning katta dunyosini badiiy «kashf» etish, umuman intellektual lirik qahramon yaratishda har bir shoirning o'ziga xos, izdividual uslubi bor. Shunga muvofiq, qahramonlar bir tomondan o'zaro farqlansa, ikkinchi tomondan, mushtarak xususiyatlarga ham ega. Ayniqsa bu o'ziga xosliklar yosh shoirlar ijodida ham yaqqol kuzga tashlanadi. Chunonchim, Safar Barnoyev she'rlarining qahramoni-kurashchan obraz-o'qishda a'lochiligi, jamoat ishlarida ilg'orligi, tabiat sirlariga qiziquvchanligi, hayotda jasurligi bilan sadoqatli do'st va qadrdon o'rtoq sifatida alohida ajralib turadi. Uning hayot haqida o'z falsafasi bor. Bizni kurshagan olam qahramon nazarida sirli bir jumboq bo'lib gavdalanadi. Lekin jumboq jumboqligicha qochib ketavermaydi. Shoir uning siri va sababini bolalar dunyoqarashiga mos tarzda badiiy psixologik tahlil qilish orqali ocha boradi. Lirik qahramon bugungi farovon turmushimizning tub mohiyatini o'ylar ekan, uning osonlik bilan qo'lga kiritilmaganligini qalbdan his etadi. Otalar ishidan faxrlanish uning qalbida iftixor tuyg'ularini uyg'otadi:
Dadamning ko'llari miltiq ham ushlagan,
Gulni ham ekkandir dadamshshg qo'llari.
Otalar yaratgan totli hayot nash'asi o'z navbatida uni sevishga, ardoqlashga burchli qilib qo'yadi. Buning uchun, avvalo, o'qish, mehnatga muhabbat bog'lash lozim. O'qish va mehnat jarayonida esa boshqalar bilan qudratli do'stlik rishtalari bog'lanadi. Shoirning lirik qahramoni tor hayot qobig'iga o'ralib qolgan emas, aksincha, ertangi kunga jiddiy boqadi. Undan yangicha ma'no, yetuklik izlaydi: Umrning yo'li-yu, mazmuni, Kaftimda sanoqsiz chiziqlar.
Kaftimning so'qmog'i, yo'llari. Bekorchi damlarga qiziqmay, Quyoshga cho'zganman qo'llarim.
Shunisi diqqatga sazovorki, qahramon o'z baxtini, taqdirini xalq va Vatan taqdiri bilan bog'laydi. Uning uchun ona va Vatan mushtarak tushunchalar bo'lib, ular oldida o'zini qarzdor his etadi. Chunki ona unga jon baxsh etgan bo'lsa, Vatan o'z quchog'ida avaylab o'stirmoqda. «Shu tufayli ona, yurt, bizga doim suyuksiz», deydi u. Shu tariqa konkretlikdan umumiylikka qarab boriladi, muhim ijtimoiy xulosalar chiqariladi, hayot haqiqatini badiiy tasdiqlaydigan yorqin obrazlar qiyofasi tavdalantiriladi. Buni shoirning «Yuz dona lola», «Tinchlik qo'shig'i», «Ona madhi», «Samarqand bilan quyosh», «Dadamning qo'llari», «Dedi-dedi fosh bo'ldi» щye'rlarida qo'rsa bo'ladi.
Yaxshi she'r she'rxonlar qalbiga hyech qanday vositasiz o'zi oqib kiradi, tillardan tushmay qoladi.
Yosh shoir S.Barnoyev bolalarga o'rnak bo'larli darajadagi lirik qahramon yaratish ustida samarali ijod etgan. Uning she'rlarining qahramoni, shoirning o'zi e'tirof etganidek, qo'zichoq, qo'ng'iroq va qo'g'irchoq doirasidagi tor muhitda o'ralashib yurmaydi. U hayotni, tabiatni, ona-Vatanni jon-dilidan sevuvchi o'spirin bo'lib, ilmga chanqoq, olam oirlariiing mag'zini chaqishga harakat qiladi. Borliqni dialektik birlikda kuzatadi:
Biri-biriga monand, Biri-biriga payvand.
Birlashgan butun olam,
Quchoqlashgan tog'lar ham.
Bu birlik shunchaki qayd qilinmaydi, balki uning zamirida do'stlik iplari bor degan yuksak ijtimoiy ma'no chiqariladi:
Quyosh bobo himmati,
Daryolarning qudrati, Shamolning harakati, Ona yerning mehnati Ulkan do'stlik hurmati.
Qahramon hayot va taraqqiyot haqida falsafiy fikr yuritib, butun olam ijodkori insondir, degan haqqoniy xulosaga keladi:
Inson qo'li — besh barmoq,
Besh qit'ani zabt etgan.
Muz-tog'larni eritgan.
Olam inson kaftida.
Inson-ijodkor. U tabiatni o'z mehnati bilan bo'ysundirib, unga chiroy baxsh etadi. Olam go'zalligidan zavqlanadi. Hayotga, tabiat va Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi ana shunday shakllanadi. Bu shoirning «Bahs», «Kech kuz», «Yur, dalalar qo'yniga», «Tog'lar bayrami», «Yurt mehri» singari she'rlarida ravshan ko'rinadi.
Odam va olam, zamin va zamon o'rtasidagi doimiy aloqa, insonning hukmronlik roli Qambar O'tayevning «Qizil galstuk», «Tog' boshidagi lola», «Soat», Mashrab Boboyevning «Qaldirg'och nima deydi?», «Yangra gornim!» kabi jajji kitobxonni o'ylashga majbur etadigan she'rlarida o'zining yaxshigina ifodasini topgan.
Bolalar uchun jon kuydirib qalam tebratayotgan Miraziz A'zam, Tursunboy Adashboyev manzumalarining qahramoni kichik maktab yoshidagi bolalar bo'lsa ham, ziyrakligi tufayli tabiat jumboqlarini yechishga urinadi, insoniy munosabatlarni sinchkovlik bilan kuzatadi. M. A'zam «Azizning orzulari», «Yo'lchilar qo'shig'i», «Tong bilan birga turdik», «Yerga dovrug' olamiz» hamda «Bir cho'ntak yong'oq» turkum she'rlarida g'oyaviy niyatini to'laroq ochish maqsadida so'z o'yinidan takrordan foydalansa, T. Adashboyev she'rlarida yumoristik talqin asosiy o'rin tutadi. Ularda qadrdon qishloq dalalari, keng vodiylar tarannum etiladi.
M. A'zam qo'liga qalam tutar ekan, o'quvchisining kimligini bir daqiqa ham unutmaydi, qahramon bilan birga o'ylaydi, uning uchqur xayollariga sherik bo'ladi. Bu — tizginni qahramon qo'liga tutqazib qo'yadi, degan so'z emas, albatta. Balki jo'shqin tuyg'ularini, qaynoq ehtirosini bosh maqsadga bo'ysundirishi samarasidir. Buni she'rlaridagi har bir so'zga katta mas'uliyat bilan yondoshishida, so'zlarni o'z o'rnida ishlatishida, bolalar psixikasiga mos o'ynoqi ruh baxsh eta olishida ko'rishimiz mumkin. Shoir xuddi shu yo'l bilan sovet xalqi o'rtasidagi qudratli do'stlikni ulug'laydi.
Bizlar o'n besh bolamiz,
Oqmiz, sariq, qoramiz. Oramizdan o'tmas qil, Garchi bizda har xil til.
Tursunboy Adashboyev ijodida qishloq yoshlari hayoti badiiy tadqiq qilinadi. She'rlarining lirik qahramoni oddiygina qishloq bolasi. U qayerda bo'lmasii, tug'ilib o'sgan qishlog'ini, sevimli diyorini qo'msaydi, unga muhabbati jo'sh uradi. Qishloqning har bir qarich yeri unra to'tiyo. Chunki olam jamoliga ilk bor o'sha yerdan bokqan. Inson mehrini o'sha yerda tuygan. «Do'ngliklardan mis laganda sirpanib», bolalik zavqini surgan. Bu holni shoirning «Qishlog'im», «Yaylovda», «Zira» kabi she'rlari misolida ko'rish mumkin. «Hisob darsida», «Qatiq», «Oy», «Dazmol» singari qator she'rlarida esa asosny g'oyani yengil yumor vositasida ifodalaydi.
Mazkur muloqazalarimiz yoshlar she'riyati faqat zafar quchyapti, u yuksak taraqqiyot bosqichida, degan fikrni tug'dirmasligi kerak. Chunki ular izlanish pallasidadir. Bu davrda ba'zan kamchiliklarning ro'y berishi hchm tabiiy. Asarning tematik doirasi, mavzu ulug'vorligi hamda g'oyaviy mundarijasi uning estetik- tarbiyavny qimmatini tayin qilolmaganidek, ma'lum g'oya atrofida ortiqcha takror jimjimadorlik, taqlidchilik, quruq didaktika ham fikrning o'quvchiga to'liq yetib borishiga monelik qilishi sir emas. Bunday qusurlar M. A'zamning «Onam ishga ketganda», S. Barnoyevning «Shirinlik», G. Jo'rayevaning «Inoq oila», R. Tolipovning «Derlar: baxting qo'lingda» singari she'rlarida ko'zga tashlanadi.
Davrimiz yuksalish davri. Kashf etilgan biron bir yangilik hali hayotga singib ketmasdan, ikkinchisi vujudga keladi. Yutuqlarimiz jasorat va kurash samarasidir. Bugungi kunda qahramonlikni hayotning o'zi tug'dirmoqda. Davrimizda qahramonlik an'anaga aylanib qoldi.
Buni kattalar hayotida emas, balki o'quvchi bolalar hayotida ham ko'rish mumkin. Yosh grajdanlar kattalar mehnatiga o'z ulushlarini qo'shmoqdalar, tonnalab paxta termoqdalar. Turli hunar o'rganmoqdalar. Mehnat desantlari tashkil qilmoqdalar. Xullas, ularning o'qishi, mehnati, intilishi doston va balladalar yozishga arziydi. Afsuski bolalar shoirlari bu ishga qalam urmayotirlar. Katta janrlar e'tibordan chetda qolmoqda. Bu hol bolalar prozasiga nisbatan bolalar poeziyasida ochiq-oydin ko'zga tashlanadi.
Shularni hisobga oladigan bo'lsak, ba'zi shoirlarimiz juda jo'n ganlarni she'rga solayotganga o'xshaydi. Pand-nasihatdan nariga o'tilmaydi.
Bolalar she'riyati rivojiga mavzu torligi, bir xilligi ham sezilarli salbiy ta'sir qilmoqda. Ba'zi she'rlarda a'lochi va jamoatchi o'quvchilar sha'niga quruq maqtovlar yog'iladi. Ularning ishi hamisha «besh». Kiyim-boshi toza, kattalarpp hurmat qiladi, uy ishlarida ota-onasiga dastyor. Bular, so'zsiz yaxshi sifatlar. Qachonki, ichki mohiyati ochib berilsa ma'qul. Afsuski, his-tuyg'udan yiroq, badiiylikdan mahrum bunday asarlarda farishta qahramonlar obrazi yaratilib, ularga hayotda yashashning tayyor sxematik «resepti» qo'sh qo'llab topshiriladi.
Sxematizm, quruq didaktika D. Matjonning «Tuzatib ol», J. Rahimning «Buzoq nega qalampirdan xafa?», «G'ishtlar qo'shig'i», S. Jabborning «Shirin» kabi bir talay she'rlariga xos xususiyatdir. Kichkintoylarning ma'naviy dunyosi ijodkordan g'oyatda noziklik va ehtiyotkorlik bilan yondoshishni talab etadi. Hayot - murakkab. Tabiat va jamiyat voqyea-hodisalarga boy bo'lib, ijodkorga istagancha material berishi mumkin. Ammo ularni tanlamasdan qalamga olaverish ko'zlangan natijani

Download 58,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish