O’qish 2-sinf
She’r:
1. O’zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet.
2. O’zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet.
3. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet.
4. Humo qushi. Po’lat Mo’min, 7-bet.
5. O’lka. Erkin Vohidov, 11-bet.
6. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet.
7. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet.
8. Yur tog’larga. Usmon Nosir, 17-18-bet.
9. Tilagim. Yo’ldosh Sulaymon, 18-19-bet.
10. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet.
11. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet.
12. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet.
13. Bog’da. Qambar ota, 24-bet.
14. Dehqonga ta’zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet.
15. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet.
16. O’quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet.
17. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet.
18. Orzular Rauf
Tolib, 30-31-bet. Bu ro’yxatni uchunchi hamda to’rtinchi sinf
darslilaridagi she’rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan
ham ko’rinib turibdiki, she’r ilmi – jiddiy ilmdir.
Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o’quvchilarning ongi va
tushunchasi darajada berilib, mavzuning g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik
idroq qila olishlari hisobga olinishi zarur.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod o’rzusi» nomli
kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli
bo’lishlari kerak» deb ta’kidladanidek, yosh o’sib kelayotgan avlod yoshligidanoq
tarbiyali, o’qimishli qilib tarbiyalanishi kerak.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta’lim to’g’risida» Qonun ham
shu maqsadga qaratilgan.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va
vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida
savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa
predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan
ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat
ta’lim standartli (DTS) talabalari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-
biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan
o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan
intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy,
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar
bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida
uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular
bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang’ich sinf «o’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini
milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan
belgilanadi. shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning
savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak
axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladishgan asarlarning
mavzu doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og’zaki ijodi,
mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O’qish darslari uchun tanlangan mavzular o’quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo’yicha ham bilim va
tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat
mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash,
istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq tuyg’ularni uyg’otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o’qish
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib, 2 sinf «O’qish kitobi»dagi «Ona
yurtim-oltin beshigim» bo’limiga kiritilgan «O’zbekistonim» (H.Imonberdiyev),
«Istiqlol» (J.Jabborov), «O’lka» (E.Voxidov), «Yur tog’larga» (U.Nosir), 3-sinfda
«Ona bita, Vatanyagona» bo’limidagi «Vatan haqida she’r» (A.Avloniy),
«O’zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo’tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo’yki, seni
Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O’zbekiston» - Vatan manim bo’limidagi
«Serquyosh o’lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma»
(M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga
tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ilug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy
sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy,
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi
asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi
farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda
Vatanga muxabbat tuyg’usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o’timishi haqida
hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar
o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat
taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid
mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining
almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi
asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to’g’ri
munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag’riga sayohat
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog’i»,
«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlarini to’ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich
sinflarning o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish,
asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya
bilan chambarchas bog’lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va
malakalarning kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish
o’quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS va «Ona tili» o’quv dasturida o’qish
ta’limi oldiga qo’yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o’qishni to’g’ri tashkil
qilish, o’qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg’or
pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanishga ko’p jihatdan bog’likdir.
Shu o’rinda, bir fikrni aytib o’tishni o’rinli hisoblaymiz.
Bir qancha o’qituvchilar, metodik qo’llanmalarning avtorlari adabiyotni
faqat o’quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni,
qahramonga xarakteristika berish yo’llarini, ularning og’zaki va yozma nutqini
o’stirishni o’rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta’sirini,
shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o’ringa
qo’ydilar, ba’zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo’ydilar.
Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan
bog’lanmadi va o’quvchilarni uncha qiziqtirmadi. Bu hol o’qituvchining
zimmasiga adabiyot darsini qayta ko’rish va uni yangi talablarga mos shaklda
tashkil qilish kabi g’oyat muhim vazifani qo’ydi. Hozirgi o’rta maktablarda
adabiyot o’qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o’quvchilarning mehnati bilan
uzviy bog’lash ta’limning bosh masalasidir. O’quvchilarga beriladigan bilim va
ularga hosil qilinadigan ko’nikmalar ta’sirli, o’quvchilarning yangicha yashashlari
va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo’lishi lozim. Bu talab
o’qituvchining diqqat markazida turishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va
nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda
uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o’quvchilar ongiga singdirib
borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to’g’ri ochiladi va
o’quvchilar adabiyotni o’z hayotiy tajribalari bilan bog’lay oladilar.
O’quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi
tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo’ladi. Badiiy adabiyot
o’quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko’zi oldida yangi dunyo yangi
hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy
sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o’quvchilarning inson va
jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini
tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o’tkirlashtiradi, insonning
tabiatini bilishga o’rgatadi.
Adabiyot o’qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o’qish va asarni
o’rganish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishga kuchli ta’sir etadi.
Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so’z zapasiga ega bo’ladilar. Ular
o’z nutqlarida shevaga xos so’z va iboralarni ko’proq ishlatadilar, jumladan
ko’pincha noto’g’ri tug’ri tuzadilar. So’z san’atkorlarining programmaga kiritilgan
asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o’ynaydi, o’quvchilarni
adabiy nutqqa o’rgatishda katta yordam beradi. O’qituvchi esa o’quvchilar
nutqining lug’aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o’sishiga alohida diqqat qilishi
lozim.
Demak, o’quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya
berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir.
O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga
o’rgatish, kitobga muhammat uyg’otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.
O’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
O’quvchilarning bog’lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o’stirish.
O’quvchilarning xayolot olamini boyitish.
Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va
ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari
o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi
faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha
predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini
o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi
o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi
yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri
tanlanishiga bog’liq. Binobarin, fanning o’zi kabi o’qish metodlari ham doimiy
rivojlanishga bo’ladi. Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metod
asosida o’rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o’qish asosida olib boriladi. Yod olish
metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o’qilganni
qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishga mutlaqo e’tibor
berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuz, qiroat bilan o’qish ifodali o’qish
nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish metodi asosida olib borilayotgan
ekan, quyidagicha savol tug’iladi: Izohli o’qish nima?
Izohli o’qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy
asos solgan, u o’qishga o’quvchilarni «ongli tushunib, o’ylab o’qishga» o’rgatishni
alohida ta’kidlaydi va uni «Izohli o’qish» deb nomlaydi.
Izohli o’qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar.
Korf va Vaxterev izohli o’qish o’quvchilarga real bilim berish vositasi desa,
Vodovozov va Bunakov o’quvchilarga o’qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili
va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog’liq holda beriladi, degan fikrni ilgari
suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o’qitishning mazmuni va usullari haqida fikr
yuritib, o’quvchilarning oldin bilimlarini o’zlashtirishga, so’ng yod olishlariga
e’tibor berilishi ta’lim jarayonida izohli o’qish deb nomlanganini ta’kidlaydi.
Demak, izohli o’qish deb o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qilishga,
o’qilganning mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi. Izohli
o’qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari
surayotgan qoyani anglashni ta’minlaydi.
Izohli
o’qish quyidagi tamoyillarga to’liq amal qilingandagina
muvaffaqiyatli bo’ladi:
1.
O’qishni hayot bilan bog’liq holda tashkil etish.
2.
O’qishning ongli va ta’sirchan bo’lishi uchun o’quvchilarning hayotiy
tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.
3.
O’qishni ko’rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga
ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o’simliklar dunyosini kizatish,
rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o’quvchilarning
ifodali o’qishi tarzida olib borish.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar,
hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o’qib
o’rganiladi. Tabiyki ularning har biri o’ziga xos shakl, uslub va mazmunda
yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o’ziga xos usulda
o’qib o’rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy
o’qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga
quyidagi ish usullarini kiritadi:
a) o’qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o’qishi hamda o’quvchilarning
asarni to’g’ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini
t’minlash maqsadini ko’zda tutuvchi so’zi;
b) o’qilgan asardan o’quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini
chuqurlashtirish maqsadida ega bo’lgan va ularning diqqatini matnning muhim
g’oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo’naltirilgan suhbat uyushtirish yoki
o’qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning
qo’yilishi;
d) o’qituvchining asar o’qilganidan keyin o’quvchilarning asarni tadqiq etish
jarayonida tug’ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko’zda tutuvchi
so’zi.
Ko’rinadiki, ijodiy o’qish izohli o’qishdan farqli o’laroq, to’g’ridan-to’g’ri
matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda
A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o’qish
metodi asosida o’rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan
kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog’liq milliy
xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O’tinchi yigit», 3-
sinfda O’tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning
«Qo’rqoq» asarlarini ham ijodiy o’qish metodi asosida o’qitish ijobiy o’qish
metodi asosida o’qitish ijobiy samaralar beradi.
Avvalo, o’qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur,
ya’ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o’quvchilar uchun qanday
yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi,
badiiy mahoratni tushunish va o’quvchilarning nutqini o’stirish kabi masalalar
o’qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar
aniqlangandan so’ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo’li zarur. Har bir dars
metod va usul tomonidan xilma-xil bo’lishi mumkin va o’quvchilarning
qiziqishlarini
so’ndirmaslik,
ularning
asardan
olgan
taassurotlarini
zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo’lishi va o’tgan dars bilan,
kelgusi yangi dars bilan bog’lanishi zarur. O’qituvchi dars planini tuzayotgan
vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan
ilmiy bo’lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o’qituvchisi asarni murakkab va
zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat
bo’lish zarur.
Materialni takrorlash asosida yangi materialni o’zlashtirish darsi tashkil
qilinadi (takrorlash o’quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan
bog’lanmaydi).
O’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirishlari va
ayni vaqtda ularning o’zlashtirganliklarini tekshirish.
Bilimni mustahkamlash asosida o’quvchilarning mustaqil ishlari.
Boshqa dars materiallari asosida uzoq o’tilganlarni takrorlash.
Darsning hamma bosqichlarida o’quvchilarning bilimlarini aniqlash.
Jurnalga baho qo’yish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarga ifodali o’qish ham boshlang’ich ta’lim
tizimida mantiqiy o’qish (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va
adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi. U yod
olingan she’riy asarlarni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi. Ifodali o’qishning
muvaffaqiyati o’quvchilarning asar mazmuni, g’oyaviy-badiy xususiyatlari haqida
muayan tushunchaga ega bo’lishi bilan bog’liq.
Ohang va intonasiya she’riy asarlarni ifodali o’qishga qay darajada muhim
bo’lsa, nasriy asarlarni o’qishga ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari
surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To’xtaboyevning «Xatosini
tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini
tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi,
maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi.
Ifodali o’qish oldiga qo’yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim
ekkanini o’rar», Sh. Sa’dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o’n
uch bolakay qissasi» kabi she’riy hikoyalarini o’qishga ham xosdir.
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qish katta ahamiyatga ega.
Badiiy o’qish ifodali o’qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so’z
san’atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o’quvchidan asar ruhiga
batamom kirishi, san’atkorona o’qishni talab etadi. Badiiy o’qishga asar
qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to’la anglab etilgandagina
ta’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o’qishga tayyorgarlik ko’rishda
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi
samara beradi.
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o’qishning muvaffaqiyatini
ta’minlaydigan
omillardan
biri
tanlab
o’qishdir.
Masalan,
3-sinfda
X.To’xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning
savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi
bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur
o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik
qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.
Boshlang’ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida
o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng
qo’llaniladigan usuldir.
O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi
dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning
aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab
ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib,
o’quvchilariga ko’maklashadi.Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma
vazifasini o’tadi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchilarning ko’rsatmalari
yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda
bajaradilar.
Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish
darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum»,
«Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham
foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish,
darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi
va ruxta ishlab chiqilishi kerak.
O’qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini
to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o’qish ko’nikmalarini
to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O’qish ko’nikmalari
savod o’rgatish jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida
takomillashadi.
O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri tez, ongli va ifodali
o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari
shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularningasosi ongli
o’qish hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu. anglab o’qimasa yoki
uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-
yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda
ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli
o’qishga xizmat qiladi, to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi
hisoblanadi.
O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O’qish kitobi»
darsligida berilgan Miraziz A’zamning bir talay she’rlari oddiy haqiqatni lo’nda
qilib berishga bag’ishlangan. Masalan, Miraziz A’zamning «Yer aylanadi» she’rini
olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana
aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe’r bo’lishi mumkin emas, degan tushuncha
xayolingizdan o’tadi. Lekin she’rni o’qiydigan bo’lsanshgiz sizning tasavvuringiz
butunlay o’zgaradi. Murg’ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning
aylanishi, onlarning o’tishi, shamolning esib turishi bidlan o’sib-ulg’ayishimiz,
kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko’z o’ngimizdan o’tadi. Qilgan
yaxshi-yomon ishlarimizni o’ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs
yuritadi:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi.
Asta-asta odam o’sadi,
Asta-asta aylanadi.
Asta-asta ulg’ayar aql,
Asta-asta yer aylanadi.
Asta-asta yetilar naql,
Asta-asta yer aylanadi…
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan
unchalik xabardor emas. Ular o’qituvchilarning ko’magida, o’zlari tinglagan badiiy
asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar.
O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy,
estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu
jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida tizimli va
maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq
vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o’zining «Ocherki psixologii
obucheni detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish
jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va
avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi,
bunda so’zni bo’g’in harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi
shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish xarakteridir; bunda
so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan
asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi.
O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish
avtomatlasha boradi.
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar
mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan
bo’lsin.
To’g’ri o’qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni
to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan,
so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushi qo’shmay,
harflar o’rganini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib
o’qish hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me’yorlariga
qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taalluqlidir», - deb
ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga qo’yilgancha ta’rif
bergan: «To’g’ri o’qish – bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda
ravon nusxa ko’chirishdir». Demak, to’g’ri o’qish so’zning tovushi tarkibini,
grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o’qishdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga Miraziz A’zamning «Metallurg», «Aqlli
bolalar», «Senga nima bo’ldi?», «G’alati tush», «Yer aylanadi», «Yerga dovruq
solamiz» singari she’r, qo’shiq, ertak dostonlari kichik bolalarga bag’ishlangandir.
U har bir asarida bolajonlar uchun albatta bir yangilik, bir yaxshi gap aytish
ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va uni uddasidan chiqadi. Shu mavzularni idrok
etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lgani
uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’ymaydidlar. Ba’zilarda esa puxta sintez
bo’lmashganligi uchun xatoga yo’l quyadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni
qiynlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |