XULOSA
Ma’lumki, malakaviy bitiruv ishni yoritish o’ziga xos qiyinchiliklarga ega.
Biz imkon qadar o’z oldimizga qo’ygan rejalarni uddalashga intildik. Zero, bolalar
tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish,
yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalar dunyo
sirlaridan mutlaqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni
tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar,
bog’chalarda
esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam
beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini
tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini
o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan
yosh avlodni komil
insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan
bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak
avlodni jismonan baquvvat,
ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun,
bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta
va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z
ifodasini topgan. demak,
shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi
ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng
asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur
tushunchasini
shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va
ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab
voyaga yetkazish muhim ishdir.
Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok,
fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur,
vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan
ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida»
qabul qilingan
Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir
bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga etib ulg’ayib qoladi.
Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim.
Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga,
saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chiqir uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar
va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirish
zarur.
Biz o’zimizning mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yuqoridagi buyuk
ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish
kitobi»ga
kiritilgan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam,
Tursunboy
Adashboyevlar ijodidan namunalardan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim
topdik.
Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi»
darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz
A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil
ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu
o’z
navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum
sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
Darhaqiqat, Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy
Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil
qilish, shuningdek, mustaqil o’qish ishlarini tashkil etish o’z e’tibori bilan yangilik
sanaladi.
Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan
iborat. Shoir Anvar Obidjon aytganidek:
Obro’yingni baland tutmoq,
E bolam, o’z qo’lingdadir.
Sening olamdagi narxing
Vatan, millat, tilingdadir.