Do‘st bilan agar topishsa do‘st-yor, Orzular daraxti bo‘lur hosildor. Umid ganjinasin kalididir yor, Farog‘atli hayot xamdamidir yor. Yashamoq maqsudi erur yor, bil, Bu ishning yorsiz bekor, bil. Avvali hayotdan topgunga barham, Parvoz eta olmas yolg‘iz qush bardam. Xullas, oshnolik, do‘stlik bog‘ida, Navoiy nag‘masoz vafo shoxida. Yaʼniki, Navoiy lutf etgay Shikastalar ko‘nglin ovutgay. Bundan soz ish bo‘lganmi zinhor? Bu do‘stning fidosi bo‘lsin do‘stu yor. Abdurahmon Jomiy Bu ulug‘ amirning maqbul tabiati va muloyim unsuri sulton janoblariga yaqinlik, musulmonlarning muhim ishlari ga kafillik, shariatu sunnat, mulku millat ishlarini ravnaq ettirish bilan band bo‘lsa-da, hamma vaqt fazilat orttirish, ilm bilan mashg‘uldir. Uning hamsuhbatlari xushtaʼb, fozil kishilardir. Uning maqbul xotiri ahli dildan boshqani istamas, og‘ir tabiatlilar uning himmat nazariga yengiltak bo‘lib ko‘rinar, balki noahillar uning latif majlislariga kirolmasdilar… Ulug‘ amirning turkiy devoni sultonlar, aslzodalar majlisi bezagidir. Navosi navo ohangida ushshoqi benavolarni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yadi. Muxoliflar uning qalami g‘ijirlashidan mag‘lub, xusravoniy ohangi Sulton Husaynga mahbubdir. Qanday yaxshiki, uning ovozasi turklar mamlakatidan Hijozgacha… dovrug‘i Nishopurdan Isfahongacha yetdi. Ajam mamlakati ahli qulog‘iga bu sadodan sirg‘a taqib, olamning hamma burchaklari bu daryo gavhari bila to‘lib toshgandir. Tong nasimi uning xabarini Iroqqa yetkazdi va Tubi daraxti barglarini bu nihol shoxchalariga yopishtirdi… Davlatshoh Samarqandiy – Oʻzbekiston keyingi yillarda keng qamrovli transformatsiya jarayoniga kirdi. Bu jarayonlar bizning TURKSOY (Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti) bilan aloqalarni yangi sifat bosqichiga chiqardi hamda turkiy dunyodagi madaniy, maʼrifiy, gumanitar aloqalarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Turkiy olamning eng buyuk mutafakkiri, turkiy adabiyotning sultoni Alisher Navoiy merosini oʻrganish TURKSOY tashkilotining muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan. Navoiy dahosi va uning asarlari yolgʻiz oʻzbek adabiyotiga emas, balki butun turkiy adabiyotga turtki bergan hamda taʼsir etgan. Turkiy olamning gʻururi, oʻzbek xalqi tarbiya qilgan buyuk ziyoli va mutafakkir Alisher Navoiyni hurmat va minnatdorlik bilan eslash va uni oʻrganish TURKSOY tashkilotining bu yilgi ish rejasiga kiritilgan. Oʻzbek adabiyoti asoschisining hayot va ijod yoʻli, qoʻlyozmalari, uning manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqi, asarlari poetikasi, til va uslub xususiyatlari, dunyo badiiy va falsafiy tafakkurida alloma ijodining oʻrni, navoiyshunos mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalash masalalari boʻyicha TURKSOY tashkiloti ham oʻzini masʼul deb biladi. Bilal CHAKICHI, TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari:
Do'stlaringiz bilan baham: |