Alimova shahnoza maqsudovna xorazm (qipchoq) shevasining leksik-grammatik xususiyatlari


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/51
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#501693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
xorazm qipchoq shevasining leksik-grammatik xususiyatlari (1)

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. 
Dissertatsiyamizning asosiy 
maqsadi Xorazm qipchoq shevalari leksikasining tarkibini leksik-semantik 
xususiyatlarini, uning etimologik asoslarini, shakl va ma’no xususiyatlarini 
o‘rganishdan iborat. Ushbu maqsadni o‘rganish uchun tadqiqotimiz oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‘ydik:
1. Xorazm qipchoq shevalarining leksik-semantik xususiyatlarini 
o‘rganish. 
2. Leksemalarning shakl va ma’no qirralarini o‘rganish. 
3. Sheva elementlarining hududiy rang-barangligini, xususan, Yangibozor 
va Gurlan tumani vakillari shevasining o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish.
1
Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек шевалари. «Фан», Тошкент, 1977. 



4. Ularni qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi holatlari bilan qiyosan 
o‘rganish. 
Tadqiqotning metodlari va materiali. 
Tadqiqot ishimizning oldiga 
qo‘yilgan asosiy maqsadga erishish va uni amalga oshirishda turlicha jumladan, 
qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, tavsifiy metodlarga murojaat qilindi. Tadqiqot xarakteriga 
ko‘ra, imkon qadar areal o‘rganishdan iborat. Tadqiqotimizning materiali suhbat, 
so‘rov asosida to‘plangan ma’lumotlardan iborat.
Bundan tashqari, ishda UrDU Filologiya va san’at fakulteti talabalarining 
har yili o‘tkaziladigan folklor dialektologik ekspeditsiyalari davrida to‘plangan 
materiallaridan ham foydalanildi.
Ishimizning metodologik asoslarini Xorazm vohasi shevalari bo‘yicha 
tadqiqotchilari olib borgan F. Abdullayev, Sh. Shoabdurahmonov, X. Doniyorov, 
O. Madrahimov, A. Ishayev, Z. Do‘simov, M. Bo‘ronov, Y. Jumanazarov, X. 
Boboniyozov, Y. Ibrohimov, Y. Bobojonov, R. Yo‘ldoshev kabi tilshunos 
olimlarning ishlarida ilgari surilgan g‘oyalar, asosiy fikrlar, qarashlar tashkil 
qiladi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Xorazm qipchoq shevalari
leksikasini nazariy asosda tadqiq etish o‘zbek shevalari haqida yaxlit nazariy fikr 
bildirish, shevalardan keyingi yillarda paydo bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd qilish, 
shuningdek Xorazm vohasidagi o‘zbek shevalarining mukammal lug‘atini tuzish 
bo‘yicha muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari tadqiqotimizdan o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha 
qo‘llanmalar yaratishda, o‘zbek xalq shevalarining mukammal lug‘atini yaratishda, 
bitiruv malakaviy ishlar yozishda va tanlanma fanlarni o‘qitishda asosiy manba 
sifatida foydalansa bo‘ladi. Bularning barchasi ishning amaliy ahamiyatini 
belgilaydi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish