Alimova shahnoza maqsudovna xorazm (qipchoq) shevasining leksik-grammatik xususiyatlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/51
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#501693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
xorazm qipchoq shevasining leksik-grammatik xususiyatlari (1)

 
 
 
 



Ishning umumiy tavsifi 
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin, mamlakatdagi barcha sohalarda bo‘lgani
kabi, ilm-fanni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bunda 
Respublika prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini alohida ta’kidlash 
kerak: “Ilm-ziyo—bu xalqning, Vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir.
Uni rivojlantirishda davlat imkoni bo‘lgan hamma ishni qiladi, hech narsani 
ayamaydi. Iqtisodiy muammolar ertami-kechmi hal etiladi, lekin ilmiy boyligini 
qadrlamagan, uning taraqqiyoti uchun qayg‘urmagan davlatning kelajagi 
bo‘lmaydi. Buni biz doimo yodda tutmog‘imiz shart!”
1
Shu yillardan tilshunoslikning ham barcha sohalari, jumladan, 
shevashunoslik bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar maydonga keladi.
Ammo ta’kidlash kerakki, o‘zbek shevashunosligi ayniqsa, O‘zbekiston va 
undan tashqaridagi o‘zbek tilining o‘g‘uz hamda qipchoq lahjalari leksikasini 
tadqiq qilishda hamma ishlar amalga oshirildi deb bo‘lmaydi. Hali bu borada hal 
qilinishi lozim bo‘lgan muammolar oldinda turibdi.
Keyingi yillarda o‘zbek tilining shevalarini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq 
qilish kabi muhim ishga e’tibor biroz kamayganligini ta’kidlash kerak.
O‘zbek xalqi tomonidan asrlar osha to‘plangan so‘z boyligi adabiy tilda 
hamda shevalar leksikasida o‘z aksini topganligi barchaga ayondir.
Bu manbalarda xalqimizning o‘tmishi va hozirgi kuni butun borlig‘i bilan 
aks etgan. Bunda shevalar adabiy tildan kam ahamiyat kasb etmaydi. 
O‘zbek tilining barcha shevalari uning boyish manbalaridan biri bo‘lib 
xizmat qilgan. O‘zbekiston va O‘zbekistondan tashqaridagi o‘rganilmagan o‘zbek 
shevalarini barcha lingvistik aspektlarda o‘rganish, tadqiq etish muhim 
masalalardan biridir
2
.
1
И.А.Каримовнинг Вазирлар Маҳкамасида Олий таълим масалаларига бағишланган йиғилишида сўзлаган 
нутқи. «Туркистон» газетаси. 1999, 20 июнь. 
2
Шоабдураҳмонов Ш., Ишаев А. Ўзбек шеваларининг ўрганилиши ва навбатдаги вазифалар. “Ўзбек тили 
ва адабиёти”. 1968, 5, 35-38 бетлар. 



Hozirgi paytda shevalarning ko‘p jildlik lug‘atini tuzish shevashunoslar 
oldida turgan muhim masalalardan biridir. Buning uchun O‘zbekistondagi barcha 
o‘zbek shevalarini mintaqaviy o‘rganish zarur. Bu xususda taniqli shevashunos 
olim Ahmad Ishayev O‘zbekistondagi ko‘pchilik shevalarning leksik tarkibi hanuz 
to‘la darajada o‘rganilmaganligi, mintaqalar bo‘yicha tuzilgan dialektal lug‘atlarda
ham barcha shevalarning leksik boyligi yetarli darajada o‘z aksini topmaganligi 
ta’kidlangan edi
1

Xususan, Xorazm viloyatidagi o‘zbek shevalarining lingvistik jihatdan 
tahlili katta-katta tadqiqotlarni talab qiladi. Ayniqsa, Xorazm qipchoq tip shevalari 
lingvistik tadqiqotlarga ko‘proq muhtojligini ta’kidlash kerak. Chunki bu hudud 
shevasi Xorazm areal tilshunosligining eng kam o‘rganilgan sohasidir.
Tadqiqot mavzusining muhimligi yana shu bilan belgilanadiki, Gurlan 
hamda Yangibozor tumanlari shevalaridagi o‘ziga xosliklar, o‘xshash jihatlarni, 
ya’ni hududiy rang-baranglikni ko‘rsatish dolzarblik kasb etadi.
O‘g‘uz va qipchoq shevalarini qiyoslab shevalar bag‘rida yashayotgan 
etnolingvistik omillarga ham ahamiyat berib, Xorazm qipchoq shevasi leksikasi 
bo‘yicha lug‘at tuzish mumkinligi, ushbu mavzu alohida tadqiqot obyekti sifatida 
o‘rganilmaganligi mavzumizning dolzarbligini belgilaydi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish