37
II.BOB. XORAZM QIPCHOQ SHEVASI LEKSIKASINING
SEMASIOLOGIK TAVSIFI
§ 1. Nofaol so‘zlar.
Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi
so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar
lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan
bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon
talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari
kirib keladi.
Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar
sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish
doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu
jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik
va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti
kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi
mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini
ta’kidlash kerak.
a)
arxaizmlar
.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy
narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham
eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodisa zamonaviy bo‘ladi,
ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa
yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atala boshlaydi.
Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni
ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi,
passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini
berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani
anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi
passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan.
38
Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga
nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini
yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi.
Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan chiqishi,
ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. So‘zlarning arxaizmga aylanishida ikki xil holatni
kuzatish mumkin.
Birinchisida, so‘z o‘zi eskirib, uning o‘rniga zamon talablariga mos
keladigan boshqa so‘z ishlatilsa, ikkinchisida so‘zlar ma’nolaridan biri eskiradi,
boshqa ma’nolari esa saqlanadi.
Shevalarda har ikkalasiga ham duch kelinadi. Narsa, hodisa nomidan biri
eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Qadimgi
davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
S
ӓ
til (chelak), täläk (omborxona), mädräpxana (xojatxona), tuzuv
(taqinchoq), käpärät (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq
(fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), äläm (bayroq), bändirgä
(chorraxa), kärmän (shlyapa), diyzil (avtobus), däbil// to‘ng‘ir (yog‘ solinadigan
idish) va hakazo.
Ijtimoiy tarixiy sharoit jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tilda ham o‘z
aksini topadi. Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’nolaridan birining o‘zgarishi, eskirishi
natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi.
Shevalardagi g‘assal so‘zi arabcha bo‘lib, uning o‘lik yuvuvchi ma’nosi
hozirda eskirgan, uning o‘rniga ishyoqmas ma’nosi ishlatiladigan bo‘lgan.
Shuningdek, kir suvi ma’nosini anglatadigan mag‘zava so‘zining ta’kidlangan
ma’nolari iste’moldan chiqqan, kullap so‘zining qarmoq, o‘lik ma’nosidagi miyt
so‘zining ushbu ma’nosi ham eskirib, tobut ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan.
Bulardan tashqari xalpa so‘zining bilimi oz o‘quvchiga berkitilib qo‘yiladigan
savodli o‘quvchi, battal so‘zining qaysar, tentak; oxur so‘zining otxona ma’nolari
ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bo‘lganligidan, ana shu
39
sinonimik qatorni tashkil etgan ma’nodosh so‘zlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, äräväk // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, särdoz // torqa //
chizim// shnur qatoridagi särdoz so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, arxaiklashgan
so‘zlardir.
Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri iste’moldan chiqadi,
ya’ni eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan bo‘ladi.
Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar bilan
bog‘liqdir. Shevalarda narsa, hodisalar nomlaridan birining eskirishi, ko‘p ma’noli
so‘zlar ma’nolaridan birining eskirishi hodisalari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |