Kadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Alimov Asrorning Moliya va soliqlar fanidan “Aksiz solig’i” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi.
Aksiz solig’i bo’yicha testlar Aktsiz solig'i quyidagilarning qaysilariga solinmaydi. Aktsiz to'lanadigan tovarlarning eksportiga
Berilgan xom ashyodan tayyorlangan aktsiz to'lanadigan tovarga
Aktsiz to'lanadigan tovarlarni bepul topshirish
Aktsiz to'lanadigan tovarlarning importiga
Quyidagi yuridik shaxslardan qaysi biri aktsiz solig'ini to'laydi. Alkagolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
Ulgurji va chakana savdo korxonalari
mebel ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar
O'zbekiston Respublikasi norezidentlari
Quyida keltirilgan qaysi hujjatlar aktsiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Eksport qilinadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarni etkazib berish uchun tuzilgan kontrakt
Reestr hujjatlari
Tovarlarga ilova qilinadigan hisobvaraqalar
Bojxona organining belgisi qo'yilmagan bojxona yuk deklaratsiyasi
Aktsiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza nima asosida belgilanadi. Tovarning bojxona qiymati asosida
Bojxona boji asosida
Tannarx asosida
Shartnomada ko'rsatilgan dastlabki qiymat asosida
Aktsiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza qanday aniqlanadi? Realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning aktsiz solig'i hamda qo'shilgan qiymat solig'i kiritilmagan qiymati asosida
Realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning tannarxi asosida
Realizatsiya qilingan aktsiz to'lanadigan tovarlarning ulgurji narxi asosida
Aktsiz to'lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida
Test javoblari : A
A
A
A
A
Aksiz solig’i bo’yicha masalalar
1-masala. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiz solig’ini hisoblang: Korxonaning bir birlik mahsulot bahosi 2.2 mln so’m
Mahsulot uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi-25 foiz
2-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan aksiz solig’i va qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblang: Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo materiallar qiymati-3800
Korxonaning mahsulot bahosi (egri soliqlarsiz)- 7000
Mahsulot uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi 11 foiz
3-masala: Korxona aksiz soligi tovari bo’lgan konyak ichimligimi ishlab chiqarmoqda. 1 butilka(0.5 litr) konyakning egri soliqlarsiz narxi-12000 so’mni tashkil qiladi. Konyakning quvvati-42 foiz.
Konyakning ichimligining egri soliqlarni o’z ichiga olgan narxi va budjetga to’lanadigan aksiz solig’ini aniqlang. 4-masala. QQS to’lovchisi bolgan korxona qayta ishlashga berilgan xom-ashyo materiallardan aksiz tovarlarni ishlab chiqarmoqda. Qayta ishlashga berilgan xom-ashyo va materiallarning qiymati 16500 ming so’mni tashkil etadi. Mazkur tovarni tayyorlash bo’yicha xizmatlar qiymati egri soliqlarsiz 6500 ming so’m. Ishlab chiqarilayotgan tovarning aksiz solig’i stavkasi 25 foizni tashkil etadi.
Korxonaning budjetga to’laydigan QQS va aksiz solig’i summalarini aniqlang 5-masala. Korxona aksiz soligi tovari bo’lgan aroq ichimligini ishlab chiqarmoqda. 1 butilka(0.7 litr) aroqning egri soliqlarsiz narxi-35000 so’mni tashkil qiladi. Aroqning quvvati-45 foiz.
Korxonaning budjetga to’lanadigan aksiz solig’ini aniqlang.