Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet94/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Tolstoy Lev Nikolayevich (1828-1910) rus yozuvchisi. Rossiyadagi qadimiy dvoryanlar sulolasidan, Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o‘qigan. 1851-53-yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok etgan. 1855-yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng “Sovremennik” (“Zamondosh”) jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernishevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari – “Inson kamolotining to‘rt davri" avtobiografik asari (“Bolalik”, 1852; “O‘smirlik”, 1852-54; “Yoshlik”, 1855-57; “Yigitlik”, yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning “Sevastopol hikoyalari” (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z ifodasini topgan.
50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy-falsafiy asoslari tasviri bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rinolgan “Urush va tinchlik” (1863-69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim adabiyotshunoslar garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda, yozuvchi “Urush va tinchlik” romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-07 va 1812-14 yillardagi
harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa “Urush va tinchlik”dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi. 1812- yildada Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurashshiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi “Urush va tinchlik” romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
Tolstoyning 70-yillar ijodida “Anna Karenina” romani alohida mavqega ega. “Urush va tinchlik”dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu umidlari ro‘yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o‘ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil sujet chizig‘iga ega bo‘lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtayi nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga, shak-shubhasiz, ta’sir o‘tkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo‘layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi.U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo’lmasin, kishilar diniy qonun-qoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qahramonlar obrazini yaratadi.
70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o‘z hayot yo‘lini qayta nazardan o‘tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo‘li bilan bog‘liq jamiyat qatlamining ma‘naviy asoslari yolg‘onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari “Iqrornoma” (1880) va “E’tiqodim nimada?” (1884) asarlarida o‘z ifodasini topdi.
Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy (“Ustodi avval”, 1902), Aliasqar Kalinin (“Muallimi soniy”, 1903), Abdulla Avloniy (“Birinchi muallim”, 1909; “Ikkinchi muallim”, 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish