Alijonova durdona farhodjon qizining


Samuil Yakovlevich Marshak



Download 8,09 Mb.
bet96/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Samuil Yakovlevich Marshak(1887-1964) o‘zidan keyin juda katta hamda serqirra ijodiy meros qoldirgan. Uning bolalar va kattalar uchun she’rlar, o‘qish hamda namoyish qilish uchun ertaklar, satirik epigrammalar, tarjimalar, tanqidiy va memuar nasriy asarlari shu ma’noda e’tirofli.Zero, uning hayotidagi asosiy ishi bolalar adabiyoti bo‘lganligini ta’kidlab o‘tish joiz. U avvalo, rus bolalar adabiyotida kichkintoylar uchun katta she’riyat yaratib bergan mohir san’atkor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir.
1927-1937-yillarda bolalar yozuvchilarini o‘ziga jalb etadigan markazlar – bu bolalar folklorining tadqiqotchisi O.I.Kapitsa tomonidan tashkil etilgan to‘garak, Detizdatning (“Bolalar nashriyoti”) Leningraddagi nashriyoti “Yangi Robinzon”, “Чижь” va “Ёжьj”(Tipratikan) bolalar jurnallarining nashriyoti edi. Bunda asta- sekin hamfikrlar doirasi paydo bo‘la boshladi. Bolalar uchun yozilgan asarlar mualliflari, chunonchi, B.A.Lebedev, E.L.Shvars, T.G.Gobbe, A.I.Lyubarskaya, L.K.Chukovskaya kabilarni adabiyotshunos I.A.Raxtanov “Marshak akademiyasi” deb atagan edi. “Akademiya”da muharrirlik san’ati sayqal topayotgan, yosh mualliflar bilan ishlash usullari ishlab chiqilayotgan edi. Binobarin, kelajakda bolalar adabiyotining mumtoz vakillariga aylangan yozuvchi, shoirlar shular davrasidan chiqqan edi. Masalan, L.Panteleev, D.Xarms, A.I.Vvedenskiy, N.A.Zabolotskiy va boshqalar .
Samuil Yakovlevich Marshak 20-yillarda o‘zining she’r, ertak va poemalari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq”, “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi. S.Y.Marshak rus bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun A.M.Gorkiy hamda V.V.Mayakovskiylar bilan yelkama-yelka turib mehnat qildi. 1939-yilda Marshakning “Petya nimadan qo‘rqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi. Vatan urushi davrida shoir ijodining asosiy temasini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzui tashkil etdi. Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan “O‘n ikki oy” nomli ertak-dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida
mashhur bo‘lib ketdi.
S.Y.Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”dir. Bu ertakda shoir bolalar xayoti va xarakteriga mos bo‘lgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona ish tutsa, o‘zidan kattalarning pand- nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa yutqazadi, o‘z baxtini qo‘ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. S.Y.Marshak “Ahmoq sichqoncha haqida ertak” asarida majoziy obrazlar orqali bolalar hayotiga oid muhim masalalarni ilgari suradi. Shoir noshukur, farosatsiz, mehnatsiz kun kechiruvchilarni ahmoq sichqoncha obrazi misolida fosh qiladi. S.Y.Marshak “Yong‘in”, “Pochta”, “Musobaqalar doskasi” asarlari bilan
ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.
Shoir o‘zining “Stol kelgan qayerdan?” degan she’rida maktab mebellari o‘z- o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan-qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib bersa, “Bir yil nima” asarida esa juda qimmatli vaqtini behuda o‘tkazib, maktabda yaxshi o‘qimay, o‘qituvchi- ustozlarning pand-nasihatlariga amal qilmay, o‘z vaqtida darslarini tayyorlamay, natijada sinfdan-sinfga o‘ta olmay xijolat bo‘lib yuradigan qoloqlarga qarata:
Dalalarda saranjom ish, Zavodda ham plan qoyil, Maktabda yo‘q, Qoloqlar hech.
Bil,bir sinfda o‘qish– Bir yil!
Marshak uchun bolalar adabiyotida mayda-chuyda yo‘q edi. O‘quvchining yoshi qancha kichik bo‘lsa, u bus-butunligicha qabul qilayotgan kitobga bo‘lgan talabi ham shuncha jiddiy, ya’ni uning mazmuniga, tiliga, bezaklariga, shirifti va formatiga, nomerning sifatiga… Marshak ishlanmagan yoki qolip so‘z va fikrlarni, shuningdek o‘chirilgan so‘zlarni umuman hazm qila olmasdi. Uning shiori: “Kichiklar uchun katta adabiyot” deb jaranglardi.
Dramaturgiya Marshak uchun bolalar adabiyotiga kirib kelishida ilk pog‘onani o‘tagan. 1920-yillarning boshlarida u Krasnodarsk bolalar teatri uchun bir qator ertak-pyesalar yozdi. Ular orasida “Mushuk uyi”, “Echki haqida ertak”, “Petrushka”, “Qayg‘u-yomon baxt” kabilar keng tarqalgan. Keyinchalik Marshak bu ertaklarni qayta ishlab chiqqan. Birinchi pyesalari folklordan unib chiqqan bo‘lib, sho‘x, harakatli o‘yinlarni eslatadi. Ularning voqeligi atayin sodda, ammo nozik did va yumor bilan yo‘g‘rilgan. Obrazlari ham oddiy, ayni paytda juda moslashuvchan,muloyim.Personajlarning monologlari hamda replikalarida juda ko‘p so‘z ishlatilmaydi, ammo ular juda ifodali. Pyesalarning o‘ziga xosligi – epizodlarning takrorlashishida, harakat ketma-ketligining uzluksizligida va voqea- hodisalarning ajoyib tarzda rivojlanishidadir.
Marshak o‘z ijodini bir aktli kichik pyesalardan boshlab, asta-sekin ko‘p aktli dramatik asarlarga, shu bilan bir qatorda o‘zining tomirlari bilan xalq folkloridan kelib chiqqan yetuk asarlar sari boradi. “O’n ikki oy”, “G‘am-qayg‘udan qo‘rqqan baxtga erisha olmaydi”, “Aqlli narsalar” kabi asarlari shular jumlasidandir. Uning
pyesalari musiqa va ohangga, raqslarga, so‘z o‘yinlari bilan to‘la bo‘lgan xalq teatriga monand.“Mushuk uyi” – ertak-pyesasini kattalar dramaturgiyasidan olingan kundalik turmush dramasi desa bo‘ladi.



Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish