II bob. O‘zbek tili marketing terminlarining leksik-semantik tahlili va tavsifi
2.1-§. Marketing terminlarining nominatsion-motivatsion xususiyatlari va leksik-semantik guruhlari
Nominatsiya lotincha nomination so‘zidan olingan bo‘lib, “nomlash, nom qo‘yish, atash” ma’nolarini bildiradi. Tilshunoslikka nominatsiya atamasi nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan, ya’ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko‘rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari: so‘zlar, so‘z birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni hosil qilish jarayonini anglatadi. Nominatsiya uch jihatdan farqlanadi: nomlanuvchi obyekt, nomlovchi subyekt, tanlab olinadigan til unsurlari39. Alohida tushuncha, predmet, belgi (kompyuter, yozmoq, qora), muayyan belgilari bo‘lgan predmet (qora kompyuter) yoki voqea-hodisa (Kuz! Bag‘ringdan bahor uchdi...) kabilar nominatsiyaning obyekti bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan nominatsiya lug‘aviy va propozitiv (so‘z birikmasi va gap shaklida) nominatsiyaga bo‘linadi.
Nominatsiya jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgilar, ya’ni motivlar nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir obyekt o‘zining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin. Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar bilan belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jihatidan bir xil bo‘lgan nomlar o‘zlarining tashqi shakli bilan farqlanadi: sarmoya – mablag‘, sarf – xarajat – chiqim, pul – aqcha, qarzdor – nasiyador, daromad – kirim.
Nominatsiya jarayonini vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni avvaldan mavjud bo‘lgan (birlamchi) nominatsiya va yasama (ikkilamchi) nominatsiya deb ikkiga ajratishga asos beradi. Birlamchi nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzda idrok qilinadi. Ikkilamchi nominatsiya natijalari esa morfologik tarkibi yoki ma’nosiga ko‘ra yasama nom sifatida idrok qilinadi. Ushbu nazariya asosida marketing terminlarini tahlil qilamiz:
№
|
Birlamchi nominatsiya
|
Ikkilamchi nominatsiya
|
1
|
Bozor
|
Market
|
2
|
Dallol
|
Makler, broker
|
3
|
Ijara
|
Arenda
|
4
|
Tijoratchi
|
Kommersant
|
5
|
Kimoshdi
|
Auksion
|
6
|
Taqchil
|
Defitsit
|
7
|
Mablag‘
|
Kapital
|
2.1- jadval. Terminlarning nominatsion jadvali
tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan nomlar, odatda, umumleksik qatlamdan joy oladi. Lekin maxsus terminlar, sotsial birliklar, ijodkorlar tomonidan so‘z qo‘llash jarayonida ijod qilingan nomlar haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Ayrim xorijiy terminlarni ichki imkoniyat asosida morfologik tarkibi tilimizga moslashtirilgan holatlari ham mavjud: bizneschi, auditchi, aksiyador kabilar.
Marketingga oid ba’zi terminlarning nominatsion-motivatsion jihatdan tahlillari:
Bum – ingliz tilida shov-shuv ma’nosida qo‘llanuvchi boom so‘zining fonetik tomondan o‘zlashgan shakli. Ushbu so‘zning ma’no ko‘lami terminologiyada kengaygan, ya’ni bir necha ma’nolarda qo‘llanadi: 1) biror voqea-hodisa yoki shaxs haqida mish-mish, shov-shuv; 2) iqtisodiy siklning yuqori fazasi; 3) ishlab chiqarish va savdoning qisqa muddatli yuksalishi. Marketing terminlari izohli lug‘atida esa narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib borishi.
Brutto – italyan tilidan o‘zlashgan termin bo‘lib, qo‘pol degan ma’noni anglatadi. Bunda termin motivatsion jihatdan nomiga mos emas. Marketing terminologiyasida ushbu termin omonimlikni vujudga keltiradi: 1) tovarning idishi, o‘rovi bilan birgalikdagi yalpi og‘irligi. Internet tizimida brutto-netto shaklida ham ko‘rishimiz mumkin. 2) korxona yoki tashkilotning sarf-xarajatlar chegirilmagan foydasi, yalpi daromadi.40
Brakeraj – rus tilidan o‘zlashgan termin bo‘lib, mol nazorati, tovarning sifati, bezatilishi va transportbop qilib o‘ralishi, belgilangan standart yoki shartnoma shartlariga mos kelishi. Brakeraj termini brak terminining ayni zidi desak ham bo‘ladi. Lekin brak nemis tilidan o‘zlashgan.
Tovar termini jonli-jonsiz mol ma’nosida o‘zbek va boshqa turkiy tillarda qadimdan qo‘llanib kelmoqda. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida keltirilishicha, tovar o‘g‘uz lahjasida qo‘llangan va aynan shu shaklda ishlatilgan. Turk va ozarbayjon tillarida dovar tarzida yuritiladigan “tovar” so‘zi XII-XIII asrlarda rus tiliga товарищ shaklida o‘zlashgan. Savdodagi hamkor ma’nosini bildirgan. Vaqt o‘tishi bilan esa XVIII asr oxirlarida tovar termini o‘zbek tiliga o‘zlashma termin sifatida qabul qilindi va quyidagi yasalmalar hosil bo‘lishida asos vazifasini bajardi: tovarshunos, tovarchi, tovarsiz.
Kredit (lotincha creditum – qarz, credere – ishonmoq) – foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o‘ziga tegishli pullarni hisoblab qo‘yiladigan schyoti; qarz, mablag‘, chiqarilgan pul. Hozirda ommalashgan termin.
O‘zbek tilshunosligiga maydon nazariyasining kirib kelishi til birliklariga nisbatan sistem-struktur metodlarning qo‘llanila boshlashi bilan bog‘liq. Fizika fanidagi maydon nazariyasi ta’sirida tilshunoslikda ham “maydon” tushunchasining nazariy talqini yuzaga keldi. Maydon nazariyasining tilshunoslikda paydo bo‘lishi va mustahkamlanishi Y.Trir, L.Veysberger, V.Porsig, G.Ipsen, L.Yolles, F.Dornzeyf, V.Vartburg kabi olimlar nomi bilan bog‘liq. Ular semantik maydon asosida til birliklarini tahlil qilish metodologiyasini ishlab chiqqan edilar. Keyinchalik bu nazariya A.A.Ufimseva, N.I.Filichyova, Y.N.Karaulov, G.S.Shchur singari rus olimlarining ishlarida yanada kengroq rivojlantirildi. G.S.Shchurning ta’kidlashicha, tilshunoslikda “maydon” tushunchasi ishtirok etgan terminlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: funksional-semantik maydon, morfemik maydon, fonetik maydon, so‘z yasash maydoni, leksik maydon, mikromaydon, ko‘plik maydoni, nisbat maydoni, vaqt maydoni, komparativ maydon, birlik maydoni, harakat maydoni, o‘rin maydoni, kvaziomaydon, inkor maydoni, transformatsion maydon kabilar. O‘zbek tilshunosligida H.Ne’matov, A.Nurmonov, R.Rasulov, E.Begmatov, Sh.Iskandarovalar tomonidan ilmiy ishlar qilingan. Marketing terminlarini ushbu nazariya asosida quyidagicha leksik-semantik guruhlarga ajratish mumkin:
shaxsni ifodalovchi marketing terminlari;
narsani bildiruvchi marketing terminlari;
jarayonni nomlab keluvchi marketing terminlari;
faoliyatni ifodalovchi terminlar;
marketing yo‘nalishlarini ifodalovchi marketing terminlari;
pul birligini fodalovchi terminlar;
mahsulot bildiruvchi terminlar;
hujjat turini ifodalovchi terminlar;
10) marketing metodologiyasini ifodalovchi terminlar;
11) huquqiy terminlar;
12) bozor turlarini ifodalovchi terminlar;
13) ta’lim marketing terminlari.
Tilshunos olima Sh.Iskandarova o‘zbek tili leksikasini semantik maydon sifatida o‘rgandi. Shaxs mikromaydonida faoliyat ko‘rsatuvchi 100 ga yaqin leksik-semantik guruh haqida ma’lumot beradi. Quyida marketing terminlarining leksik-semantik guruhlari bilan tanishamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |