Alijonov ibratjon


Kabel kanalizatsiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik kabellar



Download 1,48 Mb.
bet12/22
Sana23.12.2022
Hajmi1,48 Mb.
#895238
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
ALIJONOV I

Kabel kanalizatsiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziluvchi optik kabellar. Optik kabellarni telefon kabel kanalizatsiyasiga yotqizilishida yotqiziluvchi kabel cho‘zilishiga, egilishiga va ko‘ndalang siqilish ta’siri ostida bo‘ladi. Kabelning cho‘zilishi asosan optik kabelni yotqiziluvchi quvur devorlariga ishqalanish hisobiga ham hosil bo‘ladi. Egilishlar va ko‘ndalang ravishda siqilishlar esa optik kabelni kanalizatsiyaning to‘g‘ri va burilgan joylari bo‘ylab yotqizilish hisobiga hamda kabelni yotqizish jarayonida yo‘naltiruvchi bloklar va roliklarni qo‘llash hisobiga hosil bo‘ladi.
Optik kabelni telefon kabel kanalizatsiyasiga, kollektorlarga va quvurlarga yotqizishda optik kabelning tuzilishidagi asosiy tavsilotlardan biri – ruxsat etiladigan cho‘zilish kuchlanganligi hisoblanadi. Bundan tashqari optik kabel egilishlarga chidamli bo‘lishi kerak, chunki kabel yotqizilishida va montaj jarayonida 20…25 marta o‘ralish xususiyatiga ega bo‘ladi va nihoyat optik kabel kanalizatsiya ichi bo‘ylab oquvchi turli xil suvlardan muhofazalangan bo‘lishi kerak. 6.5-rasmda bu guruxga ta’luqli bo‘lgan optik kabelning konstruktiv tuzilishi ko‘rsatilgan.

6.5-rasm. Quvurlarga yotqiziladigan optik kabelning ko‘ndalang kesim yuzasi:
1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-gidrofob kompaund; 5-tashqi qobiq.

Bunday turdagi optik kabelning konstruktiv tuzilishida optik tolalar polimer naychalar yoki plastmassali oraliqlar orasida bemalol joylashadi. Kabelning germitizatsiyasi esa gidrofob kompaundlar yoki boshqa muhofazalovchi qurilmalar yordamida bajarilsa, uning kuchlantiruvchi va maxkamlovchi elementlari yordamida esa lozim bo‘ladigan mustahkamlikga va ruxsat etiladigan egilish radusi va cho‘zilish bo‘yicha kuchlanganligi 1500…4000 N qiymatga qadar yetadi. Kabellarni kemiruvchilardan muhofazv etish uchun simli o‘ramlar yoki to‘lqinsimon po‘lat tasma qo‘llanadi.


Suv osti optik kabellari. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha eng murakkab optik kabellardan bo‘lib hisoblanadi.(6.6-rasm)



6.6-rasm. Suv osti kabelining ko‘ndalang kesim yuzasi: 1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-metalli naycha; 5-muhofazalovchi qobiq; 6-ichki zirx qoplami; 7-oraliq qobiq; 8-tashqi zirx; 9-gidrofob kompound; 10-tashqi qobiq.

Bunday turdagi optik kabellarni kattadan-katta uzunlikdagi hamda juda ham chuqur bo‘lgan (misol uchun Atlantika okeani) uzatish tizimlarida qo‘llanadi.Bundan tashqari suv osti kabellari katta bo‘lmagan suv kechuvlaridan (daryolar, kanallar suv havzalari) ham foydalaniladi.


Suv osti optik kabelining konstruktiv tuzilishlari uning yotqizilish joyiga bog‘liq. Chuqur bo‘lgan suv osti optik kabellari yuqori gidrostatik bosimdan muhofazalanadi, ungacha chuqur bo‘lmagan joylarda yotqiziluvchi optik kabellar esa turli shikast beruvchilardan va yakorlardan muhofazalanuvchilari bilan ta’minlanadi. Suv osti optik kabelining tuzilishlari kabel ishlab chiqarishda mexanik yuklamalar bo‘yicha mustahkamlanadi va egiluvchan bo‘lishi e’tiborga olinadi. Suv osti kabellarining juda ham egiluvchanligi hisobiga ularni lozim bo‘lgan chuqurlikda egish va bukish ishlarini olib borishdan tashqari ular juda ham katta mexanik yuklamalarga chidamli bo‘lishi hisobiga, lozim bo‘lsa ularni suv ostidan chiqarib ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin, bundan tashqari kabel o‘zining og‘irligi ta’sirida uzilib ketmasligi kerak. Optik tolalar dengiz suvlari ta’siriga juda ham ta’sirchan, shuning uchun suv osti optik kabellarining konstruktiv tuzilishida juda ham yaxshi samara beruvchi muhofazalash choralari ko‘rilgan. Bundan tashqari bunday kabellarning o‘zak bo‘shliqlari gidrofob kompaund bilan to‘ldirilgan hamda kabel o‘zagi mis yoki aluminiy naycha ichiga joylashtirilgan bo‘lib, bunday naychalar bir vaqtning o‘zida masofadan elektr ozuqa manbaini uzatish uchun ham qo‘llanadi. Elektr ozuqa manbaini uzatish zanjirining ikkinchi sim vazifasini dengiz suvi yoki ichki tok o‘tkazgich sim bajaradi.
Ikki qatlamli po‘lat simlardan tayyorlangan zirx qoplami optik kabelga tushuvchi statik va dinamik yuklamalar ta’siriga ancha mustaxkamligini oshiradi. Zirx qoplamining o‘ram qatlamlaridagi simlar qarama-qarshi tomon yo‘nalishi bo‘yicha o‘ralgani uchun kabelni aylanib ketish xususiyatini yo‘qotadi va kabelni o‘ram-o‘ram ko‘rinishdagi tugunli bo‘lib qolish oldini oladi. Suv osti optik kabelining tashqi qobiq vazifasini qora rangdagi yuqori chidamlikga ega bo‘lgan polietilen qo‘llanadi va bunday polietilen ultra binafsha nurlar ta’siri chidamligini oshirib beradi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish