Osma kabellar. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik kabellarni havoga osiluvchi optik kabellar bilan solishtiradigan bo‘lsak, unda osma kabellarni magistral, xududiy va mahalliy tolali-optik uzatish tizimlarini qurilishi uchun qo‘llaganda qurilish muddatlarini bir muncha qisqartirish mumkin. Osma kabellarni qo‘llash xisobiga kabel yotqiziluvchi trassada yerni ajratish kabi masalalar yechimi topiladi, bunday xolatlar ayniqsa shahar telefon aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya qilish jarayonida yotqiziluvchi kabellar o‘rniga osma kabellarni qo‘llashda binolar va shahar infratuzilishidagi har qanday inshoatlarini qo‘llash imkoniyatini beradi.
Optik kabellarni juda ham keng bo‘lgan harorat diapazonida ekspluatatsiya qilingani uchun va osma kabellarni shamol hamda muz yuklamasi ostida bo‘lganligi uchun optik tolalarni bemalol joylashtirish usuli qo‘llanadi.
Osma optik kabellarni o‘zini ushlab turuvchi, mahkamlanuvchi, ustiga qoplanuvchi va ichiga joylashtiriluvchi zirxlarga bo‘lish mumkin. O‘zini ushlab turuvchi optik kabellar (6.7-rasm) turli xil turdagi simyog‘ochlarga osish mumkin, shu jumladan elektr uzatish liniyalarining va elektrlashtirilgan temir yo‘lning kontak tarmoqlarining simyog‘ochlariga, bundan tashqari bunday kabellar kuchlantiruvchi element (ushlab turuvchi tros) yoki maxkamlovchi elementlar vazifasini o‘zak iplari bajarib ular yordamida kabel o‘zagi va qobig‘i orasidagi ko‘ndalang yuzasining tashqari tomoniga tortiluvchi kuchlar bir tekis ravishda taqsimlanadi. Markaziy kuchlantiruvchi element va tros shisha plastikli o‘zakdan, po‘lat simdan yoki juda ham yuqori mustahkamlikgv ega bo‘lgan kevlar, terlon, tvaron kabi plastmassali iplar bog‘lamidan tayyorlanadi.
6.7-rasm. O‘zini ushlab turuvchi optik kabellarning kesim yuzasi: 1-ushlab turuvchi tros; 2-markaziy kuchlantiruvchi element; 3- optik tola; 4- optik modul; 5-muhofazalovchi qobiq; 6-gidrofob kompaund; 7-tashqi muhofazalovchi qobiq; 8-qattiqlovchi element.
6.8-rasm. Mahkamlanuvchi (a) va qoplanuvchi (b) optik kabellar ko‘rinishi: 1-ushlab turuvchi tros (sim); 2-optik kabel; 3-mahkamlantirgich (shnur, tasma)
Jahon statistikasi bo‘yicha ustiga qoplanuvchi optik kabellar magistral va hududiy tolali-optik uzatish tizimlarida qo‘llanuvchi osma kabellarning 80…90% tashkil etadi. Ularning konstruktiv tuzilishi xilma-xil bo‘lsa ham ularni umumiy holatda ikkita element guruhiga bo‘lish mumkin:
- optik kabel o‘zagining elementlari;
- yashindan muhofazalovchi tros tuzilishidagi maxsus elemntlar.
Optik kabel o‘zagining modulli tuzilishi ko‘p modulli yoki bir moduli bo‘lishi mumkin. Odatda optik modullar yuqorida qayd etib o‘tilganidek bo‘lib, unda istisno tariqasida modul vazifasini bajaruvchi naychalar metalli yoki plastmassali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |