Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayn Jurjoniyning hayoti va ijodi. Islomov Ravshan Sherali o’g’li Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Davolash ishi



Download 23,26 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi23,26 Kb.
#589749
Bog'liq
Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayn Jurjoniy 22


Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayn Jurjoniyning hayoti va ijodi.
Islomov Ravshan Sherali o’g’li
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Davolash ishi
2-bosqich 216-guruh talabasi. ravshanislomovv6734@gmail.com
Ilmiy rahbar: t.f.d., dots. Tursunov Nurullo Narzullayevich nurullo2447603@gmail.com

Mavzuning dolzarbligi: Husayn Jurjoniy dunyoqarashida moddiylik va dialektik gʻoyalar haqidagi tushunchalarni talabalarga yetgazish. Tabiatda jismlar, unsurlar, samoviy doiralar, butun sayyoralar tarkibiy majmuasi olam degan tushuncha to’g’risida fikrlar mavjud.


Ilmiy ishning maqsadi: Jurjoniy dunyoqarashi, oʻrta asrlarda borliq haqidagi taʼlimoti, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlari, bilish muammolari, mantiqiy fikrlash taʼlimoti, til va tafakkur aloqalari ilmiy asosda tahlil etilganligini talabalarga tushuntirishdan iborat.
Mavzuning mohiyati va o’rganish usullari: Husayn Jurjoniy Astrobod yaqinidagi Togʻu qishlogʻida 740 hijriy (1339) yilda tugʻilgan. Jurjoniy ilmu fanning barcha sohalariga bagʻishlangan bir qator risolalar, oʻtmish mutafakkirlarining asarlariga sharhlar yozgan. Jurjoniy fanning barcha sohalariga oid 50 dan ziyod asar yozgan. Olim tomonidan bilish nazariyasi va mantiqqa doir “At-taʼrifot” (“Taʼriflar”), “Usuli mantiqiya” (“Mantiqusuli”) va ilmiy bahs faniga bagʻishlangan “Odob ul-munozara” (“Munozara olib borishning qoidalari haqida risola”) kabi arab tilida yozilgan asarlarning muallifi hamdir. Jurjoniyning fors tilida yozilgan va bizgacha yetib kelgan asarlari: “Sugʻro” (“Kichik dalil boʻla oladigan hukm”), “Kubro” (“Katta dalil boʻla oladigan hukm”), “Avsat dar mantiq” (“Mantiqda oʻrta xulosa”) va boshqalar. Sharhlardan tashqari Jurjoniy juda koʻp falsafiy asarlarga hoshiyalar yozgan. Uning Abu Ali ibn Sinoning “Ishorat” (“Koʻrsatmalar”) asariga yozgan sharhi, Nasiriddin Tusiyning “Tajvid” (“Abstraksiya”) asariga sharh yozgan shayx Shamsuddin Mahmud Isfahoniy (1294–1349)ga javob tariqasida yozilgan hoshiyasi diqqatga sazovordir. Allomaning 5 bobdan iborat boʻlgan “Dunyoni aks ettiruvchi koʻzgu” risolasining birinchi bobini vojib ul-vujud va mumkin ul-vujud mavjud ekanligini asoslashga bagʻishlaydi. Tabiatdagi hech bir hodisa sababsiz kelib chiqmaydi, deb taʼkidlaydi. Hamma mavjud ashyolardagi butun harakat va oʻzgarishlar faqat makon va zamondagina roʻy beradi. Jurjoniy dunyoqarashiga xos xususiyat, uning butun borliqni bir-biriga qonuniy ravishda bogʻlangan boʻlakchalardan iborat yagona tana sifatida taʼriflashdir. Uning fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida toʻrt unsur, yaʼni olov, havo, suv va tuproq yotadi. Uch unsurdan iborat boshqa jismlar, yaʼni metallar, oʻsimliklar va hayvonlar esa, yuqorida aytilgan toʻrt unsurning bir-birlari bilan qorishishining hosilasi sifatida kelib chiqqandir. Toʻrt unsur doimo harakatda ekanligidan oʻzgaruvchan boʻlib, biri ikkinchisiga aylanib qolishi mumkin. Havo suvga, suv tuproqqa va hokazo. Jurjoniyning taʼkidlashicha, nazariy bilimlar hayotiy tajribada hosil qilingan boshlangʻich bilimlar va ular toʻgʻrisida fikrlash yoʻli bilan kiritiladi. Bunday fikrlash jarayonini u xulosa deb ataydi va uning uch turini koʻrsatib oʻtadi. Bular: qiyos (sillogizm), esteqro (induksiya – boʻlakdan butunga tomon hukm yuritish) va hads (analogiya – oʻxshatish). Bulardan qiyos xulosaning bosh turi hisoblanib, nazariy bilimlar hosil qilishning asosiy vositasi boʻlib maydonga chiqadi.
Xulosa: Temuriylar davrida Jurjoniyning ilmiy faoliyati tufayli mantiq inson bilimlarining barchasiga qoʻllaniladigan qoida va mezon qonuniga aylandi. U har bir yuritilayotgan hukmning toʻgʻriligini tortuvchi fanlarning toshu tarozisi sifatida namoyon boʻldi. Natijada tez orada vujudga kelgan Ulugʻbek rasadxonasining ilmiy tadqiqotlarida keng qoʻllanildi. Bugungi kunda talabalarning mantiqiy fikrlashida, Jurjoniyning ilmiy qarashlari va asarlarini kengroq o’rganishimiz zarurdir.
Download 23,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish