IV bob. TAKRORLANISH TUZILMASI
Avvalgi boblarda biz chiziqli algoritmlar bilan ish ko‘rdik,
ya’ni algoritmda barcha ko‘rsatmalar Ijrochi tomonidan kelish
tartibida bajarib boriladi. Chiziqli algoritmlarda Ijrochi bir amalni
necha marta bajarishi kerak bo‘lsa, shuncha marta ko‘rsatmani
yozib chiqishga to ‘g‘ri keldi. Endi tasavvur qiling, Ijrochi biror
amalni yuz marta bajarishi kerak bo‘lsa-chi. Algoritmda 100 marta
bitta ko‘rsatmani takroriy yozib chiqish qanchalik zerikarli va vaqtni
oladigan ish. Bu bobda shu zerikarli va vaqtni oladigan ish
muammosi hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: