Algoritmlash. Algoritm tushunchasi va uning xossalari



Download 81,65 Kb.
bet4/6
Sana20.03.2022
Hajmi81,65 Kb.
#504162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza-Algoritm

Oltinchi bosqich — dasturning bajarilishi.
Bu bosqichda — dastur ko’rinishida yozilgan algoritmni EHM yordamida bajariladi. Bu bosqich dastur tuzuvchilar uchun eng qiyini hisoblanadi. Chunki dasturni mashina xotirasiga kiritishda ayrim xatoiiklarga yo’l qo’yish mumkin. Shuning uchun dasturni EHM xotirasiga kiritishda juda ehtiyot bo’lish kerak. Bu bosqich natija olish bilan tugallanadi.
Yettinchi bosqich — olingan natijalarni tahlil qilish.
Nihoyat, masalani yechishning yakunlovchi yettinchi bosqichi olingan natijalarni tahlil qilishdir. Bu bosqich olingan natijalar qanchalik haqiqatga yaqinligini aniqlash maqsadida bajariladi. Natijalarni tahlil qilish, zarur bo’lgan hollarda algoritmni, yechish usuli va modelini aniqlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib, biz masalalarni EHM yordamida yechish bosqichlari bilan tanishib o’tdik. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan holda bo’lmasdan, bir-biriga qo’shilib ketgan bo’lishi ham mumkin.
Algoritm tushunchasi va uning vazifasi
Algoritm so’zi o’rta asrlarda paydo bo’lib, buyo’q o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog’liqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur ta’surot qoldirib algoritm (algoritmi) so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir.
Algoritm deganda biror bir maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani echishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli xamda to’liq tizimiga aytiladi. Algoritmlar – bilimlar ustida fikrlash va uni boshqalarga etkazib berishdan iborat. Masalan kimdir biror bir masalani echishni o’ylab topib, uni boshqalarga etkazmoqchi bo’lsa, u xolda u o’ylab topgan echimini shunday usulda tasvirlashi kerakki, natijada boshqalar xam uni tushunsin xamda shu qoidalarga ko’ra boshqalar xam o’z masalalarini to’g’ri echishsin. Algoritmlarga oddiy misol sifatida ovqat tayyorlash retseptlarini, formulalarni, turli xil qurilmalarni ishlatish yo’llarini, ishlarni bajarish usullarini keltirish mumkin. Algoritmni bajarishda tegishli ko’rsatmalarni berilgan ketma-ketlikda bajarish juda muxim axamiyatga ega. Agar shunday qilinmasa algoritm noto’g’ri natijalarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari xar bir ko’rsatmaning mazmuni algoritmni bajarayotgan sub’ekt yoki ob’ekt uchun aniq va ravshan bo’lishi kerak. Algoritm ishlab chiqish uchun avvalo masalaning echilish yo’lini yaxshi bilib olish kerak, keyin esa uni aniq qoidalar ketma-ketligi ko’rinishida yozib chiqish kerak. Algoritm tuzishda masalaning echilish jarayonini shu darajada formallashtirish kerakki, bu jarayon etarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligi ko’rinishiga keltirilsin.
Algoritmning beshta asosiy xossasi bor, ya’ni: aniqlik, ommaviylik, diskretlilik, tushunarlilik va natijaviylik.
Aniqlik xossasi. Algoritm bajariladigan amallarning zaruriy ketma-ketligini aniq belgilab beradi. Algoritmning ijrochisiga berilayotgan barcha ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi kerak, chunki ko’rsatmalardagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Bundan tashqari, ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda berilishi xam muxim axamiyatga ega. Demak ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shartdir.

Download 81,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish