Algoritmlarni loyihalash texnologiyasi Dasturlash jarayonining murakkabligini kamaytirish yo’lidagi qadamlardan biri algoritmlarni loyihalashga strukturaviy yondashish bo’ldi. Uning asosiy prinsplari yuqoridan pastga yo’nalgan loyihalash va modulli dasturlashlar hisoblanadi. Yuqoridan pastga yo’nalgan loyihalash masalani yetarlicha mayda qismlarga (subalgoritmlarga) ketma-ket ajratishga asoslangan, ya’ni dasturlash jarayoni “yuqoridan pastga” amalga oshiriladi. Modulli dasturlash har bir shunday mayda qismlar uchun alohida avtonom dastur – modulni yaratishni nazarda tutadi. Maxsus yaratilgan dastur barcha modullarni birlashtiradi va ularning ishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |