Algoritmlashning strukturaviy prinsipi (algoritmlashning strukturaviy metodi) – bu bazaviy algoritmik birliklar (ketma-ket, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi) strukturasini belgilangan qoida asosida ketma-ket bir biriga bog’lab yoki bir birining ichiga joylash bilan algoritmni shakllantirish prinsipidir. Bunda belgilangan qoida algoritmning yuqoridan pastga va ketma-ket o’qilishi va bajarilishini kafolatlashi lozim.
Algoritmni strukturaviy ishlab chiqishda algoritmning to’g’riligini qurishning va bajarishning har bir bosqichida kuzatish mumkin.
Algoritm turlari:
Chiziqli algoritm - deb hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb maʼlum shartlarga muvofiq bajariladigan koʻrsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm - deb biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har xil qiymatlari asosida takroriy hisoblashlarni bajaradigan algoritmga aytiladi.