keksa grafinyaning nevarasi sevib qolganligini aytadi. Knyaz Yeletskiy keladi,
o’tib ketayotgan Grafinya va uning nevarasi –Lizani ko’rsatib, shu qizga
Tomskiy o’rtoqlariga sakson yashar grafinyaning doim yutadigan uchta
karta sirining ma’lumligini, bu sirni u birinchi bor eriga, ikkinchi bor bir yosh
yigitga aytganligini va arvoh kellib, Grafinyaga «Shu sirni bilgani kelgan
53
German eshitadi, songra Yeletskiyning Liza bilan bo’ladigan aloqasini
buzishga qasam yod qiladi.
Lizani Yeletskiy bilan unashtirish taraddudi boshlanadi. Ammo Liza
noma’lum sevimli kishi –German haqida o’ylaydi. Balkonda German paydo
bo’ladi, u xayrlashgani kelgan, Lizaga hayajonlanib sevgi izhor qiladi, qiz ham
uni sevib qolganligini aytadi.
Bal.Grafinya, Liza va boshqalar bor. Do’stlari unga Grafinyani
ko’rsatishadi. Ikkalasida ham qo’rquv alomati. Liza Germanga Grafinyaning
yotoqxonasiga kiradigan yashirin yol eshigi kalitini beradi. Endi German uch
karta sirini bilishi mumkin. Keyin u boy bo’ladi, Lizaga uylanadi.
German Grafinya xonasiga kiradi. Grafinya mudrab, yoshlik yillarini eslab
o’tirar edi. Parda orqasida yashirinib turgan German grafinyadan yolvorib uch
karta sirini so’raydi, kampir indamaydi, German to’pponcha o’qtalaydi.
Kampir o’ladi. Liza keladi. German unga uchta karta sirini bilolmaganligidan
afsuslanib gapirganda, Liza uni haydab chiqaradi.
German harbiy kazarmada Lizadan kelgan xatni o’qiydi. Liza uni suv
bo’yida kutishni yozadi. Ammo Germanning ko’z o’ngida Grafinya murdasi,
tobut… To’satdan Grafiyna sharpasi paydo bo’ladi, u «Lizaga uylan, esingda
bo’lsin, uchta karta bu uchlik, yettilik va tuz» deydida g’oyib bo’ladi.
Liza suv bo’yida Germanni kutmoqda. U keladi, ammo Lizani taniy olmaydi;
uning xayolida qimorxona oltinlari… Liza o’zini suvga tashlab g’arq bo’ladi.
Qimorxona.German keladi, ikki marta yutadi, ushinchi galdagi o’yinga
Yeletskiy qo’shiladi. Germanga tuz o’rniga dama kartyasi tushadi. U Grafinya
suratini ko’rganday bo’ladi va hanjar bilan o’zini haloq qiladi.
*******
Chaykovskiyning eng so’nggi yozgan operasi «Iolantasi»dir. Bu opera
ham «Charodeyka» singari qator lirik sahnalarni o’z ichiga oladi. G.Gertsning
«Qirol Renening qizi» dramasi asosida yozilgan bu opera muhabbat o’limdan
ustun turishi qorong’ulikdan keyin yorug’likni qaror topishi g’oyalarini
ifodalaydi. Bu opera musiqasi hozirgacha shinavandalarni maftun qilib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: