Modest Petrovich Musorgskiy
«Xovanshina» operasi
Xalq musiqa dramasi.
5 parda va 6 ta ko’rinishdan iborat.
Libretto muallifi- M.P.Musorgskiy .
Qatnashuvchi shaxslar.
Knyaz Ivan Xovanskiy, o’q otarlar boshlig’i………………..….bas.
Knyaz Andrey Xovanskiy, uning o’g’li……………………....tenor.
Knyaz Vasiliy Golitsin…………………………………….…..tenor.
Dosifey, raskol’niklar boshlig’i………………………………..…bas.
Boyarin Shakloviti’y…………………………………………bariton.
Marfa, raskolnitsa………………………………..…...metso-soprano.
Susanna, keksa raskolnitsa………………………………..….soprano.
Podyachiy……………………………………………….……....tenor.
Emma, nemis mahallasidagi qiz……………………………...soprano.
Pastor…………………………………………………….…....bariton.
Varsonofyev, Golitsinning odami…………………………..….....bas.
Kuz’ka, o’q otar……………………………………………… bariton.
Birinchi o’q otar……………………………………………..……bas.
Ikkinchi o’q otar…………………………………………….……bas.
Uchinchi o’q otar………………………………………………..tenor.
Streshnev, boyarin…………………………………………...….tenor.
O’q otarlar, raskolniklar, xizmatkor qizlar, va Ivan Xovanskiy knyazning fors
asir qizlari, Pyotr podshoning «poteshniy askarlari», xalq.
Voqea joyi-Moskva. Vaqti - 1682 yil.
1870- yilning bahor faslida Musorgskiy XVII asr oxiridagi rus tarixi
bilan qiziqib qolib, o’q otarlar harakati va raskolniklar davri haqida opera
yozmoqchi bo’ladi.V.V.Stasov maslahatiga ko'ra ikki yildan keyin libretto tuzib,
38
opera ustida ishlashni boshlaydi.Opera hech qanday adabiy manbaga
asoslanmagan. Libretto ustida ishlagan paytda V.V. Stasov ko’p foydali
maslahatlar bergan. Operani oxirigacha yetkazolmay, kompozitor bemahal vafot
etgan. Operani kompozitor N.A.Rimskiy-Korsakov oxirigacha yetkazib, eng
oxirgi parda bilan, instrumentovkasini tamomlab, barcha joylarni tartibga
keltirib, 1883- yilida imperator teatrlar rahbariyatiga taklif qilgan. Afsus, rad
javobga uchrab, nihoyat 1886 yil 9(21) fevral kuni opera Peterburg shahridagi
xususiy teatr sahnasida ilk marotaba ijro etilgan. «Xovanshina»
V.V. Stasovga bag’ishlangan.
Syujet:
Moskvadagi Qizil maydoni. Tong otyapti. Sofya Tsarevnaning odami-Boyarin
Shakloviti’y- podyachiyga shoh Pyotr nomiga tuxmat xatni yozdiradi: o’q
otarlarning boshlig’i knyaz Ivan Xovanskiy taxtga o’z o’g’lini o’tirg’izib
qo’ymoqchi va Rusda eski tartibni qayta tiklamoqchi. O’q otarlar yaqinda
qo’lga kiritgan g’alabasi sha’niga o’rnatilgan bir ustun oldida musofirlar to’xtab,
ba’zi bir noto’g’ri hatti-xarakatlar qilib yurgan boyarlar chorasini o’q otarlar
tomonidan ko’rib qo’yilganligi to’g’risida bilib olishadi. Ivan Xovanskiy paydo
bo’ladi.
O’q otarlar o’z rahbarini muborakbod etishadi. Knyazning o’g’li Andrey nemis
mahallasida turadigan bir Emma qizni tinch qo’ymay, yaxshi ko’raman deb,
unga yopishib yuradi. Uni himoyasiga raskolnitsya Marfa turib oladi. Marfa
Andreyning avvalgi sevgisi. Sahnada Ivan Xovanskiy paydo bo’ladi. Emmani
ko’rib o’zi ham uni yoqtirib qoladi. Andrey esa ota –raqibga uni berolmasdan ,
o’z otasiga qo’l ko’tarib, uni o’ldirmoqchi bo’ladi. Ko’targan qilichni
raskolniklar boshlig’i, Dosifey- ota tushurib, Emmani asrab qoladi.
Knyaz Vasiliy Golitsin xonasi. Knyaz- kantsler va u sarevna Sofyaning
jazmani. Knyaz kelajakni o’ylab, qo’rquv hissiga to’lib ketmoqda. Folbin
qiyofasida kirib kelgan Marfa Kantslerga qora ro’yhatga tushib qolishini
bashorat qiladi. Ishonuvchan Golitsin hayron. Bashoratni sir saqlamoqchi
bo’lib, Marfani suvga cho’qtirish haqida buyruq beradi. Lekin Marfa qochib,
berkinib olishga ulguradi. Golitsin uyida Pyotr podshoning qarshilari, ya’ni
fitnachilar yig’ilishadi.Golitsin va Xovanskiy suhbat qurishadi. Ular bir- biriga
yashirin dushman, bir-birilarini ko’rolmasligi uchun , suhbati janjalga
aylanadi.Ularni Dosifey tinchlantiradi. O’z mag’rurligini tiyib, Rus davlati, rus
xalqining kelajagi haqida o‘ylashni maslahat beradi. Marfa yugurib kirib keladi.
Unga hamla qilinganligini, xavfli vaziyatga tushib qolganligini va Pyotr
podshoning tarafdorlari unga yordam berib, qutqarib qolganligini hayajonlanib
39
gapirib beradi. Pyotr nomini eshitib, Golitsin bilan Xovanskiy darrov cho’chib
ketishadi. Shakloviti’y kirib keladi. Undan podshoga qarshi uyushtirilgan fitna
fosh qilindi, podsho Pyotr I- unga «Xovanshina» nomini berib, qarshilarni
tinchitishni buyurganligini bilib olishadi.
Zamoskvorechyeda o’q otarlar mahallasi. Marfa knyaz Andreyning
xiyonatini sig’dira olmayapti. Dosifey mehr bilan uni yupatmoqda. Uyg’ongan
o’q otarlar mayshat qilib, yeb- ichib, vaqti- chog’lik bilan band –ovora.
To’satdan podyachiy kelib, Pyotr podshoning maxsus askarlari- reytarlar, ya’ni
shartnoma asosida xizmat qilayotgan askarlar o’q otarlar mahallasining
aholisini urib, tozalov qilmoqdalar. O’q otarlar hayron. Ular o’z rahbari knyaz
Xovanskiyni polk yig’ib, urushda qatnashmoqchiligini bildirishadi. Pyotrdan
qo’rqib, knyaz o’q otarlarga uy-uyiga kirib ketishlarini buyuradi.
Knyaz Golitsining xizmatkori Moskva ostidagi o’z hovlisida berkinib olgan
Xovanskiyni, hayoti xavf ostida ekanligini ogohlantiradi. Xovanskiy jahl bilan :
“O’z uyimda kim menga hamla qila oladi? Tsarevna Sofyaning nomidan
Shakloviti’y Xovanskiyni
maxfiy majlisga aytgani keladi. Xovanskiy chiroyli kiyimlarni berishni
buyuradi. Kiyinib bo’lib, endi eshikka chiqaman deb turgan paytda
Shakloviti’yning odami uni qilich bilan o’ldiradi.
Pyotr I- qolgan fitnachilarni ham tinchitadi: Knyaz Golitsin surgun qilinadi,
reytarlarga raskolniklar uylarini o’rab olishga buyruq beriladi. Fitna fosh
bo’lganidan faqat knyaz Andrey bexabar. Marfaga ishonmasdan, o’z polkini
yig’moqchi bo’lib, karnaycha yordamida chorlaydi. Ammo qatlga ketayotgan
o’q otarlarni ko’rib, qo’rqqanidan Marfadan panoh so’raydi. Pyotr I- boyarin
Streshnev orqali qaror yuboradi. Ushbu qarorga asosan o’q otarlar qatl
etilmasdan, ularning joni saqlab qolinadi. Eng oxirgi lahzada, o’lishga tayyor
turgan o’q otarlar ozod qilinadi.
O’rmondagi bir dala. Oydin kecha. Dosifey yolg’iz, hasratda.
Raskolniklarni yig’ib, xudo haqiga jon fido qilishni murojaat qiladi va ular
muqaddas iymon haqqiga o’zlarini yoqib yuborishadi. Ular bilan birga Andrey
ham yonib ketadi, chunki narigi dunyoda o’z sevgilisi bilan birga bo’lmoqchi
Marfa uni o’zi bilan birga ergashtirib olib ketadi. Pyotr I- askarlari kelib,
yonayotgan xonadonlar va alangaga aylanib ketgan mahallani ko’rishadi.
Musiqa. « Xovanshina » «Rassvet na Moskve-reke», (ya’ni, Moskva
daryosi qirg’ogida tong otishi ) nomli qadimiy Moskvani ramziy uyg’onishini
tasvirlaydigan orkestrning muqaddimasi bilan boshlanadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |