56
akkompanementi bilan birga quyosh nuri yog’ilganday qabul qilinadi.
Iolantaning g’amgin, mayus ariozosi «Otchego eto prejde ne znala» - oldin
o’ylanuvchan, keyin shijoat , talpinish bilan ijro etiladi.
Qizlar aytgan «Vot tebe lyutiki, vot vasilki» xori quvnoq va xushchaqchaq.
Ayollar tertseti va xor tomonidan ijro etiladigan «alla» nozik , tiniq, va latofat
bilan ijro etiladi.Qirol Rene kuylagan «Ujeli rokom osujden» ariyasining kuyi
mehribon otaning dil iztiroblarini aks attiradi. Ibn-Xakiya monologi «Dva
mira» (ikki dunyo) sharq taronalar ruhida yozilgan. Robert aytgan «Kto mojet
sravnit’sya s Matildoy moyey» nomli ariyasi xayotsevarlik va ishq mehriga
to’la.
Vodemon operada boshqacha ko’rsatilgan. Uning obrazi orzumand va
shoironadir. U «Net! Chari lask krasi myatejnoy» degan romansni ijro etadi.
Operaning markaziy saxnasi qator ariozoli lavhalarning birin-ketin o’tishiga
asoslangan bo’lib xayajonlanib, to’lqinlanib ketgan olijanob ritsar va iboli ,
qalbi zilol Iolanta rasmlarini tasvirlaydi ; katta duet sahnasi Vodemon ijro
etadigan «Chudniy pervenets tvorenya» nomli ariozoning shodlik, quvonchga
to’la kuyi bilan yakunlanadi. Bu kuy keyingi duetda ham yana takrorlanadi.
Qirol Rene va tabib Ibn-Xakialarning paydo bo’lishi musiqa ichiga
mardanovor kat’iy bo’yoqlar qo’shadi. Iolanta «Net, nazovi mucheenya,
stradanya, bol’»- ariozosi bu saxnada o’z shijoatligi dil talpinishi, qizg’in
tuyg’u va ishqiy intilish bilan ajralib turadi. «O kupol neba luchezarniy» degan
murojaatida Iolanta tantanali va ruhiy to’lqinlanish bilan ijro etilib, so’ng bu
kuyga ansambl va xor qo’shilib, madhiyaga aylanib ketadi.
*******
«Iolanta» operasini yozish jarayonida kompozitor musiqaning boshqa
janrlarda ham ijod qilishni davom ettirdi. Torli asboblar uchun «Florentsiya»
xotiralari
nomli
sekstet,
Shekspirning
«Gamlet»
tragediyasiga
musiqa,«Voyevoda» nomli simfonik poema,hayotining so’nggi yilida esa
«Shelkunchik» baletini, uchinchi fortepiano kontsertini va ohirgi oltinchi
simfoniyasini yozdi.
Chaykovskiy vafotidan bir necha yil oldin – 1885 yildan boshlab Moskva
yaqinidagi Klin shahri atrofidagi o’rmonzor, hushmanzara joyda yashay
boshlaydi, shu yerda o’zining o’lmas asralarini yaratadi.
Kompozitor 1893 yil oktyabr oyida Petrburgga bordi. Oltinchi simfoniyasini
birinchi bor ijro qilganda unga o’zi dirijorlik qildi va oradan bir necha kun
o’tgach, 1893yil 6 noyabrda Peterburg shahrida vafot etdi.
57
Chaykovskiyning ijodiy merosi o’nta opera, uchta balet, to’rtta kantata, oltita
simfoniya to’rtta syuita, simfonik uvertyuralar, poemalar, uchta marsh,
fortepiano uchun uchta kontsert, uchta torli kvartet, fortepiano uchun yuzdan
ortiq pyesa, ikkita sonata, xorlar, yuzta romans va boshqa asarlardan iborat .
« Oq qush ko’li »
Do'stlaringiz bilan baham: