“Knyaz Igor”
I parda. Qadim rus Putivl shahrida Knyaz Igor o’z qo’shini bilan
polovetslarga qarshi yurish uyushtirmoqchi. Xalq knyazni sharaflaydi.
Birdaniga quyosh tutilishi boshlanadi. Qorong’u tushadi. Nohushlikni sezib,
xalq, boyarlar va Yaroslavna Igorni qolishni, hech qanaqa safarga
otlanmaslikni iltimos qilishadi. Ammo Igorning qarori qat’iy. Xotinini
Vladimir Galitskiy akasiga topshirib, qo’shini bilan birgalikda dushmanlarga
qarshi urushga ketadi. Galitskiy Igorning yo’qligi bilan foydalanib, o’ziga
yaqin ulfatlari bilan mayshat qilib, yeb, ichib, bemani ishlar bilan
shug’ullanadi. Bazmni mast Skula va Yeroshka boshqaradilar. Ular Igorning
qo’shinidan qochib ketgan. Galitskiy Putivlni o’z qo’liga olib, hokimiyatni
boshqarmoqchi. Hozircha esa aholini xohlaganicha
qiynaydi. Bir qizni o’g’irlab, unga zo’ravonlik o’tkazmoqchi. Qizning
dugonalari oldiga borib, uni qoyib yuborishni so’raydilar. Ularni haydab
yuboradi. Qizlar knyaginya huzuriga kelib, undan yordam berishni iltimos
qilishadi. Yaroslavna akasi Galitskiydan sodir bo’layotgan tartibsizliklar
uchun javob berishini talab qiladi. Knyaginya oldiga boyarlar kelib, Igorni
mag’lubiyatga uchraganligi va jarohatlanib, o’g’li bilan birga asirga tushib
qolganligi haqida sovuq xabar yetkazadi. Shunaqa bir mushkul paytda,
polovetslar qo’rg’onga yaqinlashib qoladi. Boyarlar shahar qal’asi ishonchli
qo’llarda, devorlari mustahkamligini ishontirib, Yaroslavnaga sodiq turib,
shaharni himoya qilishadi. II, III parda polovetslar qarorgohi. Konchakxon
qizining chodiri yonida qizlar yig’ilishgan. Ular o’ynab, ashula aytishadi.
Lekin Konchakovna Igorning o’g’li Vladimir bilan ko’rishgandan keyingina
kayfiyati ko’tariladi. Igor o’ylanib yuradi. Unga sodiq Ovlur qochishni taklif
qiladi. Igor yashirin qochishni istamay, ikkilanib turadi. Uning mardligiga
qoyil qolgan Konchakxon Igorga nisbatan asir emas, balki aziz mehmon
tarzida qaraydi. Uning oliyjanobligi va jasurligi hurmat hissini qozonadi.
Konchakxon uni qo’yib yuborish mumkinligini aytadi, faqat sharti bor: Igor
hech qachon polovets xoniga qarshi qilich ko’tarmasligi kerak. Igor esa ozod
bo’lgach yanada qo’shin yig’ib polovetslarga qarshi chiqishi haqida to’g’ri,
yashirmasdan, yuziga qarab aytadi. Xon asir qizlarga kuylashni va raqsga
tushishni buyuradi. Xonning qo’shini yangi yurishdan boyliklar orttirib,
qaytib keladi. Putivl kulfatga uchraganligini bilib, Igor qochishga qaror
qiladi va Ovlurni shu haqda ogohlantiradi. Vladimir, Igorning o’g’li
Konchakovnaga yoqib qolganligini bilib qolib Konchakxon to’yiga rozi, Igor
32
esa, to u asirda ekan, hech qanaqa to’y haqida gap bo’lishi mumkinmasligini
o’g’liga aytadi. Qochaman deb, Igor Vladimirni ham olib ketmoqchi, lekin
faqat Ovlur bilan qocha oladi xolos, chunki Konchakning qizi butun
qarorgohni oyoqqa turg’izib, uyg’otib yuborib, Vladimirni yonida ushlab
qoladi. Vladimir Konchakxonning kuyoviga aylanadi. Qal’a ustiga chiqib,
erining kelishini Yaroslavna intizorlik bilan kutadi. Nihoyat, Igor qaytib
keladi. Xalq Igorni quvonib qarshi oladi. Skula va Yeroshka bong urib,
xalqqa xush xabar yetkazganligi uchun, kechiriladilar. Oxirida Igor sharafiga
“Slavsya” xori aytiladi.
Musiqa. “Knyaz Igor” xalq- epik operasi. Uni M.I.Glinkaning “Ruslan
va Lyudmila” operasiga yaqinligini muallifning o’zi aytardi. Operadagi
kuylariga asoslangan katta uvertyurasida ruslarga polovetslar obrazi qarshi
qo’yiladi. O’rta lavhasi jang manzarasini tasvirlaydi. Prologning (
“...so’zidan” olingan chinakkam matniga yozilgan) “Solntsu krasnomu slava”
kabi yirik xori qadimiy epik qo’shiqlarning ulug’vor- qa’tiyatli aytimlariga
yaqin. Quyosh tutilishining dahshatga solar orkestr manzarasi, hamda qo’rqib
turgan boyarlar, sevadigan Yaroslavna, qopolroq Galitskiy va mardona-
bo’ysinmas Igor ishtirokidagi rechitariv sahnasi aynan shu xor bilan qamrab
olingan.
Birinchi ko’rinish musiqasining (I parda), bezori va daydi fe’li
prologning kayfiyati bilan keskin kontrastlashadi. Galitskiyning “Tol’ko b
mne dojdatsya chesti” nomli qo’shig’i keng, sho’x raqsni eslatadi. “Oy
lixon’ko” degan qizlar xorida mayus, xalq arz, yig’i, sadr qo’shiqlar
xususiyatlari aks ettirilgan. Masqarabozlar tomonidan aytilgan “Chto vo
gorode da Volodimire” kabi qo’shig’i soxta kerik bilan qo’pol- komik tarzida
yangraydi.
Ikkinchi ko’rinishda yoqimtoy, maftunkor, ammo irodali Yaroslavnaning
jozibali obrazi yorqin tasvirlanadi. “Nemalo vremeni proshlo s tex por ”
nomli ariozosida sog’inch va xavotirli sezishlari aks ettirilgan. Hayo- iboli,
bosiq, qa’ tiyatli musiqa borgan sari qizg’in - hayajonli fe’lni kasb etadi.
Davomida Yaroslavnaning boyarlar bilan birgalikdagi sahnasida eng yuqori
taranglikka erishib, xarakat dramatiklashib ketadi. “Mujaysya, knyaginya” va
“Nam knyaginya, ne vpervoy” kabi xorlar qa’tiyatli va badjahl kuchga
to’ladir.
33
Ikkinchi parda polovetslar makonidagi manzaralariga bag’ishlangan.
Konchakovnaning “Merknyet svet nochnoy” nomli kavatinasida sevgi
chorlovlari, ishqiy siqilishlar va hissiyotlar nozi eshitilmoqda.
Vladimirning “Medlenno den’ ugasal” degan kavatinasi yigit sevgisining
she’riyati, ajoyib janubiy tun maftunkorligi bilan esadi.
Igorning “Ni sna, ni otdi’xa” nomli ariyasi bosh qahramonning ko’p qirrali
suratidir. Bunda vatan taqdiri haqidagi hasratli o’ylar, ozodlikning qizg’in
chanqoqligi va Yaroslavnaga qaratilgan muhabbat tuyg’usi aks etilgan.
“Zdorov li knyaz” kabi ariyasida Konchaaxkxon qattiqko’l badjahl va
oliyjanob inson sifaqtida namoyish etiladi. Parda polovetlsrning xor va
jozibali, porloq raqslari bilan yakunlanadi. Kontrast rasvishda birin ketin
o’tadigan ravon ayollar raqsi, g’ayratga to’la erkaklar o’yini va yengil o’g’il
bolalar raqsi ijro etiladi. Borgan sari barcha guruhlar temperament va
shijoatga to’la dovul sifat raqsga kirishib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |