16
“Ivan Susanin” operasining musiqasi haqida.
I parda Domnino qishlog’ida bo’lib o’tadi. I parda – bosh qahramonlar
va rus xalqining tavsifnomasidir. U kengaytirilgan xor introduksiyasidan
boshlanadi. Inrtroduksiya 2 ta xordan- ayollar va erkaklar xoridan iborat.
Erkak xori rus xalqining botirligini, jasurligini ifodalasada, ayollar xori esa
jonli, chaqqon, ravshan, bahoriy davra qoshiqlariga yaqin. Raqs fe’liga ega.
Introduksiya katta xor fugasi bilan yakun topadi.Introduksiyadan keyin
Antonidaning Kavatina va rondosi keladi. Unda rus qizining nozikligi,
sodiqligi, samimiyligi va soddaligi ifoda etiladi.Kavatinadan keyin rondo ijro
etiladi. Musiqaning tavsifi ravshan, hursand. Qiz bolaning shoirona orzu-
havaslar dunyosini ochib beradi. Sobinin, Antonida va Susanin “Ne tomi,
rodimi’y”, degan trioni ijro etishadi. Ushbu trioda yoshlar Susanin- otadan
to’yiga roziligini olishadi.
II Parda. Polsha qiroli Sigizmund qasrida hashamatli (muhtasham) bal. Butun
parda birinchiga nisbatan kontrast xosil qiladi. Sodda qo’shiq o’rniga, xorlar
o’rniga, asosan raqs musiqasi ijro etiladi. Birin- ketin 4ta raqs- polonez,
krakovyak,vals, mazurka yangrab, oziga xos deyarli faqat polsha raqslaridan
tarkib topgan simfonik syuitasini tashkil etadi.
III parda Ivan Susanin oilasida to’yga tayyorgarlik ko’rish.Birdaniga
polyaklar paydo bo’lib, Moskvaga yol ko’rsatib berishni talab qilishadi. III
parda “Kak mat’ ubili ” deb nomlangan Vanyaning qo’shig’i bilan
boshlanadi. Bu qo’shiq yetim Vanyaning tavsifnomasidir.Vanya uni asrab
qolgan Ivan Susanin otasiga o’z minnatdorligini, sodiqligini bildirib,
kuylaydi. Vanyaning qo’shig’i rus xalq qo’shiqlariga yaqin. Undan keyin
Vanya, Antonida va Sobinin ijrosida kvartet yangraydi.
Polyaklar bilan Susanin sahnasi.
Polyaklar tavsifnomasi polonez va mazurka usulu orqali yoritiladi. Susanin
esa xotirjam va jasurona tarzda polyaklar bilan so’zlashadi. Uning musiqasida
“Slavsya” xorning mavzusi paydo bo’ladi. Uyidan ketishdan oldin Susanin
qizi bilan hayrlashadi. Musiqa g’amgin va motam ranglarga bo’yaladi.
“Razgulyalisya, razlivalisya vodi veshniye po lugam.” Nomli to’y xori –
operaning eng dramatikdamlardan biri. Xor 5 hissali(5/4) o’lchovida, rus
xalq to’y marosimlarida kelin- kuyovni sharaflash qo’shiqlariga yaqin.
Antonidaning “Ne o tom skorblyu, podrujen’ki ”romans- qo’shig’i
operaning eng shoirona va ajoyib sahifalarifdan biri.
IV parda. Vanya ijrosida “Bedniy kon’ v pole pal” degan hayajonli rechitativi
yangrab o’tadi. Susanin rechitativ va ariyani kuylab o’tadi. Aynan shu ariyasi
17
ichida Susaninning qahramon va vatanparvar qiyofasi ohirigacha ochib
beriladi. “Ti’ vzoydyosh moya zarya !”, nomli ariyasida o’limni sezib,
Susanin uydagilarini eslab, ular bilan hayolan xayrlashib, o’z o’limini
mardlarcha kutib oladi. “Tuda zavyol ya vas, kuda i seriy volk ne zabegal ”
so’zlarida, polyaklar uni o’ldirib yuboradi.Orkestrda shu payt – “Vniz po
matushke, po Volge” ko’shig’ining ohanglari yangrab o’tadi/ Epilog.
Moskvada, Qizil maydonda xalq o’z qahramonlarini sharaflaydi. “Slavsya”
nomli xori ijro etiladi. Xor marsh janriga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: