TO’RTINCHI BO’LIM
O’zimni o’ldirmoqchi bo’lgan kunlarim
“Buni qarangki, men jonimga qasd qilishni o’ylarkanman, ishonib bo’lmas voqealar ham
navbat bilan tizilishmoqda edi…
Alloh bor bo’lsa…?
Yana hayotimning bir sahifasi yopildi. O’ta jiddiy va iztirobli sahifa. Katta bir shifoxona
bo’limida ko’zlarimni ochdim. Ish tugagan ekan. Kasalligim bir sabab sifatida meni
jonimga qasd qilishdan saqlb qolgan ekan. Yana shifoxonadaman, ya’ni o’lim to’shagida.
O’limni ko’ryapman, biroz narida turib meni kutmoqda…Shunday ayanchli kezlarda
maktub yozib, kimdir ovozimni eshitsin, deya qog’ozni qoralamoq…Nega deysizmi? Oh,
qaniydi buning javobini balsam. Balki yana puch xayollarga berilayotgandirman. Balki,
ayblanish, haqoratlanish va xo’rlanish uchndir. Balki, “Men shunday qildim, siz ehtiyot
bo’ling”, deyish uchundir. Yoki bir tasalli ma’naviy bir ko’mak, balki duo olishdir
maqsadim…Balki bulardan hech biri uchun emas, o’zimdan bir xotira, ma’lumot qoldirish
uchun. Nima bo’lganida ham…Ammo bu maktubni yozish uchun katta kuch sezdim.
Go’yo bu maktubni yozish uchun alohida berilgan bir quvvat…Hayotni yangidan yashash,
o’zimni so’nggi marotaba so’roq qilish uchun bir quvvat edi bu. Maktubni yoza
boshlaganimga ikki kun bo’ldi. Bir necha soatda yozib, tugatishni o’ylagan edim. Ammo
bunday bo’lmadi. Har xil tuyg’ular, turli fikrlar, holatlar va ularning bir-biridan farqli
izohlarni his qilib, qog’ozga tushira boshladim. Holbuki, maktubni boshlarkanman,
jonimga qasd qilish niyatim qat’iy edi. Bu maktub orqali hayotimni zaharlagan
benomuslarga so’nggi arta nafrat bildirmoqchi edim. Ammo shu ikki kun ichida maktub
bitarkanman, hayotimni qaytadan tahlil qildim. To’g’ri ishlarim bilan xatolarimni
solishtirdim. Qaysidir ma’noda o’zimga hisob berdim. Bu hayotimning umumiy bahosi
edi. Ehtimol, bugungacha hech o’ylamagan va hatto aqlimga ham sig’dirolmagan muhim
farqlarni sezdim. Eng muhim farq:bu borliqning, koinot va insonlarning ulug’ bir
Yaratuvchisi borligini anglayotganim edi. Avvalboshdan qat’iy tarzda “yo’q” deya keskin
uzib tashlaganim bu mavzuni, aqlim qabul qila boshlagan edi. Xo’sh, Alloh bor bo’lsa?
Alloh bu koinotni va insonlarni yaratgan bo’lsa? Bizdan qilgan hamma amallarimizni
so’rasa? Bu hisobga men qanchalik hozirman? Mana shu savol, bir gumon tarzda bo’lsa
ham, ichimni, aqlimni kemira boshlagandi. Maktub yozarkanman, dilimga yangi bir
quvvat sezardim. Go’yo qalamim meni bir tomonga boshlayotgandek…Men istamagan,
bu haqda o’ylashni ham xohlamagan bir tomonga. Endi o’zim ham bu maktubning
qanday yakunlanishini qiziqish bilan kutayotgandim…Xojam yana charchadim, darmonim
quridi yana. Ertaga davom ettiraman degan umiddaman…
Bugun uchinchi kunki maktub yozyapman. Ammo bugun butkul o’zgacha holatdaman.
Mudhish tuyg’ular qurshovidaman. Bu satrlarni yig’lab, faryod chekib yozyapman. Vaqt
yarim tundan oshdi. Ishonib bo’lmas hodisalarni boshdan kechirdim. Butun tanam
titrardi. Dahshatli hayajonda edim. Go’yo yuragim qinidan otilib chiqib ketadigandek. .
O’zimni zo’rg’a qo’lga olib, bu voqelarni sizga bayon qilmoqdaman. Bu voqealar
hayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. Bir zumda dunyoimni o’zgartirdi, zehnimni
xiralashtirdi. Hayajonimni bosolmayapman. Barmoqlarimda, umuman kuch yo’q. Nima
qilayotganimni bilmayman. Qalam qo’limdan tushib ketyapti. Tunning ikkinchi yarmi.
Quyuqlashgan qonni tortib olishganiga ham bir soat bo’ldi. Uxlasin deb ukol ham qilishdi.
Xonada yolg’izman. Boshsiz, adog’siz qorishiq o’y-fikrlar aro bir yo’l izlayapman. Yana
hayot kemamni o’ngga-‘so’lga burib, bir umid, bir ilinj kutyapman. O’ylayapman.
Koinotning boshi bo’sh qo’yilganmi? Yoq’lik va cheksizlik sari uchyaptimi u? Bir kun
kelib, butun jonzotlar va barcha insonlar o’lib, hamma narsa yo’q bo’lib ketadimi? Bu
olamlarning yagona Allohi bormi? Hamma narsa Uning amri biraln bo’ladimi?Biz
o’lganimizdan keyin, yana qayta tirilib, hisob beramizmi? Men orzu qilganim, qo’llarimni
tutib, tizzalariga bosh qo’yishni xohlaganim onamga, dadamga, akamga yetisha
olamanmi? Agar jahannam bor bo’lsa, men shu holimda, u jannatiy insonlar bilan
topisha olamayman. Yana tinchim yo’qoldi. Ya’ni, qayta tiriladigan bo’lsam, menga
tinchlik va rohat yo’q, bo’lmaydi ham. Yana boshi berk ko’chalarga kirib qoldim. Iztirob
chekyapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |