Aldangan Ayselning tavbasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/47
Sana14.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#118900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
alamli bolalik yillarim

 

Omonatni qidirdik 

Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz 

to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. 

Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi. 

Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi. 

Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha 

ruxsatingiz bilan… 

Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada 

madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana 

barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun 

tanamni azoblayapti. Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham 

qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman. 

Negaki… tuyg’ularimga asir bo’lmayman. 

Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, 

tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov 

qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi. 

-Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa… 

Onamning yodgorliklari…Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. 

Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a…Achinaman 

sizga. 


Eng achchiq, chorasiz kunimda mening, 

Bo’ldingiz menga yor onajonginam. 

Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz, 

Yana mehr-la quching, oanjonginam. 

Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim, 

Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim. 

Sizni har joydan izlar ko’zlarim, 

Sizdan ayrildim-a, onajonginam… 

Boshqa bir kishi gapga aralashdi:”Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar 

qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga 

qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana… 

Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. 

Ham u qoldirgan ikki omonatda…Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari 




yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men. Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik. 

Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq 

ko’rdim. Onamdan yodgorlik…Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada 

kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi. 

Joyimda o’tirib qoldim. Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi 

yonar, o’rtanar edi. Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob. 

-Bittasi Qur’oni karim, -dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi “So’zlar”nomli 

kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni 

kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa…Onamning 

omonati…Ular men uchun naqadar qimmatli … Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi: 

-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy, -dedi Kitoblari butun dunyoda 

qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi. 

Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p… 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish