Urganch-Toshkent yo`nalishida yo`lovchi tashishni tashkil qilish Urganch – 20__ y.
Reja:
I. Kirish
1.1)Firma haqida ma’lumot;
1.2)Biznes rejaning asosiy maqsadi.
II. Biznes rejaning foydali taraflari: 2.1)Iqtisodiy foydaliligi;
2.2)Ijtimoiy foydaliligi;
2.3)Biznes rejaning kuchli tomoni.
III. Marketing strategiyasi: 3.1) Firmaga raqobatdosh guruhlar;
3.2) Firma “imidj”ini shakllantirish;
3.3)Yo’lovchilarni jalb qilish yo’llari;
IV. Moliyaviy rejasi: 4.1)Aosiy korxona kelib tushadigan pul manbasi;
4.2)Umumiy harajatlar;
4.3)Ishchilarga to’lanadigan xarajatlar;
4.4)Qo’shimcha daromad va harajatlar;
4.5)Soliq va boshqa to’lovlar;
4.6)Korxonaning sof foydasi;
4.7)Foydani taqsimlash.
Kirish. 1.1)Firma haqida ma’lumot Bu biznes rejaning asosi “Urganch-Toshkent” yo’nalishida yo’lovchi tashishni tashkil qilish bo’lib, uning afzalliklari quyida batafsil yoritiladi.
O’zbekiston iqtisodiyotida transport vositalarining ahamiyati juda katta, shu jumladan yo’lovchi tashish bo’yicha talablarni qondirish katta ahamiyat kasb qiladi. Malakatimiz hududidagi yuk va yo’lovchilar asosan avtamobil yo’llari orqali tashiladi. Transport turlarini barcha shakllari, havo transporti, temir yo’l transporti yaxshi rivojlangan. Bularni albatda hammasini o’z yo’li va qulayliklari mavjud. Havo transporti tezkorligi bilan barchalaridan ajralib turadi. Shu bilan birga u hamma kishilarning talabini qondira olmaydi. Bu transport turidan foydalanish biz istemolchilar uchun qimmatga tushadi va unda biznes safarlarni bajarishda qo’shimcha sarf harajatlar qilishga to’g’ri keladi. Temir yo’l transporti arzon bo’lganligi bilan bir qatorda o’zining shovqinliligi bilan ajralib turadi. Unda ayrim odamlar o’zlarini noqulay his qiladi. Hozirgi kunda “Urganch-Toshkent” yo’nalishida yo’lovchi tashishning eng qulay shakli bu davlat va yakka tadbirkorlarning yo’lovchi tashish transportlari bo’lib kelmoqda.
Shularni hisobga olgan holda yo’lovchilarning qulay va arzon transportlarga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida ushbu korxona 2011-yilning 1-martidan o’z ish faoliyatini boshlaydi. Korxonaning tashkiliy mablag’i Urganch tumani “OATB Agro Banki”dan 125 mln so’mlik (yillik 14 % dan) olingan qisqa muddatli (3 yil ichida qaytariladigan ) kredit tashkil qiladi.
Firmaning nomi: “S-Trans” yo’lovchi tashish firmasi
Firma boshlig’i: Madaminov Sardorbek
Firmaning yuridik manzili: Urganch tumani Feruz ko’chasi 14- uy.