turizmning ulushi
|
2014-yil
|
2015-yil
|
2015-2025-yillar(prognoz)
|
YaIMdagi to`g`ridan-to`g`ri ulushi
|
UZS 1,317.1 mlrd(YaIMning 0.9%)
|
3.9%ga o`sish
|
UZS 2.468.0 mlrd(6.1% o`sish)
|
YaIMdagi umumiy ulushi
|
UZS4.208.8 mlrd(YaIMning 3%)
|
4.7%ga o`sish
|
UZS7.889.9 mlrd 6%ga o`sish
|
Ishchi kuchi to`g`ridan to`g`ri ulush
|
118.500 ish o`rni 0.8%
|
1.3%ga o`sish
|
175.000 ish o`rni 3.8%ga o`sish
|
Ishchi kuchining umumiy ulushi
|
387.500 ish o`rni 2.6 %
|
2%ga o`sish
|
568.000 ish o`rni 3.7%ga o`sish
|
Sayyohlik eksportida
|
UZS 524.0 mlrd (um.eksportning 1.6 %)
|
3.8%ga kamayish
|
UZS 972.8 mlrd 6.8% ga o`sish
|
Investitsiya
|
UZS 711.0 mlrd(um.investitsiyaning 2.2%i)
|
7.3%ga o`sish
|
UZS 1.321.0 mlrd 5.6 %ga o`sish
|
Yuqoridagi raqamlar shuni ko`rsatadiki, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida turizm sanoatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu esa o`z navbatida O`zbekistonning xalqaro turizm bozorida o`z o`rnini egallayotganligidan dalolatdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yigilishi o`tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko`paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo`yicha ko`rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.
Mamlakatimiz investitsiya savdo va turizm salohiyatini o`zaro muvofiqlashtirib yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta`kidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga O`zbekistonning turizm salohiyatini kecha-yu kunduz targib qiluvchi , sayohatga oid turli qiziqarli ko`rsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.
Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo`yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So`nggi yillarda turizm jahon eksportida o`zining ulkan hissasiga ega bo`ldi va Butunjahon YaIM 11% ini tashkil qilmoqda. So`nggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchilar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd $ ga yetdi.
Turizmni rivojlantirish davlat uchun juda ham foydali. Chunki u bu orqali o`z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko`payishini ta`minlaydi,tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta`minlashga harakat qiladi.
shuningdek, xalqaro aloqalar mustahkamligiga erishadi va madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi oshadi va hk. Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ish o`rinlari yaralishi;
daromadning ko`payishi, mahalliy aholining yashash darajasi oshishi
urbanizatsiya jarayonining tezlashihsi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;
ijtimoiy va madaniy jarayonlarning tezlashihsi;
mahalliy madaniyat o`choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an`analari, rusumlarini rivojlanishi;
qishloq xo`jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;
mahalliy madaniy yodgorliklarning tiklanishi va muhofazasi;
tabiiiy komplekslarning kengayishi;
mintaqa jozibadorligining oshishi;
mahalliy madaniy hayotning jonlanishi.
Salbiy oqibatlari:
malakasiz mehnat ulushining o`sishi;
umumjamiyat normasini buzulishi oshishi (ichkilikbozlik,foxishabozlik,bezorilik);
oila eroziyasi-ajralishlar ,hayotga yengil qarashlar;
mahalliy aholi va turistlar orasudagi kelishmovchiliklar va bq.
Do'stlaringiz bilan baham: |