Buxoro o`zining milliy raqsi, milliy zar chopon –do`ppilari va milliy an`analari bilan mashhur.
Yana biri Xiva.
Xorazm — O'zbekiston turistik marshrutining eng serqatnov manzillaridan biri.Prezidentimizning 2017 yil 4 maydagi «2017 – 2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to'g'risida»gi qarori ushbu yo'nalishda butunlay yangi davrni boshlab berdi. Ushbu dastur asosida turistik yo'nalishdagi yo'llar holatini yaxshilash, hududdagi madaniy meros ob`ektlarida ta`mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, ekoturizm yo'nalishidagi loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
– Shiddat bilan rivojlanayotgan davr, axborot texnologiyalarining hayotimizdan keng joy egallashi, xalqimizning dunyoqarashi o'zgarayotgani biz mutasaddilardan ham yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda, – deydi Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Azizbek Polvonov. Kelayotgan sayyohlarimiz nafaqat qadimiy obidalarimizga, shu bilan birga go'zal urf-odatlarimiz, an`analarimiz, milliy taomlarimiz, shirindan-shakar mevalarimiz va o'ziga xos tabiatimizga ham maftun bo'lmoqda. Shu asnoda hududda mehmonxona turizmi jadallik bilan rivojlanayotir. Bundan tashqari, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida keyingi yillarda «Raqs sehri» xalqaro festivali hamda «Gurvak – Xorazm qovunchiligi ramzi» deb nomlagan qovun saylini o'tkazish an`anaga aylandi. Ov turizmini rivojlantirish bo'yicha ham choralar ko'rilmoqda. Tarixi 3 ming yillarga borib taqaluvchi Hazorasp tumanidagi «Sulaymon qal`a», Bog'ot tumanidagi «Qal`ajik qal`a», Shovot tumanidagi «Kat qal`a» kabi bir nechta ziyoratgohlar turistik marshrutga kiritilayotgani sayyohlik xizmati ko'rsatish ko'lamini oshiradi.
Xorazm dunyo sivilizatsiyasi va tamaddun beshigi hamdir.
Turizmning rivojlanishi vohada milliy hunarmandchilikning ham ravnaq topishiga sabab bo'ldi. Urganch va Xivada milliy liboslar, o'yinchoqlar va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari savdosi yo'lga qo'yilgan. Xivaning o'zida yuzdan ortiq hunarmand ustalar faoliyat ko'rsatmoqda.
O.Rahimovning bildirishicha, ko'plab sayyohlar mahalliy aholining an`anaviy hayot tarzini ko'rish va unda ishtirok etishga qiziqadi. Masalan, uylarning qurilishida nafaqat kuzatib turish, balki unda ishtirok qilish, o'choqda ovqat pishirish, tandirda non yopish, ip yigirish, to'qish, paxta va boshqa mahsulotlarni yig'ib olishda ishtirok etishni xohlaydilar. Keyingi yillarda Ichan qal`ada mehmon uylari tashkil qilinayotgani mehmonlarga ushbu imkoniyatni tuhfa qilmoqda.
– Ayollardan iborat guruhlarni jalb qilish imkoniyatlari juda katta bo'lib, ularga maxsus turlar taklif qilinmoqda, – deydi Odilbek Rahimov. – Jumladan, o'zbek ayollari bilan uchrashuv, xonadonlarda ayollar bilan uy yumushlarini bajarish, ovqat tayyorlash, milliy urf-odat va udumlarda ishtirok etish, chaqaloqni beshikka solish va boshqa shu kabi odatlarimiz ularda katta qiziqish uyg'otmoqda. O'zbekistonga oilasi va bolalari bilan keladigan sayyohlar uchun yo'nalishlar allaqachon ba`zi germaniyalik va niderlandiyalik tur operatorlarning sayyohlik takliflaridan keng o'rin olgan.
Xiva - Xorazmning qadimiy shaharlaridan biri bo’lib, o’rta asr sharq me’morchiligining tengsiz javohiridir. Uning afsonaviy go’zalliklarini ko’rish maqsadida Xiva shahriga har yili minglab sayyohlar tashrif buyurmoqdalar.
Sayyohlar sonining yildan-yilga oshib borishi soha rivojidagi amalga oshirilishi nazarda tutiladigan ishlar rivojini yanada oshirish va takomillashtirishni talab qilmoqda.
Barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoran, teatr va muzeylar haqida maʼlumotlar mustaqil sayohatchilar uchun juda foydali boʻladi, deb hisoblaydi Gyote instiuti vakili
xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, sohani yanada rivojlantirish uchun etarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. mintaqada turizm industriyasining raqobatbardoshligini bevosita baholash uchun biz xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar tashrifi statistikasiga bevosita to’xtalib o’tamiz. bu 2017 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jami xorijiy sayyohlar soni 46 600 kishini tashkil qiladi. bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizda ortganligi kuzatiladi. xorazm viloaytiga tashrif buyurgan sayyohlar soni shu jumladan, mdh mamlakatlaridan 2015 yil davomida 5767 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatgich 6598 nafar kishini tashkil qilib, 15 foizga oshgan. birgina, 2015 yilning o‘zida dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 40,6 mingga yaqin xorijiy sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurishgan bo‘lishsa, 2016 yil yakuni bilan, bu ko‘rsatkich 46,6 mingdan ortiqni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 % ga oshgan.
O`zbekistonning turistik va tarixiy obidalaridan yana biri qadimiy va navqiron Samarqand shahridir.
Samarqand o‘zining noz-ne’matlari, tabiati, boy ma’naviy merosi, betakror tarixi, olamshumul me’moriy obidalari bilan butun dunyo jamoatchiligining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratib kelayotgan «sayqali ro‘yi zamindir». So‘g‘diyona va Turon davlatlarining ulug‘vor an’analari, dunyoviy sivilizatsiyaning eng muhim bosqichlari rivojlangan bu shaharning tarixi va madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir.Samarqand hammaga ma`lumki o`zining ulug` sultonlari, amirlari va ularning davridan buyon to bugungacha qaddini yo`qotmagan baland imoratlari-yu serhasham ark-saroylari bilan viqorlidir. Ayniqsa, Samarqandning ”Registon” maydoni, ”Bibixonim” maqbarasi va ”Sherdor” madrasasi, ”Go`ri Amir” maqbarasi bilan dunyoning turli burchagidan kelib-ketuvchi turist- sayyohlarni hamon o`ziga jalb qilib kelmoqda.Samarqand o`zining ulug`vorligi, qadimiyligi, aholisining chiroyli madaniyati analari sabab ham ziyoratchilar qadami uzulmaydi. U asrlar davomida turli xonlar, urushlar va janglardan omon qolib shu kungacha yetib keldi. Uning salobatli madrasa va masjidlari turistlar qiziqishini hali-hanuz oshirib kelmoqda. Bizning shunday muqaddas qadamjolarimiz borki, biz ular bilan faxrlanamiz dunyoga o`rnak sifatida maqtanaolamiz. Biz shunday serquyosh va mustaqil vatanda tug`ilganimizdan iftixor qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |