Refleksiya bosqichi:
O‟yin oxirida ya‟ni, barcha loto – savollar sotib bo‟lingandan so‟ng
o‟qituvchi erishilgan natijalarni jamlaydi. Buning uchun u kotib yordamida
auktsion qatnashchilari tomonidan to‟plangan ballarni qo‟shib chiqadi va ularga
baho qo‟yadi. Bunda o‟qituvchi o‟quvchilar bilan savolga nisbatan to‟laroq javob
bergan va chuqurroq bilimga ega bo‟lgan ba‟zi ishtirokchilarga ball qo‟shish
hamda auktsionda o‟zini yomon tutgan ishtirokchilarning balini kamaytirish
masalasini muhokama qiladi. O‟quvchilar o‟yinning borishi haqidagi taassurotlari
hamda darsda o‟z bilimi va ko‟nikmalarini qay darajada namoyon qila olganliklari
to‟g‟risida fikr bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |