O’yinning borishi:
O’yin boshida auktsion qatnashchilariga 100 so’m miqdorda
kimyoviy pul (pul va lotolar soni cheklangan miqdorda
bo’lishi kerak) tarqatiladi. Har bir loto – “Kislorodli organik
birikmalar” mavzusiga oid savol bo’lib, u o’zining
boshlang’ich narxiga ega. Savdoni olib boruvchi – auktsionist
–loto raqamini, unga mos keluvchi savol, savolga to’g’ri javob
berilgan taqdirda to’planadigan maksimal ball soni va
lotoning boshlang’ich narxini e’lon qiladi. Savol uchun eng
ko’p pul taklif etgan o’quvchi g’aznachiga kimyoviy pul
to’lash orqali uni sotib oladi va ushbu savolga javob beradi.
O’quvchilar savolga javob berib muayyan miqdorda ball
to’playdilar. Har bir savolni oson yoki qiyinligiga hamda
javobning to’liq-noto’liqligiga qarab jami 5 balldan 20
ballgacha ball qo’yish mumkin.
\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\\
Noto‟g‟ri javob uchun ball kamaytiriladi. O‟yinda jami 20 ball to‟play olgan
o‟quvchiga “5” baho qo‟yiladi. O‟yin ishtirokchisining vazifasi cheklangan
miqdordagi pulga ega bo‟lgan holda maksimal ball to‟plashdan iborat bo‟ladi.
Auktsion kotibi qatnashchilarning to‟plagan ballarini hisoblab boradi.
LOTO № 1
Boshlang‟ich narxi – 5 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Organik birikmalarning
qo‟llanilishi.
Qaysi ko‟p atomli spirt atir-upa sanoatida quruq terini yumshatuvchi va
namlovchi vosita sifatida ishlatiladi? Uning halqaro va trivial nomini ayting.
LOTO № 2
Boshlang‟ich narxi – 10 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Sifat reaktsiyalar.
Qanday reagentdan foydalanib ko‟p atomli spirtlar va alьdegidlarning bir-
biridan farqini aniqlash mumkin? Sodir bo‟luvchi reaktsiyaning tashqi belgilari va
ularni o‟tkazish sharoitlarini tavsiflang.
LOTO № 3
Boshlang‟ich narxi – 5 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Organik birikmalarning
qo‟llanilishi.
U sanoatda smolalar va polimerlar olishda qo‟llaniladi. Uning eritmasida
biologik preparatlar saqlanadi. Undan teri ishlab chiqarish sanoatida va urug‟larni
dorilashda g‟am foydalaniladi. Gap qaysi kislorodli organik birikma haqida
ketmoqda? Uning uch xil nomenklatura bo‟yicha nomini ayting. Eritmasining
nomi nima?
LOTO № 4
Boshlang‟ich narxi – 5 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Organik birikmalarning
xossalari.
Qaysi karbon kislota “kumush ko‟zgu” reaktsiyasiga kirishadi?
LOTO № 5
Boshlang‟ich narxi – 5 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Reaktsiya turlari.
Polimerlanish reaktsiyasi polikondensatlanish reaktsiyasidan nimasi bilan
farq qiladi?
LOTO №6
Boshlang‟ich narxi – 10 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Sifat reaktsiyalar.
Qaysi reaktivdan foydalanib molekulada qo‟sh bog‟lar mavjudligini
isbotlash va fenolni aniqlash mumkin? Reaktsiyaning tashqi belgilarini tavsiflang.
LOTO №7
Boshlang‟ich narxi – 10 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Buyuk kashfiyotlar.
Mashhur mukofotning asoschisi bo‟lmish shved olimi va sanoatchisi Alьfred
Nobelь Rossiyada ishlab yurgan kezlarida nimani ixtiro qilgan? Uning ixtirosi
asosida qaysi organik birikma yotadi?
LOTO №8
Boshlang‟ich narxi – 10 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Organik birikmalarning
qo‟llanilishi.
Margarin ishlab chiqarishning asosida qanday reaktsiya yotadi?
LOTO № 9
Boshlang‟ich narxi – 15 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Organik birikmalarning
xossalari.
Spirtlar, fenol, 2,4,6-trinitrofenol va fosfat kislota kabi birikmalarning
kislotalik xossalarini o‟zaro taqqoslang.
LOTO №10
Boshlang‟ich narxi – 10 kimyoviy so‟m. Mavzusi: Buyuk kimyogarlar.
Atsetilenning gidratlanish reaktsiyasi kimning nomi bilan ataladi? Bunda
qaysi organik birikma hosil bo‟ladi va reaktsiyani o‟tkazish sharoiti qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |