Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti kunduzgi bo



Download 343,5 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2017
Hajmi343,5 Kb.
#10792
1   2   3   4

1 - ilova

Mavzu: ”Ajdodlarimiz – tabobat bilimdoni”.


Tadbirning maqsadi: Buyuk ajdodlarimiz asrlari, dostonlari va g’azallaridan tabobatga, gigiyenaga oid bilimlarini oshirib, ularning ahamiyati tushuntirib boriladi. Sog’liqni saqlash va mustahkamlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotla ochib beriladi.

Tadbining jihozlanishi: Buyuk allomarimiz A.Navoiy, Ibn Sino, S.Sheroziylarning rasm portretlari, ”gigiyena va salopmatlik” rasm plakati. A.Navoiy ”Tabobat bilimdonlari ” kitobi va boshqalar.

Tadbirning borishi:

Aziz o’quvchilar! Mamlakatimiz mustqillikka erishgach, Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita rahnomaligida buyuk ajdodlarimiz - Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, S. Sheroziy, Az- Zamaxshariy va boshqa sharq donishmandlarning ulkan ma’naviy va tabobatga oid meroslarini o’rganish, asrab – avaylash va boyitish ma’suliyati tiklandi.

Bugungi tadbirimizni biz ”Ajdodlarimiz - tabobat bilimdoni” deb ataganimiz be’jiz emas. Ma’lumki sharq tabobati juda qadimiy tarixga ega. Bu tabobatni umumlshtirib, yuqori bosqichga olib chiqqan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bo’ldi. Tabiblar o’z asarlarida inson salomatligini saqlash haqida ma’lumot berganlar.

1 – o’quvchi: Navoiyning yozishicha, kishi sog’ salomat bo’lishi uchun avvalo to’g’ri ovqatlanishni bilishi zarur. Kishi zararli narsalarni yeyish va ichishdan doimo qochishi kerak, ana shundagina kishi sog’lom bo’ladi.

Nekim bo’lsa muzir bo’lg’il haroson,

Ki bo’lgay ta’bingga mushkullar oson.

2 – o’quvchi : Sa’diy Sheroziy aytadi:

Kam yeyish tabiat bo’lsa insonga ,

Og’irlik yuz bersa yengil ko’chadi.

Kenglikda tanani parvarish qilsa,

Torlikda umrining shami o’chadi.

Yoki:


Ko’p yema, chiqmasin toshib bo’g’zingdan,

Oz yema, chiqmasin joning og’zingdan.

3 – o’quvchi: Alisher Navoiy ”Tarixi mulki Ajam”asaridagi ruboiylaridan birida sog’lom turmush tarzining muhim shartlaridan biri – ovqatlanish madaniyati haqida shunday yozadi.

Har kimgaki ko’p taom yemak fandur,

Bilgilki, najosatqa tani mmaskandur.

Qorning bilar do’st bo’lmasang, ahsandur,

Nevchunki er o’g’liga qorin dushmandur.

” Qorin bilan do’st tutinmaslik” uchun esa insonda qanoat degan fazilat shakllangan bo’lishi kerak. Chunki qanoat nafsni yengadi.

O’qituvchi: Xa, aziz bolajonlar! Shayx Abu Abdulloh Hisraviyning mana bu o’giti bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan:

Taomni andoq yegilki, sen ani yegaysen yoki ul – seni. Agar sen ani yesang, barcha nur bo’lg’ay va agar ui seni yesa, barcha dard bo’lg’ay...

4 – o’quvchi: Navoiy jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy barkamollikni qo’shib targ’ib etadi. Uning:

Sihat tilasang - oz ye,

Izzat tilasang – ozde.

Yoki:


Ko’p demak birla bo’lmag’il nodon

Ko’p yemak birla bo’lmag’il hayvon.

Az – Zamaxshariy bobomizning : ” Malomat kiyimini kiyishdan ko’ra, salomatlik libosini kiyish yaxshiroqdir”.

O’qituvchi: Navoiy asrida yashagan Mansur ibn Muhammadning ”Risola dar tashrihi – i badan –i inson” ( ” Odam anatomiyasi haqida risola”) nomli asarida odam tanasining turli a’zolariga tasvir berilgan. Unda muallif odam tanasining sog’lom holati va kasal bo’lish sabablari, sog’liqni saqlash, turli a’zolar kasalligi, o’smirlik davri gigiyenasi va sog’lom turmush tarzi haqida ma’lumotlar bergan. Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo’shgan alloma Abu Ali ibn Sino ”Tib qonunlari ” kitobida sog’lom turmush tarzining asosi shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga amal qilish ekanligini bildirgan.

Hadis:

1 – o’quvchi: Salomatligingizni so’rab, har qachon duo qilingiz.



2 – o’quvchi: Yeganda laganning chetlaridan yeyingiz, o’rtasidan yemangiz, chunki laganning o’rtasiga baraka yog’lib turar.

3 – o’quvchi: Ey, Alloh! Sen mening tanamni, qulog’imni, ko’zimni salomat qil....

Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan foydalanib o’quvchi yoshlarga Sharq mutaffakkirlarining sog’lom turmush tarzi haqidagi fikr – mulohazalarini o’rgatib borish va ularga amal qilishga ko’niktirish orqali o’quvchilarda:


  1. ajdodlarimiz merosiga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi;

  2. sog’lom turmush tarzini shakllantirishga oid ko’nikmalar paydo bo’ladi;

  3. shaxsiy gigiyenaga amal qilish – salomatlikning asosi ekanini o’rganadilar;

  4. tabobat asoslari, mijoz va yeb – ichish qoidalari bilan tanishadilar.


2 – ilova
Mavzu: ” Salomatlik – tuman boylik”.
Tadbir maqsadi: O’quvchilarda sog’liqni saqlash, uni mustahkamlashga oid bilimlarini mustahkamlash.

Tadbir jihozi: Sahna ko’rinishiga oid rasm plakat, turli rasmlar, o’qchilarning kun tartibi belgilangan plakat, darslik qo’llanmalar.

Tadbirning borishi:

1 – boshlovchi: - Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, ota- onalar!

2 – boshlovchi: - Assalomu alaykum, qadrdon ustozlar, tengdoshlar!

1 – boshlovchi: - Bugungi ertaligimizni ” Salomatlik – tuman boylik” deb nomladik. Ertaligimiz sihat – salomatlikka bag’ishlanadi.

2 – boshlovchi: - Ha, bu bejiz emas, albatta. Chunki har birimiz kasal bo’lmasdan, sog’lom o’qishimiz uchun yaxshilab chiniqishimiz, ertalab badantarbiya qilishimiz, jismoniy o’yinlar o’ynashimiz zarur. Bu, yuqori baholarga o’qishimizga garov bo’ladi.

Shu sababli ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005- yilni ”Sihat – salomatlik yili” deb e’lon qildilar.

1 – boshlovchi: - Keling, bolalar birgalikda ana shu mavzuga bag’ishlangan sahna ko’rinishni tamosha qilsak.( sahnaga yosh yigit va keksa donishmand kirib keladi)

1 – boshlovchi: - O’tgan zamonda bir yigit keksa donishmandning oldiga kelib debdi:

Yigit: - Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo’q, juda qiynaldim, nima qilishni bilmay qoldim. Endi qayerga borib bosh ursam ekan?

Donishmand: - Xo’p, unda menga o’ng qo’lingni sot, necha pul beray?

Yigit: - Yo’q, o’ng qo’lim o’zimga kerak. Sotmayman.

Donishmand: - Bo’lmasa, o’ng ko’zingni sot.

Yigit: - Nega men o’ng ko’zimni sotar ekanman, u menga kerak.

Boshlovchi: - Donishmand shu tarzda yigitning tana a’zolarining birma – bir sotgin deb aytib chiqibdi. Yigit ”Yo’q” javobini qaytaravergach, donishmand yigitga debdi:

__ Ha, To’rt muchang sog’ bo’lsa, turmushingdan zorlanib nima qilasan? Kishining tan- joni sog’ligi – tuman boylikku, ”Sog’lom tanda – sog’ aql” deb bekorga aytmaganlar. Sog’bo’lsang, har qanday ishni bajarasan, qo’lingdan keladi.

1 – boshlovchi: - Bolalar aytinglarchi, sog’lom yurish uchun nima qilish kerak?

1 – o’quvchi: - Tanani toza tutish lozim.

2 – o’quvchi : - Ust – boshlarini ozoda tutish zarur.

3 – o’quvchi: - Doimo qo’lni yuvib ovqatlanish kerak.

4 – o’quvchi: - Ertalab va kechqurun tishlarni yuvish, tez – tez cho’milib turish lozim.

5 – o’quvchi: - Sport bilan muntazam shug’ullanish zarur.

O’quvchilar ijrosida Uyg’unning ”Kun tartibi ” she’ri o’qiladi.

1 – o’quvchi: - Bu hikmatli so’zlarga

Amal qiling bolalar.



  • Sog’ yuray desang, ozoda bo’l!

  • Sog’ badanda – sog’ aql,

  • Deydi bizning bobolar.

2 – o’quvchi: - Bu hikmatli maqolga ,

Men ham amal qilaman.

Ozoda bo’lsin ishim,

Vazifam deb bilaman.

3 – o’quvchi: - A’zoyi badanimni

Xo’p yaxshilab yuvaman.

Tirnog’imni,tishimni ,

Doim toza tutaman.

4 – o’quvchi: - Doktorlarning so’ziga,

Har chog’ quloq solaman.

Vaqtida yeb ovqatni,

Vaqtida dam olaman.

5 – o’quvchi: - Men hech vaqt partada

Qiyshayib o’tirmayman.

Kir – chir bolalarni hech,

Yonimga keltirmayman.

6 – o’quvchi: - Shuning uchun hal mahal

Ruhim yengil, ko’nglim shod

Suning uchun do’stlar, men

Dard ko’rmayman umrbod.

1 – boshlovchi: - Barakalla do’stlarim, juda foydali gaplarni aytdingiz. Inson salomat bo’lishi uchun albatta ozoda yurishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim.

2 – boshlovchi: - Odam sog’lom yurishi uchun zarur bo’lgan yana bir omil bor, bu – ona tabiat. Biz ona tabiatni ozoda saqlasak, gullarni, daraxtlarni ko’paytirsak insonlar sog’ligi yanada yaxshi bo’ladi.

1 – boshlovchi: - Bolalar, sevimli shoirimiz Po’lat Mo’min o’zining ” Ibn Sino bobo ulashar davo” she’rida sog’liq haqida juda ajoyib o’gitlarni aytganlar. Keling, ana shu o’gitlardan tinglaylik.

1 – o’q: - Xom suvni ichma, sog’liqdan kechma

2 – o’q: - Badantarbiya – kuch etar hadya

3 – o’q: - Toza kiyinish – emas qiyin ish.

5 – o’q: - Pasta, tish cho’tka, chiqmasin chetga.

6 – o’q: - Ko’p dardga asos – shamollash xalos.

7 – o’q: - Kim harakatda – sog’lom albatta.

1 – boshlovchi; - Bolalar Prezidentimiz 2005-yilni ”Sihat – salomatlik yili” e’lon qilganlarida faqatgina jismoniy sog’lomlikni emas, balki ma’naviy sog’lomlikni ham nazarda tutganlar.

2 – boshlovchi: - To’g’ri aytasiz ma’naviy sog’lom bolalar o’z Vatanini sevadi, istiqbolimizni ko’z qorachig’idek asraydi.

1 – boshlovchi: - Mana, shu bilan ertaligimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizga sihat – salomatlik tilaymiz. Keling, bolalar sport bilan shug’ullanaylik. ”Salomatlik – tuman boylik” biz uchun bir umrga shior bo’lib qolsin.



3 -ilova
Mavzu: ” Sog’liq o’z qo’lingda”.
Darsdan ko’zlangan maqsad: Bolalarga inson hayoti uchun zarur bo’gan tishlarini asrab-avaylashni tushuntirish.O’quvchilarda so’liq uchun zararli bo’gan illatlarga qarshi kurashish hissini tarbiyalash.

O’qituvchi: Aziz bolalar, bizning mamlakatimizda sog’lom turmush tarzi, barkamol avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor berilayotganligini har qadamda ko’rish mumkin. Avvalo, inson o’zining salomatligiga e’tibor berishi lozim. Bugungi tarbiyaviy soat darsimiz odam organizmining biri bo’lgan tishlarimizni asrab – avaylashga bag’ishlanadi. Qani bolajonlar aytingchitishlar haqida nimalarni bilasiz?

1 – o’quvchi: Tishlar ikki xil bo’ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar – 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Doimiy tishlarning 28 tasi 12- 14 yoshgacha chiqadi.

2- o’quvchi: Tish uch qismdan iborat bo’ladi. Tish toji, bo’yni va ildizi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga brikkan bo’ladi.

O’qituvchi: Bolajonlar, tishlar nima uchun zararlanadi?

3 – o’quvchi: Agar tishlarimizni tozalab turmasak ularga mikroblar tushadi. Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o’tib, yurak, jigar, miya kabi organlarda og’ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

4 – o’quvchi: Tishlarni sog’lom bo’lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm qilish, sozlarni to’g’ri talaffuz qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

Tishlarni sog’lom saqlash uchun har kuni uxlash oldidan tishlarini tish pastasi bilan tozalash lozim.

O’qituvchi: Qani bolalar, tishlarni asrash haqidagi she’rlarimizni aytib beringchi.

6 – o’quvchi :

O’ttiz ikkitamiz asli,

Safimiz ikki qator.

Vazifamiz soqchilik,

Bir umr xizmatdamiz.

7 – o’quvchi:

Sut tishi derlar bizni,

Ikki yoshga to’lguncha.

Uyaltirmay biz sizni,

Chuqamiz birin- ketin.


  1. – o’quvchi:

Ikkitamiz kurak tishlar,

Beshtamiz oziq tishlar.

O’n sakkizga to’lganda,

Ko’rinar ”aql” tishlar.



  1. – o’quvchi :

Soqchi bo’lsakda asli,

Dushmanimiz mikroblar.

Birimiz asir tushsak,

Zirqiraymiz hammamiz.



  1. – o’quvchi :

Do’stlarimiz bor bizni,

Tish pastasi, cho’tkasi

Do’st tutinib yuvsangiz,

Yemrilmaymiz, tushmaymiz!

11- o’quvchi:

Ovqatni chaynay desang,

Chiroyli so’zlay desang.

Yong’oq chaqma tishingda,

”Emal” ni buzma bizdan.

12- o’quvchi:

Tishni asra yoshlikdan,

Safimiz buzilmasin.

Kulganingda o’rnimiz,

Bo’sh qolib ko’rinmasin.

O’qituvchi: Bu rasmda sog’ligimiz, tishlarimiz uchun zararli bo’lgan qanday illatlar tasvirlangan?

13 – o’quvchi: Bu rasmda 2 ta o’smir bola darsdan qochib sigaret chekishyapti.

O’qituvchi: Chekish juda zararli odat, bunga qarshi kurash olib borishimiz har birimizning vazifamiz. Chunki, sigaret tutunidan chiqayotgan zararli nikotin moddasi tishlarimizni zararlaydi, ularni chirishiga sabab bo’ladi. Buyuk tabib Ibn Sino aytganidek, ”agar havoda chang va tutun bo’lmasa edi, insonlar 1000 yil umr ko’rardi”. Ibn Sino bobomiz kasallikni davolashdan ko’ra uning oldini olish foydali ekanligi haqida aytib, ko’p o’gitlar qoldirib ketgan. Qani bolalar, tibbiyotga oid o’gitlarni yod olaylikchi?

O’quvchilar:

Dardning og’iri,

U – tish og’rig’i.


Yo’lda yeyish non

Yomondan yomon.


Yeb bo’lib ovqat

Yugurma faqat.


Eng vaqtichog’lik,

Sog’lik va sog’lik.


Oshni taklifsiz ,-

Boshlar tartibsiz.


Og’rimay desang,

Chay, meva yesang.


Pashshadan kasal –

Tarqar har mahal.


Emlashdan qo’rqish

Dardga yo’liqish.


Ozoda hovli –

Kasaldan holi.

O’qituvchi: Sog’ligimizni saqlash har birimizning vazifamiz. Bu haqda ” Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”da nima deyilgan?

1 – o’quvchi: Ushbu Konvensiyada 6- moddada yashash va sog’lom rivojlanish huquqiga egasan deyilgan.

2 – o’quvchi: 24- moddada esa zarur tibbiy yordam ko’rsatishligi va sog’ligini saqlash huquqiga egasan deyilgan.

O’qituvchi : Sizlar bugungi suhbatimizdan nimalarni tushunib oldingiz.

O’quvchilar:

Demak, har bir inson o’z salomatligi uchun o’zi qayg’urishi kerak. Har xil zararli illatlar sigaret chekishi, iflos yurishlariga yo’l qo’ymasligimiz kerak.

O’qituvchi:

Bolajonlar, shaxsiy gigiyenaga, kundalik rejimga rioya qilib, sport bilan doimiy shug’ullanib, shifokorga borishingizga hojat ham qolmaydi. Sog’ligimiz o’z qo’limizdadir.



Mundarija
Kirish ....................................................................... 3

I Bob


O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslari.............................9

1.1. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari........................9

1.2. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari.......................23

1.3. O’quvchilar tibbiy gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi................................33

II Bob.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lon turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari.................42



2.1. O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.

2.2. O’quvchilarni atrof – muhit tozaligiga tabiatni asrashga ko’niktirish va ekologik madaniyatni shakllantirish yo’llari.................................................52

2.3. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish sog’lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy vositadir......................................................................67

Xulosa ........................................................................80

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................90

Ilovalar........................................................................92.



Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti ” Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ” ta’lim yo’nalishi bitkazuvchisi Bekmetova Nasibaning ” Boshlang’ich sinf o’quvchilarida soglom turmush tarzini shakllantirish” mavzusidagi bitiruv – malakaviy ishiga

T A Q R I Z
Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish