Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti kunduzgi bo


O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi



Download 343,5 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2017
Hajmi343,5 Kb.
#10792
1   2   3   4

O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi.

Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Shaxsiy gigiyena va ularni saqlash shartlari, o’smirlar o’rtasidagi gigiyenik tarbiya mohiyati, o’smirlarning shaxsiy gigiyenasini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari batafsil o’rganilgan.

Gigiyenaning bu jihatlari M.V.Antropova, M.I.Ismoilov, D.V.Kolesov, S.E.Mansurova, S.S.Solixo’jayev, D.J.Sharipova kabi olimlar tadqiqotlarida aks etgan.Boshlang’ich sinflarda gigiyena bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borganlar. Bulardan S.Solixo’jayevning ” Birinchi sinfga olti yoshdan” , Sh.I.Karimovning ”Sog’lom avlod uchun” risolasi Ibn Sino nomidagi nashriyot tomonidan 1993- yilda nashr etilgan. ”Bolalarga gigiyenik ko’nikmalarni ularni makt5ab ostonasiga qadam qo’ygan kunidan boshlab singdirish uchun oilada va maktabda qulay shart- sharoitlar yaratish zarur”. [ S.Solixo’jayev ”Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. Ibn Sino 1993-y].

Bugungi kunda 1-4 sinflar uchun Salomatlik, Tabiatshunoslik va Odobnoma darslari o’tilmoqda. Darsliklarni maktab o’quvchilariga o’qitishdan maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish sog’lom avlodni voyaga yetkazish omillari, shaxsiy va jamoat gigiyenalariga rioya etishni ularning ongiga singdirishda iboratdir.

Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?

Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?

Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.

O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.

O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.

Tadqiqotimiz jaroyonida yosh avlodni sog’lom va baquvvat etib tarbiyalashda milliy ma’naviyatimiz asoschilarining, allomalarimizning pandu- nasihatlari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardan foydalanib o’tkazilgan tadbirlardan foydalanish yaxshi samara berishiga amin bo’ldik. Shunday tadbirlardan birini 4- sinf uchun darsdan tashqari bir soatlik tadbir namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi. ( Bu ilovada berilgan).

Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida I – IV sinf o’quvchisining taxminiy kun tartibini quyidagicha deb belgiladik.


  1. uyqudan uyg’onish.

7 - 7 badantarbiya, yuvunish, o’rinni yig’ish.

7 - 7 ertalabki nonushta.

7 - 7 maktabga tayyorgarlik.

7 - 8 maktabga borish yo’li

8 - 13 maktabda o’qish vaqti

13 – 13 maktabdan uyga qaytish yo’li.

13 – 14 tushki ovqat.

14 – 16 dam olish, harakatli o’yinlar.

16 – 17 dars tayyorlash.

17 – 18 yengil tamaddi.

18 – 19 ochiq havoda bo’lish, uy ishlari qilish.

19 – 20 kechki ovqat va erkin mashg’ulot.

20 – 21 kechki uyquga tayyorgarlik.

21 – 7 kechki uyqu.

O’quvchilarga qo’yiladigan gigiyenik talablar:

Har bir kishi butun hayoti davomida o’z tanasini, sochini, terisini, tirnoqlarini, og’iz bo’shlig’ini har doim va muntazam ravishda parvarish qilib borishi zarur. Chunonchi, teri organizmni tashqi muhitning har qanday salbiy ta’sirlaridan, turli zararli mikroblardan saqlaydi va tanada muntazam ravishda muayyan bir xil harorat saqlanib turishiga yordam beradi. Shuning uchun birinchi navbatta, badanni ozoda saqlashga e’tibor berishimiz zarur. Teri toza saqlanmasa, badanning turli zararli mikroblarga qarshi kurashish va himoyalash xususiyati susayib, har xil yara chaqalar paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, badanning ochiq joylariga, tirnoq va tirnoq ostiga alohida ahamiyat berish, shu tufayli qo’lni doimo sovunlab yuvib turishga odatlanish kerak. Shu kabi talablarni muntazam bajarib borish uchun o’quvchilar o’z tana a’zolarini va uning bajaradigan vazifalarini, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari, jismoniy mashg’ulotlarga rioya qilish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun ularga ” Odam tanasining umumiy tuzilishi ”, ” Partada to’g’ri o’tirish qoidalari ”, ” Mushak va uning funksiyalari ’, ” Tishlar va ularni asrash”, ” Ovqatlanish gigiyenasi” kabi mavzularda dars mashg’ulotlarini o’tkazib boriladi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari odam tanasining tuzulishi haqida birlamchi ma’lumotlarni o’qituvchidan oladilar, ya’ni, suyaklar, mushaklar, hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari, qon aylanish, asab sistemasi, sezgi a’zolari haqida, kun tartibiga rioya qilish, badantarbiya, shaxsiy gigiyena qoidalari va hakozo. Amaliy mashg’ulotlarda:


  1. O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar. Teri qoplamlarini, mushaklarini, suyaklarini ushlab ko’radilar.”Odam tanasining tuzilishi”jadvalidan o’qituvchi o’quvchilarga tushuntiradi.

  2. O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar,ya’ni qo’llari bilan o’zlarining bosh suyaklarini, umurtqalarini, ko’krak qafaslarini, tos suyaklarini ushlab ko’radilar. Noto’g’ri o’tirish oqibatida mana shu suyaklar qiyshayib o’sishi mumkinligini o’qituvchi tushuntiradi.

  3. O’quvchilar o’zlarini va o’rtoqlarini pulslarini sanab ko’rishilari, qo’llarini ko’kraklariga qo’yib yurak urushlarini his qilishlari mumkin. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini me’yorida o’tkazish kerak, chunki haddan tashqari zo’riqish charchashga, yurak kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga nima sababdan yurakni asrab – avaylash kerakligini, qanday o’zini tutsa yuragi sog’lom va baquvvat bo’lishini bilishlari kerak.

Boshlang’ich sinf o’quvchilari tez o’sadilar. Ular harakatchanliklari tufayli tanalaridagi moddalar almashinuvi tez kechadi. Sarf energiyalarini qoplashlari uchun oqsil, yog’, uglevodlarga boy bo’lgan ovqatlar iste’mol qilishlari, ovqatlanish, uyqu gigiyenik talablar va boshqalarni odat bo’lib qolgan muayyan bir vaqtda o’tkazgan ma’qul. Anq rejim tufayli organizm me’yoriy og’irlik his etadi, sarflangan kuch tezroq va to’liqroq tiklanadi, organizm kamroq ishdan chiqadi. Faol harakatchanlik organizmni mustahkamlaydi, darsdan so’ng ochiq havoda yurish, cho’milish, safarga chiqish kabi dam olish bola ruhiga ijobiy ta’sir etadi. Sog’liqni zaiflashtiruvchi omillar: rejimga rioya qilmaslik, kam harakat qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, vaqtida ovqatlanmaslik kabi zararli odatlar sog’liqni zaiflashtiradi. O’quvchilar bilimini kengaytirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida o’quvchilar orasida turli tadbirlar o’tkazish tavsiya qilinadi. Quyida ” Salomatlik tuman boylik” mavzusida IV sinfda o’tkazilgan tadbir ssenariysi namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi. ( Bu ilovada berilgan).

Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichida o’quvchilar kun tartibiga amal qilish va gigiyena talablariga rioya qilishga tarbiyalansa, sog’lom tumush tarziga oid bilim va ko’nikmalar bilan shakllantirish aynan boshlang’ich ta’limda ro’yobga chiqishiga amin bo’ldik. Chunki asosiy ko’nikma bu bosqichda hosil bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning to’g’ri uyushtirilgan kun tartibiga rioya qilishi natijasida shunday fikrga to’xtaldik, ya’ni:

__ bolaning organizmi har tomonlama to’g’ri rivojlanadi;

__ o’quvchilar irodasi mustahkamlanadi;

__ turli kasalliklarga chalinish oldi olinadi;

__ o’quvchilarning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi kuchayadi;

__ o’quvchining ish qobiliyati ortadi;

__ har bir ishni o’z vaqtida bajarishga o’rganadi.

II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari.



    1. O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.

” Sog’loom avlod deganda shaxsan men avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman ”.

” Buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi ” – deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. [ Barkamol avlod O’zb.taraqqiyotining poydevori. Toshkent . Sharq nashriyoti .1998-y].

Aslida olloh taolo inson zotini tabiatan sog’lom, mukammal yaratadi. Lekin afsuski odam bolasining o’zi, qolaversa nosog’lom muhit bu mukammallikni buzadi. Odamzod tassufki nafs, kibr-u havo, jaholatga berilib o’zini – o’zi, turli ofatlarga giriftor qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15- fevraldagi 46-sonli qarori bilan ”Sog’lom avlod’’ Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik faniga sog’lom turmush tarziga oid turli mavzular kiritilgan. Bulardan 1-sinf tabiatshunoslik ( Atrofimizdagi olam) darsligiga “ Sog’liqni saqla”, “ O’quvchining “kun” tartibi”, “ Mening dam olish kunim”, “ Ovqatlanish qoidalari”, ” Yashil dorixona” mavzulari kiritilgan.

3 – sinf tabiatshunoslik darsligiga ”Odam kim”, ”Teri”, ”Muskullar”, ”Skelet”, ” Yurak va qon”, ” O’pka va nafas olish”, ”Ovqat hazm qilish organlari”, ” Zararli moddalarning organizmdan chiqib ketishi”, ” Ovqatlar va ovqatlanish qoidalari”, ” Nerv sistemasi”, ” Sezgi organlari”, ” Chekishdan o’zingizni tiying!”, ” Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olgan oson!’’ mavzulari kiritilgan.

4- sinf darsligida ”Toza havo, toza suv – salomatlik garovi” mavzusi kiritilgan. Ushbu mavzularni o’tish davrida o’qituvchi o’quvchilarga spirtli ichimliklar ichuvchi, nos, sigaretlar chekuvchi giyohvand moddalar йфигд qiluvchi bolalarning qanday holatga tushganlarini batavsil tushuntiradi.

Odam va uning salomatligini muhofaza qilishda qadimgi ajdodlarimizning qo’shgan hissalari bilan tanishtiriladi. Bulardan X asrda yashagan Abu Bakr ibn Ahaviy, Abu Mansur Buxoriy, Abu Saxl Masix Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida odamlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqish va tarqalishida ifloslangan suv va havoning ro’li katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli omillar havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi, ko’zga ko’rinmaydigan ”mayda hayvonlar”, ya’ni mikroblar haqidagi bilimga asoslanib fikrlar bildirgan. U kasalliklarning oldini olishda tashqi muhitni muhofaza qilish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi. Hozirgi paytda o’quvchi – yoshlarimiz orasida nos, sigaret, hatto nasha chekish bilan shug’ullanayotganlar ham bor. Boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning har bir ishiga taqlid qiladi. Shu davrda nos, papiros, hatto nashani tatib yoki chekib ko’rishga intilish paydo bo’ladi.

Biz tadqiqot ishimiz davomida o’quvchilar orasida inson salomatligi xususida tushuntirish ishlarini olib bordik. Inson salomatligiga xavf soluvchi odatlardan o’sib kelayotgan yoshlarni asrashda ota – onalar jamoatchiligi orasida ish olib bordik. Dono xalqimiz ” Qush uyasida ko’rganini qiladi” – degan. Shunday ekan, kattalar yosh bolalar oldida namoyishkorona chekib, spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari haqida tushuntirish ishlari olib bordik. Buning uchun o’quv maskanlarida zarali odatlar va turli xil kasallklar haqida tematik kechalar uyushtirish, bu kechaga ota – onalar, narkolog shifokorlar, tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazining shifokorlari, huquqshunoslar taklif etilib ochiq muloqotlar tashkil etilishi bu boradagi ishlarning samarasini oshiradi. Ana shu maqsadda 2012-yil 1- mart kuni maktabimizda ota – onalar va o’quvchilar ishtirokida ” Gripp xavfidan saqlaning! ” mavzusida, keyingi paytda dunyoning ko’pgina davlatlarida ” parranda grippi ” kaalligi qayd etilib, yuzaga kelgan epizoatik vaziyat barchani tashvishlantirayotgan masalalarga bag’ishlangan davra suhbatlari o’tkazilgan. Tadbirda tuman epidemiologiya nazorati markazi so’zga chiqib, ushbu infeksiyaning hududimizga kirib kelishiga qarshi barcha chora va tadbirlar haqida tushuntirgan. Kasallikning asosiy tashuvchilari hisoblangan yavvoyi suvda suzuvchi qushlar hududimiz orqali uchib o’tadi. Shuning uchun virusning kirib kelish xavfi saqlanib qolmoqda va bu borada ogohlikni kuchaytirish lozim. Tadbir so’ngida o’quvchilar va ota – onalarga quyidagi ehtiyot choralariga amal qilish kerakligi uqtirildi:



  1. Iloji boricha yavvoyi parrandalar – o’rdak, tovuq, g’oz va boshqalarga qo’l tekkizmaslik;

  2. Uy parrandalarini boqqanda, albatta og’iz – burun niqobidan, rezinka etik va qo’lqopdan foydalanish;

  3. Tovuqxonani yig’ishtirgandan so’ng barcha himoya liboslarini yechib, qo’llar va kiyimlarni yuvish;

  4. Parranda go’shti va tuxumdan oziq – ovqat mahsulotlari tayyorlash texnologiyasiga qat’iy rioya etish.

O’tkazilgan shu va shu kabi tadbirlardan maqsad o’quvchilarni turli xil kasalliklardan himoya qilishdir.

O’quvchilarni turli xil kasalliklardan, zarali ta’sirlardan himoya qilish usullaridan yana biri odobnoma, tabiat, jismoniy tarbiya darslarida, tarbiyaviy soatlarda o’quvchilarga odam tanasining a’zolari va uning bajaradigan vazifalari, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari haqida ma’lumot berib borishdir.

Masalan: 4- sinf odobnoma darsligidagi ” Salomatlik kushandalari”, ” Ichkilik”, ” Zararli xulq va odatlar” mavzulari, boshlang’ich sinf tarbiyaviy soatlarida ” Narkotik moddalar haqida tushuncha”, ” Bo’sh vaqtlarni qanday o’tkazish kerak”, ” Zararli odatlar nima?” Ular nimalarga olib boradi?”, ” Yer yuzida yomon odatlarga o’rin yo’q” kabi mavzular o’tiladi. Odam tanasining tuzulishi haqida boshlang’ich sinfdan boshlab 3- sinf tabiatshunoslik darsligida ” Sog’ligimizni saqlaymiz” bo’limida ” Odam kim?’’, ” Teri”, ” Skelet”, ” Muskullar”, ” Yurak va qon”, ” O’pka va nafas olish”, ” Ovqat hazm qilish organlari” va boshqa mavzular o’tiladi. Muskullar, yurak va o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari bilan tanishish jarayonida o’quvchilar o’z tana organlari ish faoliyati bir – biri bilan chambarchas bog’liqligini bilib oladilar. Bunday bog’liq holdagi faoliyat nerv sistemasi orqali boshqariladi. Nerv sistemasi sxema orqali tushuntiriladi. (62- rasm). Nerv sistemasi doimo sog’lom bo’lib, me’yorda ishlashi uchun nimani bilishi kerak? Buning uchun, birinchi navbatta, kundalik rejimga rioya qilish lozim. Qachonki siz ma’lum vaqtda ishlab, dam olsangiz, ovqatlansangiz nerv sistemasi charchamaydi, me’yorida ishlaydi. Nerv sistemasini mustahkamlash uchun mehnat turlarini almashtirib turish, badantarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish, ertalabki gimnastika mashqlaridan keyin ho’l sochiq bilan har kuni artinish, ertalabki dush йфигд qilish ham foydali.

O’quvchilarda eng ko’p uchraydigan kasalliklardan biri nafas a’zolarining kasallanishidir. Nafas a’zolari bolalarda tuzulish jihatdan bir qator xususiyatga ega. Ularning burun bo’shlig’i, bronx yo’llarining shilliq qavatlari kattalarnikiga qaraganda changlarga, havoga, tutunlarga juda sezgir bo’ladi. Shuning uchun sinf xonasining havosi tez- tez almashtirilib turiladi. O’quvchilar og’iz orqali nafas olmasdan, burun orqali nafas olish kerakligini, chunki burun havoni ilitib, changlarni ushlab qolish xususiyatlari borligini bilishlari kerak. Hazm qilish a’zolari bolalarda tuzulishi jihatdan bir qancha xususiyatlarga ega.

Qizilo’ngach va oshqazon bolalarda ingichka va yupqa bo’lib, issiq ovqatlar is’temol qilganlarida kuyish ehtimoli bor. Shuning uchun ular iliq, yengil hazm bo’ladigan, vitaminlarga boy ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak. Ovqatlanishdan oldin qo’llar toza yuvilgan bo’lishi shart. Iste’mol qilinayotgan ovqat og’iz orqali oshqozonga so’rilish jarayonlari kechishini sxema orqali ( 42-rasm) bolalarga ko’rsatiladi va ovqatlanish gigiyenasi haqida bolalarga tushuntiriladi.

Tishlarning vazifasini, tuzilishini, uni asrashni, tishning yorig’i natijasida tish emali yemirilib, tishni buzilishiga, kuchli og’riq paydo bo’lishiga olib kelishi haqida tushuntiriladi. Tishning vazifasi haqida 4-sinf tarbiyavy soat darslarida o’tkaziladigan ”Sog’ligimiz o’z qo’limizda ” mavzusidagi reja asosida bir soatlik dars ishlanmasini e’tiboringizga havola qilamiz. Tadbir quyidagicha tahkil etildi va o’tkazildi:

( Bu ilovada berilgan).

Xulosa qilib aytganda tadqiqotimiz davomida zararli odatlar xususida quyidagi to’tamga keldik.

__ zararli odatlar nos, sigaret, nasha chekish, spirtli ichimliklarni totib ko’rishga qiziqish maktab davrida boshlanadi;

__ zararli odatlar nafaqat o’quvchining o’zini, balki atrofdagilarni ham sog’ligiga ta’sir qiladi;

__ zararli odatlarga o’rganish jamiyatga zid harakatlarga undaydi;

__ turli xil jarohatlanishlar sodir bo’lishiga olib keladi.

Ushbu mulohazalarga tayanib, quyidagi xulosaga keldik:

__ inson salomatligiga havf soluvchi zararli odatlarga o’rganishni oldini olishda boshlang’ich sinflar muhim bosqich hisoblanadi;

__ salomatlikni asrash xususida ajdodlarimiz merosidan foydalanish yaxshi natija beradi;

__ zararli odatlarni bartaraf qilishda shaxsiy namuna muhim o’rin tutadi;

__o’quvchilarda salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillarni oldini olish ko’nikmasi hosil qilinadi;

__ shaxsiy va atrofdagilar salomatligini qadriga yetish hissi tarbiyalanadi.




  1. 2. O’quvchilarni atrof – muhit tozaligiga, tabiatni asrashga ko’niktirish va ekologik madaniyatni shakllantirish yo’llari.

” Fuqarolar atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”. ” Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”. [ 1-2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-55-modda. (14-15-bet) T. ”O’z-n” – 2001].


O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan atrof – muhitni sog’lomlashtirish, tabiiy resruslardan oqilona foydalanishga kirishildi. Mamlakatimizda ekologik ta’lim – tarbiyaga alohida e’tibor qaratila boshladi. Bu borada taniqli pedagog olimlar L. Alimbekovning “ Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, P.Baratovning ”Tabiatni muhofaza qilish, Yu.Shdimetovning Ijtimoiy, gigiyenik va ekologik va ekologik muammolarga bag’ishlangan tadqiqotlariga yoki E. Turdiqulovning ”Ekologik ta’lim tarbiya Konsepsiyasi” biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublika ta’lim markazi qoshidagi ”Ekologiya va salomatlik” ilmiy metodik kengashining 2001-yil 4- oktabrdagi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan ” Rang – barang tabiat” [ A.S. To’xtayev, M.N. Tilaboyeva. T. Yozuvchi n 2002-y .] ” Suv – hayot manbai” [ M.F. Rasulov. Yozuvchi n. 2002-y.] ”Inson va havo” [E. Turdiqulov. T.2002-y] 5-9-sinflar o’quvchilari uchun o’quv qo’llanmalari yaratildi. Qo’llanmada milliy qadriyatlarimizga, atrof – muhitni muhofaza qilishga va uni kelajak avlodga sof holda yetkazishga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, tabiiy fanlarni o’qitish jarayonida qo’shimcha materiallar sifatida tabiat va uning bo’lagi hisoblangan o’simlik va hayvonot dunyosi, respublikamizdagi muhim epotizmlar, shu bilan birga, muhofazaga olingan hududlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Atrof – muhit ta’limi o’quvchilarga ekologik muammoga bir tomonlama qarash mumkin emasligini, ijtmoiy va iqtisodiy muammolar bilan qalin bog’liqligini va ekologik krizis sabablarini anglashga ko’maklashadi.

Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanida o’quvchilarga atrof – muhit tozaligiga, tabiatni asrashga va ekologik madaniyatni shakllantirishga keng e’tibor qaratilyapti. Masalan 1- sinf Atrofimizdagi olam darsligida ”Inson va tabiat”, ”Qushlar bizning do’stimiz”, ”Madaniyat va ekologiya”, ” Tabiat alifbosi”, ” Ekologiya va iqtisod”, ” Yashil dorixona” kabi mavzular bor.

2 – sinf uchun Atrofimizdagi olam darslik kitobiga ”Tabiat sanitorlari”, ”Qushlarni jalb etish va muxofaza qilish”, ” O’bekistonning Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar”, ”Tabiat va inson” kabi mavzular kiritilgan.

3 – sinf Tabiatshunoslik darslik kitobiga ” Tabiatni asrab – avaylash”, ”Atrofimizdagi havo va uni muhofaza qilish”, ” Suvni ehtiyot qiling”, ”Foydali qazilmalarni muhofaza qilish”, ” Ekologiya nima?”, ”Ekologik halokat” kabi mavzular kiritilgan.

4 – sinf Tabiatshunoslik darsligida ” Suv havzalarini muhofaza qilish”, ”Tuproq va undan foydalanish”, ” Toza havo, toza suv – salomatlik garovi” mavzularida kiritilgan . So’zsiz, bunda o’quvchilarning yoshi va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, nazariy hamda amaliy ekologiya asoslaridan tegishli saboqlar berilishi maqsadga muvofiq. Xuddi shunday, yashash joylari – mahallalarda hasm turli mavzularda davfa suhbatlari, ekologik kechalar, tanlovlar o’tkazib, ekologik ta’lim – tarbiya yo’nalishida bir qator samarali ishlarni olib borish mumkin. Sinfga rasm plakar osib qo’yiladi. Bu rasmda o’tloqda dam olatotgan bolalar tasvirlangan. Bunda bolalar o’tin yoqib, ovqat pishirayotgani har tarafda turli narsalarni turli narsalarni yoyilib yotgani tasvirlangan. Dam olib, o’ynab kulgan bolalar uylariga ketishgach ulardan tirli chiqindilar qolgani, yondarilgan gulhan tutab yotgani rasmda tasvirlangan. O’qituvchi bolalardan bu rasmda nimalar tasvirlanganini gapirib berishlarini so’raydi. O’quvchilarning javoblarini tinglagach ularni to’ldiradi. ” O’tloq yoki ko’katzorda dam olib bo’lganingizdan so’ng qaytar chog’ingizda atrofni ko’zdan kechirib, kerakmas narsalar qoldirgan – qoldirmaganingizni tekshirib ko’ring . Bir oz bo’lsada, ehtiyotsizlik katta falokatga sabab bo’lishi mumkin, bunda sizning bahri – dilingizni yayratib ketgan joylar ko’p yillargacha hech nima unmaydigan quruq yer bo’lib qoladi. Manzarali va mevali daraxtlar shoxlarini sindirmang, gullab turgan o’simliklarni bekorga yulib olmang. Daraxt nafaqat ko’cha va hovlilarning chiroyini ochadi balki, havodagi chang va zararli gazlar miqdorini kamaytiradi, shovqin – suronni to’sadi, odamlarning salomatligini saqlashga yordam beradi”.

Maktabda ” Yosh tabiatshunoslar” to’garagni tashkil etish, jonli burchak tashkil etish, maktab yer uchastkasiga turli ekinlar ekish va ularni parvarishlash ishlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mashg’ulotlarning maqsadi: Kurrai – zaminimizdagi hayotiy muhitlarning qanday omillar sabali ifloslanayotgani va boshqa turli xil sabablarni yetkazib, o’quvchilarga atrof – muhit muhofazasining tub mohiyatlarini anglab yetishga yordam berishdan iborat. O’quvchilarga atrof – muhit tozaligiga, tabiatni asrashga va ekologiyaga oid bilim berishda dastlab ekologiyaga oid ilmiy tushunchalarni quyidagicha o’quvchilarga yaxshi ayon bo’lgan fikr – mulohazalardan boshlaginimiz ma’qul.

Yer sayyorasi, biz yashayotgan kurrai zamin, bu turfa olamda hozircha birdan – bir, yagona, tirik organizmlar, shu jumladan, insonlarning yashash joyi – makoni hisoblanadi.

Yerdagi 4 ta hayotiy muhitning ilmiy nomlanishi quyidagicha: havo – atmasfera, suv – gidrosfera, qattiq yer yuzasi – litosfera, o’simlik va hayvonlar ’’jonli qobiq” – biosfera deb ataladi. Insonlar Yerning jonli qobig’i , ya’ni biosfera muhiti tarkibida, boshqa barcha tabiiy unsurlar bilan bevosita bo’g’liqlikda dunyoga kelib, boshqa jonzotlardan farqli ravishda yuqori ong – tafakkur sohibi hisoblanadi.

O’quvchilarga ekologiyaga oid bilim berganda, dastavval, ”Ekologiya” so’zi nimani anglatishi, o’ziga qanday ma’no, mazmun – mohiyatini qamrab olgani, fan sifatida shakllanishi qaysi davrga to’g’ri kelishi va qaysi olim – donishmandlarning xizmatlari bunda muhim ahamiyat kasb etgani haqida ma’lumot beriladi. Ilk bor ”Ekologiya” atamasini 1866- yilda nemis tabiatshunos olimi Ernest Пуллуд ( 1834 – 1919) o’zining asarida ishlatgan.

” Ekologiya” ikki yunoncha so’z:

”Oykos” – yashash joyi, makoni, muhiti va ”Logos” – ta’limot, biimlar majmuidan tashkil topgan. Ekologiyaga oid tushunchalarning paydo bo’lishi va ko’plab qonunlarning kashf etilishi, pirovard natijada ekologiya fani ilmiy asoslarining shakllanishiga, boshqa olimlar bilan bir qatorda, qadimdan Markaziy Osiyoda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz ning ham xizmatlari beqiyosdir.

Zahiriddin Muhammad Bobur o’z asarlarida atrof – muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, har doim tabiatga oqilona munosabatda bo’lishga da’vat etganlar. O’quvchilarga ekologiya va atrof – muhit muhofazasi haqida bilim berishda tarbiyaviy soat darslarida 1-4- sinflarda “Toza havo – tanga davo “, “ Yashamoq – nafas olmoq” , “Tutunsiz kun – tutinsiz asr”, ” Ona yer rizq ro’zimiz ” mavzularini kiritish va jonli muloqot mashg’ulotlarini o’tkazish mumkin. Ushbu mashg’ulotlarida toza havoning ahamiyati, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq ma’lumotlar ochib beradiladi. Masalan: Havoda inson uchun zararli bo’lgan karbonat angidrit gazi bo’ladi. Shuning uchun xona va sinf xonalarini doimo shamollatib turish lozim. Chang havoda hamma vaqt mikroblar bo’ladi. Shuning uchun sinf xonalarida yugurmaslik, havoni iflos qilmaslik kerak. Toza havo uchun kurashda bizga Yashil do’stlarimiz o’simliklar yordam beradi. Ular havodagi zararli gazlarni va changlarni ushlab qoladi. Havoning ifloslanishi iqlimni o’zgartiradi, o’simliklarning o’sishini susaytiradi, o’simliklarining o’sishini susaytiradi, bular o’z navbatida yer shari aholisining salomatligiga salbiy ta’sir etadi.

Insonning hayot faoliyati havo muhiti bilan bevosita bog’liq. Mana shuning uchun ham istiqomat va xizmat qilinadigan, bilim olayotgan maskanlarimizda havo musaffo, toza bo’lmog’i kerak. Hammaga ma’lumki har yil maktab rejasiga asosan o’quvchilar makalatura va metallum yig’ishga jalb qilinadi. Ushbu tadbirlar nima uchun o’tkazilishi 4- siinf tabiatshunosik darsligida ”Tabiatni asrang’’ mavzusida muammoli dars sifatida o’tkazilib, o’quvchilar ongiga yetkazilishi mumkin. Dars namunasi:

Mavzu: Tabiatni e’ozlang.

Dars maqsadi: O’bekistonning jiddiy ekologik muammosi nimadan iboratligini tushuntirish. Chiqindi qog’oz va metall buyumlardan oqilona foydalanishni tushuntirish.

Darsning jihozi: Rasm plakatlar, tarqatma materiallar.

Darsning borishi: Hurmatli o’quvchilar! Har yili turli sanoat ob’ektlarining qurilayotganligi munosabati bilan juda ko’p miqdorda sanoat chiqindilar vujudga keladi. O’zbekistonda yiliga 100 mln tonna turli chiqindilar vujudga keladi. Maishiy chiqindilar turlarga ajratilgani sababli axlatxonalarda hamma narsa aralash yonadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda turli plastmassa shisha, konserva idishlar, yelim xaltalar ham chiqindilarning hajmini ortishga sabab bo’lmoqda. Shahar chiqindilari ichida qog’oz materiallari ko’proq uchraydi. Qog’oz bizda ancha tanqis bo’lgani holda, ulardan oqilona foydalanish yo’llarini izlash dolzarb masala. Makulatura deb ataladigan qog’oz chiqindisining ahamiyati juda katta. Masalan, 1 tonna makalaturadan 700 kg gacha qog’oz ishlab chiqarish mumkin, bu qog’oz 25 ming o’quvchilar daftarini tayyorlashga yetadi. Shuni ham bilib qo’yish kerakki , bir tonna qog’oz xomashyosi 4m yog’och 1000 kvt/soat elektr energiyasini va 200m suvni tejaydi. Eng muhimi atmasfera havosi va suvni zararli chiqindilar bilan ifloslanishining oldi olinadi.

Qog’oz chiqindilarini qayta ishlash katta maydonlardagi o’rmonni kesishdan saqlab beradi. Chiqindilardan qayta foydalanish ekologik nuqtai nazardan juda o’rinlidir. Bundan tashqari chiqindilarni qayta ishlash atmasferaga chiqayotgan qog’oz va kartonlar hajmi 85%, suv havzalarining ifloslanishi esa 40% kamayadi

Ushbu ma’lumotlar o’quvchilarni tabiatdagi barcha narsalarni tejab ishlatish kerakligini, atrof-muhit tozaligin o’z qo’limizda ekanligini o’rgatadi.

Ana shu tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilib borilsagina, sayyoramizdagi hayot doim butun bo’lib, inson salomatligi va barcha tirik organizmlarning yashahs sharoitlari to’la sqqlanib qoladi.

Ekologik tarbiya tabiayni o’rganinish va uni muomalari xususidagi sinfdan tashqari har turli mashg’ulot shakllaridan foydalanishni talab qiladi. ”Tabiat o’chog’i”, ”Jonzodlar do’sti”, ”Tabiat estitikasi’’ kabi to’garaklar ; Markaziy Osiyoning o’simlik dunyosi, Tabiat tadqiqotchilari kabi kulblar va boshqa qiziqarli guruhlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar Respublikamiz ”Qizil kitob’’ ni o’rganishlari, tabiat ob’ektlarini, ayniqsa mustahkam muhofazaga muhtojligini jiddiy bilib olmoqlari lozim. Bu ma’lumotlar orqali o’quvchilar tabiat boyliklarini qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish har bir insonning muqaddas burchi ekanligini bilib oladilar. Atrof – muhit musaffoligi ekologik muammolar qadim – qadimdan insoniyatning dqqat markazida bo’lib kelgan. Farzandlarimizga kichik yoshdan boshlab bu borada ta’lim – tarbiya berish katta ahamiyatga egadir. Uta’lim bilan bog’langan holda dars jarayonida, darsdan, sinfdan va maktabdan amalga oshiriladi. Axlat tashlamaslik, uyni, ko’ch, pod’ezdlarni ozoda saqlash, suvni, tuproqni, iflos qilmaslik kabi jonli misollardan foydalanishimiz tadqiqotimiz davomida o’z samarasini beradi. Milliy merosimiz bo’lga ”Avesto”da atrof – muhitni toza tutish, ko’cha, ariqlarni iflos haqida maxsus boblar mavjud. Masalan, ko’ch eshigi yonida axlat to’plab xonadon sohibi jamoaning hukmi bilan 25 darra, hovuz yoki chashmadan toza bo’lmagan idishda suv olgan shaxs 5 darra urish bilan jazolangan. Suvning ustiga uch marta yomg’ir yog’ib o’tgach, г oldingidek odam va hayvonlar ichadigan suvga aylanadi, deb hisoblangan. Yerni iflos qilgan, uni asrash qoidalarini buzganlarga nisbatan 400 marta qmchi urish jazosi joriy etilgan. Atrof – muhitni, ko’cha ko’yni, butazorlarni, o’tloqlarni asrash qoidalarini buzgan shaxslar qattiq tozalangan. Barcha kasalliklarni davolashda parhez asosiy omillardan hisoblangan. Avestoda atrof – muhit tozaligini saqlash bilan kasalliklarni oldini olishga ham katta e’tibor berilgan.

Chiqindi va axlatlarni, ifloslangan joylarni ko’mib tashlash orqali mikroblar yo’qotilgan. Parranda va hayvonlarga behuda ozor bermaslik, ulaning bemahal o’limiga sabab bo’lmaslik uqtirilgan. Bunday misollar Avestod anchagina.

Suv tiriklik vositasi, hayot omili, poklanuvchi manba, yurt obodonligini ta’minlovchi asosiy zahira deya ta’riflanadi; uni isrof va iflos qilmaslikka, anhorlar qazib suv chiqarishga da’vat etiladi. ”Tog’ jilg’alaridan bittasini quritgan odam Tangri qahriga uchraydi,”- deya ogohlantiriladi.

Suv – hayot manbai, shu bilan birga yorug’likdir, deganlari ham shundan bo’lsa kerak. Yodgorlikda suv manbalarini pokiza saqlash, muhofaza qilishga undovchi banrlar juda ko’p uchraydi. Jumladan, kanal, ariq va havzalarning pokizaligiga alohida e’tibor berish qayta – qayta uqtirilgan. Ichimlik suvi oqadigan ariqlar, hovuz va quduq sohiliga atrofiga faqat shoha butaklar o’tkazish tavsiya etilib, mevali daraxtlar o’stirish qat’iyan man qilingan, Zeroki, bir don meva suvga tushib chirisa , г yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar paydo qilishi aytib o’tilgan. Suvga tupurish, xas – hashak yoki chiqindilarni tashlash ham qattiq ta’qiqlangan.

Xulosa qilib aytganda, farzandlarimizga ekologik tarbiya berishda nodir asar ”Avesto”dan foydalanishning qimmatli tomoni shundaki, o’quvchilar eng evvalo, xalqimizning uzoq tarixi, udumlarini, undan tashqari tabiatni muhofaza qilish muammosi bundan qariyb 3000 yil muqaddam ham dolzarb bo’lganligini bilib oladilar. Tabiatni e’zozlashni, uning har bir qarichini ardoqlab, asrashni o’rganadilar. Bizningcha, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi vazifalarga e’tibor berishni lozim deb topdik:

__ tabiatda o’zini tutish ko’nikmalarini hosil qilish;

__ tabiiy muhitni yaxshilashga amaliy faoliyat ko’rsatish;

__ tabiatga, uni asrashga, atrog – muhit tozaligiga oid tushunchalarni mohitani tushuntirish;

__ atrof – muhit tozaligini tozaligini yaxshilashga yo’naltiruvchi xatti – harakatlarni tashkil etish;

__ tabiat zahiralarining jamiyatning moddiy va ma’naviy manbai ekanligini tushuntirish;

__ tabiatga ozor yetkazmaslikka o’rgatish;

__ tabiiy muhitni ifloslantirishga yo’l qo’ymaydigan qoidalarga rioya qilishga ko’niktirish;

__ tabiatga ozor yetkazganlarga murosasiz bo’lishga odatlantirish;

Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilari tabiatga atrof – muhit ozodaligiga bo’lgan axloqiy talablarga atrofdagilaning gap so’zidan qo’rqish hissi bilan emas, balki ixtiyoriy ravishda e’tiqod qilishsa, biz o’z maqsadimizni amalga oshirdik deb o’ylaymiz.


Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish