Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti kunduzgi bo



Download 209.75 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2017
Hajmi209.75 Kb.
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT

UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI KUNDUZGI BO’LIM

4-BOSQICH 402-GURUH TALABASI

BEKMETOVA NASIBA JALOLADINOVNANING

“BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SOG’LOM

TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH “

MAVZUSIDAGI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ta’limyo’nalishi: “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ”

Bakalavr darajasini olish uchun

Ilmiy rahbar: d.v.b.M.Salayeva


Taqrizchi: Urganch shahridagi 25-son umumta’lim

Maktab psixologi Xajiyeva M



Ish ko’rildi va himoya

qilishga ruxsat berildi.

<> kafedrasining

2012 yil <<________>>dagi

____ bayonnomasi.



Kafedra mudiri: dots.S.Ollaberganova

Urganch – 2012

Kirish.

I Bob.


O’quvchilarda soglom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslari.

    1. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik

asoslari.

O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik tizimi.

O’quvchilar tibbiy gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzini asosi.

II Bob.


Boshlangich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari.

2.1. O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.

2.2. O’quvchilarni atrof-muhit tozaligiga tabiatni asrashga ko’niktirish va ekologik madaniyatni shakllantirish yo’llari.

2.3. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish sog’lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy vositadir.


Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Ilovalar.

Kirish.


Mavzuning dolzarbligi va ishlanganlik darajasi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erisgandan keyin demakratik va erkin huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibiga qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi mazmunida insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, o’quvchilarda sog’lom tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.

Inson, uning hayoti va salomatligini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb ijtimoiy masala darajasiga ko’tarilmoqda.

Prezidentimiz I.Karimov sog’lom turmush tarzini jamiyat a’zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo’lmaydigan muammo ekanligini qayd etib, 2005-yilni mamlakatimizda “Sihat- salomatlik yili” deb e’lon qildilar. Demak, ushbu muammoning dolzarbligini quyidagi omillar bilan ifodalanishi joiz deb topdik;

___ sog’lom turmush tarzuni shakllantirish dolzarb ijtimoiy buyurtma ekanligi;

___ keyingi yillarda ekologiyaning keskin o’zgarishi, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi;

___ o’rta ummuta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish muhim bosqich ekanligi;

___ mamlakatimiz ravnaqi uchun har tomonlama kamol topgan ( ham ma’nan, ham jismonan yetuk) insonlarni voyaga yetkazish talab va ehtiyojining kuchayganligi bilan belgilanadi.

Sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi qaror toptirish, insonning salomatligini har tamonlama muhofaza qilish ajdodlarimiz merosida to shu kungacha o’z aksini topib kelmoqda.

“Avesto”, Qur’oni Karim, hadisi shariflarda soglom turmush kechirish shartlari, sog’lom nasl qoldirish kabi fikrlar bildirilgan.

Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Qashg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqa buyuk mutaffakkirlarimiz asarlarida yosh avlodda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati, shartlari, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga oid qarashlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bugungi kunda G.Akiyeva, Z.Vasilyeva, F.Yo’ldashev, G.D.Nuraliyeva, A.A.Abidov kabi pedagog va psixolog olimlar salomatlikning shaxs ma’naviy va jismoniy kamolatidagi o’rni, uni saqlash va muxofaza qilishdagi shaxsiy va ijtimoiy vazifalar kabi masalalarni ilmiy jihatdan tadqiq etishgan.

A.Atoyev, P.Bregg, E.A.Seytxalilov, T.Usmonxo’jayev, I.Kononov, G. Kusenko, Yu. Navikov kabi olimlar kun tartibini oqilona rejalashtirish, uzoq umr ko’rishda faol harakat, jismoniy mashqlarning ahamiyati borasida ilmiy tavsiyalar berishgan.

M.Antropova, S.Mansurova, S.Solixo’jayev, D.Sharipova kabi pedagog va fiziolog olimlar tadqiqotlarida sog’lom turmush tarzining muhim omillaridan biri shaxsiy gigiyena ilmiy tavsiyalar berilgan.

Ekologik ta’lim – tarbiyani tashkil etish muammolari bo’yicha L. Alibekov, P.Baratov, E.Turdiqulov, R. Mavlonova, Yu.Shodimetov kabi olimlar ish olib borganlar.

Inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar zararli odatlar va ularni bartaraf etish yo’llari pedagog olimlar M.Abdulaziz, M.A.Axtamova, M.Akromova, O.M.Najmiddinov, X.Raxmatov, T.Uzoqov va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida o’z aksini topgan.

Muammoning dolzarbligi va ishlanganlik darajasi bizga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashda asos bo’ldi.
Tadqiqot maqsadi – boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini yaratish.

Tadqiqot ob’yekti – umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflaridagi o’quv - tarbiya jaroni.

Tadqiqot predmeti – dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish mazmuni.

Yuqoridagilarni inobatga olib,

Tadqiqotning vazifalarini quyidagilar deb belgiladik;
__ boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash;

__ sog’lom turmush tarzi asoslarining boshlang’ich sinflardagi usul va vositalarining samaradorligini aniqlash;

__ dars va darsdan tashqari jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.



  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom tarzini shakllantirishning o’ziga xos jihatlari nazariy yechib berildi;

  2. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda dars mashg’ulotlari tahlil etildi;

  3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish sharoitlari belgilandi.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning mavjud pedagogic asoslari o’rganildi, sog’lom turmush tarzini rivojlantirishda boshlang’ich sinflarda samarali usul va vositalar belgilandi.

Tadqiqot ishining tarkibi:

Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I Bob. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy jihatlari
1.1. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogic asoslari.
“Sog’lom xalq, sog’lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi ”.

I.A.Karimov.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga e’tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog’ligini saqlash sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko’rsatishmoqda.

Umumta’lim maktablari o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasal o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlash, ularni sog’lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo’lga qo’yilgan.

Ta’lim muassasalari ma’lum muddat barcha bolalar va o’smirlarni o’z ichiga olib ommaviy tarbiya beruvchi yagona tizimdir.

O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahon doirasiga qadam qo’ydi, endilikda u kelajagi buyuk davlatga aylanishi uchun Prezident I.A.Karimov Dasturida belgilanganidek, ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan sog’lom, jismoniy kamol topgan avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish zarur. Ana shu maqsadda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan “Sog’lom avlod uchun ” ordeni ta’sis etish to’g’risida farmon qabul qilindi.

“Onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni ma’naviy axloqiy va jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga vatanparvarlik va Ona yurtga mehr-muhabbat tuyg’usini singdirish, shuningdek bolalar manfaatlari yo’lida xayriya faoliyatini rivojlantirish ” [ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Soglom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to’g’risidagi farmonidan ] ishlariga xizmat qilgan kishilargina bu oily darajadagi unvonga sazovor bo’ladilar.

Ajdodlarimiz asarlarida kishilarda ma’naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan bo’lsada, ular ma’lum ma’noda kishilarning sog’lom turmush tarziga intilishlarini yoritishga xizmat qilgan. Zero sog’lom turmush tarzi shakllanishida kishilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishlari o’ziga xos ahamiyat kasb etgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” da inson hayoti tabiat bilan uyg’unlikda kechadi, degan qarash diqqatga sazovor. Ushbu asarda shaxsiy hamda jamoaviy (ijtimoiy) gigiyena masalalariga alohida urg’u berilgan. Misol uchun, turli yuqumli kasalliklarning kelib chikishida issiq va sovuq havo, ruhiy iztirob, ochlik , buzilgan taomni iste’mol qilish, tozalikka rioya qilmaslik, turli zararli hashoratlar ( pashsha, chivin, kana, sichqon, kalamushlar) ning ko’payishi va yomon havo ( zamonaviy talqinda atmasferaning ifloslanishi ) kabilar keltiriladi. Asarda atrof- muhit tozaligiga erishish yo’llari ko’rsatib beriladi. Xususan:


  1. Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh va kul bilan ko’mib tashlash. Shu yo’l bilan mikroblarni o’ldirlgan va kamaygan.

  2. Olov, issiqlik va sovuqlik va sovuqlik vositasida yo’qotish.

“Avesto”da eng samarador poklovchi vosita sifatida olov e’tirof etiladi. Olov bilan hatto kiyim-kechaklarar zararsizlantirilgan.

3.Kimyoviy yo’l (kul, sirka,sharob,turli giyohlar, isiriq, sadaf,piyoz, aloye, sandal, sarimsoqpiyoz va b)ni tutatish yoki suvini tomizish bilan.[T.Mahmudov “Avesto”haqida. T:sharq 2000. 63b.]



Islom dini g’oyalari ham insonlar o’rtasida ma’naviy – axloqiy fazilatlarni shakllantirish borasidagi qarashlarni targ’ib etish bilan birga mo’tadil hayot kechirish, shuningdek inson salomatligi uchun jiddiy xavf soluvchi omillarni bartaraf etish borasida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Xususan, Qur’oni Karim oyatlari va Hadisi Sharifda atrof- muhit ozodaligini ta’minlash kishilar salomatligini ta’minlovchi muhim omildir deyiladi.

[ Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy. Hadis 3 va 4-t. T: 1992.558-b ]. Hadislarda uy- joylarni ozoda tutish, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, inson yashaydigan joyni unga ozor yetkazuvchi narsalardan tozalash, kishilarga soya beruvchi daraxtlarni ekish kabi xayrli ishlarga undovchi da’vatlar o’z ifodasini topgan. Ulug’ mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’zining “Inson salomatligini saqlash ilmdir” Konsepsiyasida quyidagi yeti omilning inson salomatligini muxofazalashda yetakchi o’rin tutishini asoslab beradi: mijozlarni mo’tadil qilish, yeyiladigan va ichiladigan mahsulotlarni tanlab iste’mol qilish, tanani turli chikindilardan tozalash va uning to’g’ri tuzilishini saqlash, burun orqali nafas olishda havoning yetarli darajada vas oz bo’lishiga e’tibor qaratish, kiyim boshni gavda tuzulishi, yosh xususiyatlari, yil fasllariga muvofiq tanlash, jismoniy va aqliy (ruhiy) faoliyatda muvofiqlikni ta’minlash, uyqu va uyqusizlikda kechuvchi mutanosibligiga erishish. Olimning asarlarida, badantarbiya inson organizmining chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi, to’g’ri ovqatlanishga erishish, sog’lom zurriyot qoldirish, atrof – muhitni toza saqlashning ahamiyati, kasallik tarqatuvchi hashoratlarga qarshi kurashish, havo va suvning ifloslanishini oldini olish turli kasalliklarni davolash vositalari borasida yetarli ma’lumotlar beriladi. [ Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari ”. Tuzuvchilar U.Karimov, X.Xikmatullayev. T.93.304 b ]. Mutaffakkir Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida inson kamolatining asosini nafaqat aqliy va axloqiy barkamollik, balki jismoniy yetuklik ham tashkil etishiga alohida urg’u berib o’tadi. Ana shu uchlik qaror topgandagina komil inson qiyofasi namoyon bo’ladigan fikrni ilgari surish bilan birga salomatlikni ta’minlash insonning o’z qo’lida ekanligini aytadi. [ Pedagogika tarixi / Hoshimov K va b. T “O’qituvchi”, 1996.488 b ]. Ulug’ mutaffakkir Jaloliddin Davoniy o’zining “Axloqi Jaloliy ” asarida sog’lom turmush tarzining asosiy unsurlaridan biri yurish – turish va yeb – ichish ( zamonaviy talqinda kundalik faoliyat rejimi va ovqatlanish madaniyati ) qoidalariga rioya etish, o’z hatti – harakatlariga mas’uliyatni oshirish masalalariga to’xtalib o’tadi. Alloma ma’naviy – axloqiy fazilatlar orasida mardlik va shijoatni alohida ulug’lar ekan, shijoat, botirlik, sabr- matonat, bardoshlilik kabi sifatlarda tarkib topishi, bu sifatlar esa jismoniy mehnat bilan shug’ullanish, organizmni chiniqtirish orqali erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Buyuk allomalarimizdan biri Kaykovus javonmardlik fazilatlarini targ’ib etib, har bir tartibli kishi o’z vaqtini to’g’ri taqsimlashni va undan to’g’ri foydalanishni talab etadi. [ S. Nishonova. Komil inson tarbiyasi. T.2003. 185 b ] Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy Bolaning sog’lom va baxtli bo’lishida tan pokizaligiga, vaqtdan unumli foydalanishga, zararli odatlarga o’rganmaslikka chaqiradi. U ota – ona o’z farzandi uchun ma’sulligini, uni oqilona parvarish qilishni yaxshi narsalarni yomondan ajratish qobiliyatini shakllantirishni, salomatlikka ziyon keltiruvchi odatlardan o’zini asrash kerakligini, doimo yaxshilikka intilish lozimligini uqtiradi.

Bugungi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish ham o’tgan davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o’tgan davrlardagidek ijtimoiy muammo sifatida o’rganilgan. Bu borada bir qator pedagog olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borib tavsiyalar berganlar.

Sog’lom turmush tarsini shakllantirishning asosiy sub’yekti shaxs va uning kamolatidir. Bu borada ya’ni shaxsni har tamonlama shakllantirish muammosi bo’yicha olimlar. M. Ochilov, S. Radjapov, M.Xamroyev, O.Musurmonova, D.Sharipova, O.To’rayeva, M. Xolmatova, I.Ismoilov, S.Salixo’jayev, T. Usmonxo’jayev, M. Inomova va boshqalar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Sog’lom turmush kechirish hamda uzoq umr ko’rishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati haqida A.Atoyev, G. Bogdonov, E. Seyetxalilov, T.Usmonxo’jayev va boshqalar; to’g’ri va sifatli ovqatlanishda gigiyenik talablarga rioya etishda B.Atoyev, Yu. Afanasyev, Yu.Kulikovlarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin.

Yu.Afanasyev va Yu. Kulikovlarning o’quvchilarda sog’lom t5arzi ko’nikmalarini shakllantirishda oqilona ishlab chiqilgan kun tartibiga rioya qilishni ta’kidlab, kun tartibining quyidagi modelini tavsiya etadilar: doimo bir vaqtda uyqudan turish, ertalabki chinikish, kuniga 3 - 4 mahal belgilangan vaqtda ovqatlanish, kunda kamida 2 soat toza havoda bo’lish, darsni har doimo bir vaqtda tayyorlash, har haftada ikki mnarta sport bilan shug’ullanish, bir kunda 8 soat dam olish (uxlash), bir vaqtda o’ynash.[ Afanasyev Yu. Salomatlik alifbosi. T:Ibn Sino, 1995, 104-b]

Sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri shaxsiy gigiyena va uni saqlash shartlari, o’g’il va qiz bolalar shaxsiy gigiyenasining o’ziga xos jihatlari haqida M.Ismoilov, S.Mansurova, S.Solixo’jayev, D.Sharipova va A.Xripkovalar ishlaganlar.

O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga salbi8y ta’sir ko’rsatuvchi omillar zararli odatlar va ularni bartaraf etish yo’llari pedagog olimlar M.Abdulaziz, M.Axmedov, M.Axmatov, M. Ikromova, O.Najmiddinov, I.Nasritdinov, X.Raxmatov, T.Uzoqov va boshqalar ishlarida o’rganilgan.

Fiziolog olim B.Chumakov o’quvchilarda sport bilan shug’ullanish, to’g’ri ovqatlanish qoidalari, kun tartibiga rioya qilish, zararli oqibatlarga berilmaslik va to’g’ri dam olish haqidagi tavsuiyalarni ishlab chiqdi. [ Chumakov B.N Vamologiya kurs leksiya. M. 1999, 405 b]

Sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ekologik muammolar yechimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada I.Alibekov, P.Baratov, E.Turdiqulov, Sh. Qurbonov, A.Ikromov, B.Xolliyev, A.To’xtayev, Yu. Shodimetov va boshqalar tadqiqotlari ibratlidir. Xususan, respublikamiz olimlari pedagogika fanlari doktori, professor E.O.Turdiqulov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent J.T. Siddiqov taqrizlari ostida mualliflar: K.Roziqov, A.To’xtayev, A.Nigmatov R.Sultonov tomonidan “ Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi haqida yeti saboq ” ekologiyadan o’quv qo’llanma taqdim etilgan. “Hozirgi davrda, xususan, ilm-fan va texnika, turli xil texnologik jarayonlarga ehtiyoj nihoyatda ortgan sharoitda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya va atrof-muhitning muhofazasi asoslaridan nazariy hamda amaliy bilim berishga mo’ljallangan adabiyotlaeni tayyorlab, chop etib va iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazish davr talabi”. { Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi.h.y.s Toshkent. 2004-y. 4b}.

Yosh olima A.Isimova tomonidan 5-9 sinflarda sog’lom turmush tarsi ko’nikmalariga ega bo’lgan shaxs modeli ishlab chiqilgan bo’lib, bu model mazmunini quyidagi sifatlar belgilaydi: jismonan baquvvat, shaxsiy hamda o’zgalar salomatligini himoya qila oladigan; kundalik reja asosida ishini to’liq bajara oladigan; qad-qomati kelishgan; psixogigiyena qoidalariga rioya qiladigan, psixologik jihatdan o’zini to’g’ri bajara oladigan, jinsiy jihatdan to’g’ri tarbiyalangan, kelajagiga ishonch bilan qaraydigan.

Sihat – salomatlik har bir kishi uchun baxt- saodatdir, uning mehnat unumdorligini mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir.

Umumxalq mulki bo’lmish sihat- salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yondashish jamiyatning barcha a’zolarini turmush va axloq mezoni bo’lmog’i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o’z tanasini tuzulishini, har qaysi to’qima va a’zolarining normal ish faoliyatini, o’sish, rivojlanish va ko’payish qonuniyatlarini bilishi zarur. Odam organizmining tuzilishini boshlang’ich sinflarda dastavval :

___ inson salomatliga va jismoniy kamolatiga oid tushunchalarni bilish;

___ chiniqishning mohiyatini anglash;

___ gimnastika mashlarni bajara olish;

___ shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish va ularga amal qilish kabi ko’nikma va malakalarni egallashlari shart.

Tibbiyot fanidagi tadqiqotlardan ma’lumki, agar odamning sog’ligi 100% deb qabul qilanadigan bo’lsa, uning 50% i har qaysi odamning turmush tarziga, 20% nasl xususiyarlariga va nihoyat 10% i tibbiy yordamga bog’liq.

Ma’lumki, aksariyat odamlar umrining 12 yili maktabda va kollej yoki litseyda o’tadi.

Inson hayotining bu davri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o’smir organizmi uzluksiz o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta’siga juda beriluvchan bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1993- yil 3- dekabrdagi 589- sonli qarori bilan “ Yosh avlodni sog’lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish ” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dasturda odamning sog’ligini mustahkamlash umrini uzaytirishda jamiyatning har bir a’zosi sog’lom turmush tarziga rioya qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi kishi xulq- atvorining hamma tomonlarini o’z ichiga oladi.

Har kimning ma’suliyatli kasbi hisoblangan o’z- o’zini bilish tushunchasi buning bir qismidir. Buning ma’nosi shuki, odam o’z organizmining tuzulishi va funksional xususiyatlarini mukammal bilsa, bu xususiyatlarni asrash va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qoidalarga amal qiladi. Chunonchi, kun tartibiga, sanitariya va gigiyena talablariga amal qilish odat tusiga kiradi. Odam o’z ruhiy holatini boshqara oladi, qattiq hayajon va ruhiy zarbalarga bardosh beradi, o’zining ovqatlanishini nazorat qiladi, harakatchanlik, jismoniy tarbiya va sport kun tartibidan mustahkam o’rin oladi.

Ma’naviy va axloqiy yetuk, intellektual rivojlangan, jismoniy baquvvat har tamonlama komol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlarni amalgam oshirish maqsadida mamalakatimizda 2000-yil “Sog’lom avlod yili” deb e’lon qilndi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000-yil 15- fevraldagi 46- sonli qarori bilan “Soglom avlod” Davlat dasturi tasdiqlandi.Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ushbu Davlat dasturi asosida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va sog’liqni saqlash vazirliklarining “ Sog’lom avlod” majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan. Hukumatimiz tomonidan aholi msalomatligini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Birgina 2005-yilning “Sihat- salomatlik yili”, 2006-yilning “ Homiylar va shifokorlar yili” deb e’lon qilinishi fikrimizning dalilidir.

Umuman har bir insonning salomatligi, ayniqsa o’sib kelayotgan yoshlarimizning durkun, bekamu- ko’st voyaga yetishi davlatning doimiy e’tiborida.

Xulosa qilib aytganda, yuqotida qayd etilgan maqsadga muvofiq boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish borasida quyidagi vazifalarni belgiladik:

__ sog’lom turmush tarzini shakllantirishda o’quvchilarda kun tartibiga amal qilish ko’nikmasini tarkib toptirish;

__ jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga rag’bat uyg’ota olish;

__ shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish ko’nikmalarini hosil qilish;

__atrof –muhitni muhofaza qilishga ko`niktirish ;

__ekologik madaniyatni shakllantirish ;

__zararli odat,ta`sirlardan himoya qilishga odatlantirish .

Ushbu vazifalar yechimini topsa,boshlang`ich sinf o`quvchilarida kuchli iroda, mustahkam xarakter, pokizalik kabi fazilatlar tarkib topadi.





    1. O’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari.

Kunning ko’p qismini ( 70%) o’quvchilar ta’lim muassasalarida o’tkazadilar. Ta’lim muasssasalarida o’qish vaqti bolaning o’sish va rivojlanishiga to’ri keladi.

Respublika bo’yicha ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilari 2923809 nafarni tashkil qiladi. Tibbiy ko’rikdan 2883931 nafar, ya’ni 98,6% o’tgan bo’lib, shundan sog’lom bolalar 1057826 nafar, ya’ni 36,6% ni, kasal bolalar esa 1826105 nafar ya’ni 63% ni ko’rsatadi. [ A.Zokirov “Talim muassasalarida bolalarni sog’lomlashtirish “. 5/2005. Ilmiy metodik jurnal. 6-bet].

Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki sog’lom bolalarga qaraganda kasal bolalarning ko’rsatkichi yuqori.Hozirgi kunda o`qitishning samaradorligi o`quvchilarning aqliy faoliyatini oshirish xisobiga erishiladi. Ko’pchilik o’quv muassasalarida, ayniqsa fanlarni chuqurlashtirib o’qitilayotgan maktablar uchun doimiy psixoemotsional diqqatlilik, uyquning kamayishi, uzoq muddat o’tirish, harakat va toza havoda bo’lish vaqtining kamayishi holatlari xosdir. O’quv jarayoni salbiy omillarning ta’siri o’sayotgan organizmni asab, immun va boshqa tizimlarning moslashuv rezervlarining yomonlashuviga, funksional o’zgarishlar va surunkali o’choqlarning shakllanishiga olib keladi.

O’qitish omillarining bolalar sog’ligiga salbiy ta’siri o’quvchilarga tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirishni talab qiladi.

Ta’lim muassasalarida, ayniqsa maktablarda bolalar haftada 5-6 kun davomida 4 soatdan 6 soatgacha bo’ladilar. Bolalarni jamoa sifatida tashkillashtirish va ularni o’quv muassasasida uzoq muddat bo’lishi, butun o’qish davomida maqsadga yo’naltirilgan ommaviy profilaktik va sog’lomlashtirish dasturlarini samarali amalgam oshirish imkonini beradi.

Bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishning maqsadi ular sog’ligidagi nuqsonlarning ilk asoratlarini aniqlashdir.

Ko’rikning ketma- ket va bosqichlari, tadqiqotning hajmi va usullari, xulosalar shakllari Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Xalq ta’limi Vazirligi buyruqlari va qo’shma buyruqlari bilan tasdiqlangan. Ta’lim muassasalarida tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish jarayonlarini amalgam oshirish ma’muriyatni, tibbiy xodimlarni, pedagoglarni, ota – onalarning hamkorlikdagi faoliyatini nazarda tutadi. Umumta’lim maktabning birinchi sinfida o’qitish rejimining o’ziga xos tomoni shundaki, bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar fiziologik sistemalari, jismoniy va ruhiy holati ma’lum darajada rivojlangan bo’lishikerak. Bu bolagamaktab zimmasiga qo’yayotgan talablarni uddalashga yordam beradi. Maktabga yetarlicha tayyor bo’lmaslik ko’pincha organizm rivojlanishining orqada qolishiga emas, o’quv faoliyati jarayonida zo’riqishga, uchraydigan funksiya va sistemalarning yetarlicha rivojlanmaganligiga bog’liq. Sog’lom bola organizmi 6 -7 yoshdan asosan morfologik hamda funksional jihatdan maktab ta’limiga tayyor bo’ladi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikda o’quvchilarda aniqlanayotgan nuqsonlar orasida yetakchi o’rinni tayanch – harakat apparatida va oyoq gumbazini shakllanishida nuqsoni borlar egallaydi.

Zamonaviy qarashga muvofiq gavdani tutish organism holatining integral tavsifidir va nasldan – naslga o’tuvchi hamda ijtimoiy gigiyenik omillarning kompleks ta’siri natijalarini yoritadi.

Bu omillar ichida o’tadigan o’quv tarbiyaviy jarayon va muhit omillarining o’rganilayotgan salbiy ta’siridan ko’proq tahlil qilinayotgani quyidagilardir:


  1. gavdani to’g’ri shakllanishiga maktab mebelining mos kelmasligi.

  2. Darsliklar bilan to’la papkani o’ta og’irligi

  3. Jismoniy kam harakat va ko’p o’tirishdir.

Tayanch – harakatda nuqsoni bor bolalar va o’smirlarning tibbiy ko’rigini o’tkazish va sog’lomlashtirish uchun ta’lim muassasasining tibbiy xodimlari, pedagoglar, ota – onalar bilan doimiy hamkorlikda ishlasi zarur.

Pedagoglar o’quvchilar o’rtasida sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilishlari, ota – onalarga o’quvchilarning kun tartiblarini to’g’ri tashkil qilishlarini nazorat qilishlari zarurligi tushuntiriladi.

Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning tayanch harakat apparatida ko’p uchraydigan nuqsonlardan biri oyoq taginig deformatsiyasi.

Bolalar va o’smirlar orasida asosan bo’yiga ketgan yassioyoq keng tarqalgan, eniga ketgan va boshqa turdagi yassioyoq kamroq uchraydi. Yassioyoq rivojlanishining asosiy sababi mushaklar va bog’lovchi apparatning bo’shlig’idir.

An’anaviy shakllangan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning ko’p vaqti o’tirgan holatda bo’ladi. Shuning uchun pedagoglar o’quvchilarni dars vaqtida o’tirish holatlarini nazorat qilishlari, darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazishlari, ijobiy ta’sir qiladigan harakatlar tartibini tashkil qilishlari, jismoniy tarbiya mashqlariga gavdani to’g’ri tutishga yo’naltirilgan mashqlarni kiritishlari zarur. Mashqlarni musiqa ijrosida bajarish yanada ko’proq ijobiy samara beradi. Maktabda o’qishning birinchi kunidan boshlaboq birinchi sinf o’quvchilarida to’g’ri o’tirishni shakllantirishga e’tibor qaratish zarur. Bolalarni maktabda va uyda o’tirish holatini nazorat qilishning oddiy usullarini pedagoglar o’rgatishlari zarur. Pedagoglar bolaning o’tirishini sabr bilan boshlang’ich sinflarda kuzatishlari kerak. Yozma ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan egilib o’tirish holatida orqa mushaklarga og’irlik tushadi, yurak urushi tezlashadi, nafas olish harakatining amplitudasi kamayadi. Bunday holatda tenglikni saqlash uchun o’quvchilar stol ustiga ko’krak bilan suyanadilar, bu esa ichki organlar ishini yanada og’irlashadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilarining nazorati bolalarning sog’lom bo’lishlari uchun katta ahamiyatga ega. Darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish o’quvchilarning ishga layoqatliligini ushlab turish uchun samarali vositadir.

Rus olimasi Kuindji N.N darslarida jismoniy tarbiya daqiqalarini albatta o’tkazish zarurligini uqtiradi, chunki bunda o’quvchilarning markaziy nerv tizimin hamda partada uzoq o’tirishi sababli statik taranglashgan skelet mushaklar dam olishi ta’minlanadi. [ Kunji N.N ]

Jismoniy tarbiya daqiqalarini uni versal profilaktik samara berishi uchun turli guruhdagi mushaklar va miyada qon aylanishini yaxshilashga mo’ljallangan mashqlarni o’z ichiga olishi kerak.

Jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish uchun 3-4 mashqdan iborat maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim muassasalarida alohida o’rganlarga, tizimga va butun organizmga ruhiy va statik og’irlik qiluvchi mashqlar, darsda umumiy toliqishni oldini olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi va dars davomida taranglashganini xisobga olgan holda turli guruh mushaqlari uchun to’plangan mashqlardan iborat umumiy ta’sir qiluvchi mashqlar o’tkazishni talab qiladi. Mashqlar 1,5 – 2 daqiqa davom etadi. Mashqlarni tuzishga jismoniy tarbiya o’qituvchisi yordam beradi. Yozuv darslarida mashqlar ikki marotaba 15 va 25 – daqiqalarda o’tkazilishi kerak, panjalari toliqishini yumshatish uchun mashqlar bajariladi.

Maktabda o’quvchilarni harakatga bo’lgan biologik talabini qondirish uchun sharoit yaratish lozim. Bu talab 2 soatdan ko’p hajmdagi bolalar va o’smirlarni kunlik harakat faolligini qondirishi mumkin.

Harakat faolligining bunday hajmi har qaysi o’quvchi har kuni bajarilishi zarur bo’lgan ertalabki gimnastikadan, tanaffusdagi harakatlanuvchi o’yinlardan, uzaytirilgan kun tartibidagi sport soati, jismoniy tarbiya darslari va maktab musobaqalari, salomatlik kunlari hamda ochiq havodagi o’yinlar, jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug’ullanish va sport seksiyalaridagi mashg’ulotlardan jamlanadi.

Hozirgi kunda yoshlarimizning salomatligini ko’ngildagidek deb bo’lmaydi. Bolalarda ovqat hazm qilish va qon hosil qilish a’zolari kasalliklari, asab kasalliklari, yuqumli teri kasalliklari yetakchi o’rin egallaydi.

Aynan shuning uchun ham ta’lim – tarbiya ishlarini yoshlar organizmining fiziologik xususiyatlariga asoslangan, gigiyena qoidalariga to’liq rioya qilingan holda ta’lim tizimini faoliyat ko’rsatishni ta’minlash bugungi kundagi muhim pedagogik muammolardandir.

Pedagoglar yoshlarning o’sish va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi, o’quvchi - yoshlarni yosh xususiyatlariga qarab aqliy va jismoniy ish bajara olishi, tibbiy – gigenik qoidalariga rioya qilgan holda o’quv maskanlaridagi ta’lim – tarbiya ishlarini to’ri yo’lga qo’yishlari kerak.

Bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va natijada sog’lom avlodni yaratish uchun albatta o’quvchilarga tibbiy – gigiyenik bilmlar berish juda ham zarur.

Xulosa qilib aytganda ta’lim – tarbiya muassasalarida o’quvchilarning kasalliklarga chalinishining oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni ko’rsatib o’tamiz:

___ o’quvchilarni sog’ligini ekologik va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish;

__ kasallikka qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlarini uzviy va izchil holda o’tkazish;

__ sog’lomlashtirishga muxtoj o’quvchilarni sog’lomlashtirish muassasalariga yuborish;

__ o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda pedagog va tarbiyachilarning tibbiy – gigiyenik bilimlarini yetarli bo’lishini ta’minlash;

__ sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishda tibbiyot xodimlari, ota – onalar bilan hamkorlikda ish olib borish;

__ ota – onalar va pedagoglar tomonidan o’quvchilarning kun tartibini to’ri tashkil etishni nazorat qilish.



    1. Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa