Analogiyaning chin bo‘lish shartlari. Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham etibor beriladi. SHu jihatdan analogiyani qatiy
(aniq), qatiy bo‘lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz.
Qatiy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ko‘chirilayotgan va o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlardagi modellashtirishda fikr qatiy analogiya shaklida yuritiladi.
Qatiy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qatiy bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Jaloliddin Rumiyning quyidagi fikrlarini qatiy bo‘lmagan analogiyaga misol bo‘ladi: “Umid va kutmoq insonning qanotidir. Qanotlar qanchalik baquvvat va sog‘lom bo‘lsa, u shunchalik yuksakka ucha oladi. Umidsiz qolsa-chi, tamballashadi, o‘zi xayr qilolmagani etmaganidek, bandalik vazifalarini ham ado etolmaydi.”170
Noaniq analogiyada xulosaning chinligini ham, yolg‘onligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Masalan:
Xorijga ishlagani ketgan tanishlarim yaxshi yashayapti, ko‘p pul topayapti, uyidagilariga pul yuborayapti.
Men ham xorijga ishlagani borsam, yaxshi yashayman va ko‘p pul topaman.
Demak, men ham uydagilarga ko‘p pul yuboraman.
Xulosaning noaniq bo‘lishiga sabab, ko‘chirilayotgan belgi (yaxshi yashash, ko‘p pul topish) xorijga ishlagani boradiganlar uchun zaruriy emas.
Xato analogiyada tasodifiy belgilar zaruriy, doimiy xolat sifatida asos qilib olinadi. Masalan:
Avvalgi kuni behosdan tuz to‘kilib ketgani uchun uyda janjal bo‘ldi.
Hozir ham tuz to‘kilib ketdi. Demak, yana janjal bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, yani xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun malum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari imkoni boricha ko‘proq aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi.
Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi.
Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari bajarilgan bo‘ladi.
Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak.
Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari miqdori kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi.
YUqoridagi qoidalarning buzilishi analogiya usuli orqali chiqarilgan xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |