Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Download 1,22 Mb.
bet187/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi.
ABC________abc
B___________b
C___________c
____________________________ Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
ANALOGIYA- (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Obektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham malum manoda o‘xshash bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish obektiv reallikning Cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkibidagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga
(prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan Imom G‘azzoliy “Kimiyoi saodat” asarida dil(ko‘ngil)ni badan mamlakatining podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, “podshoh - Dil vazir -Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidir”169- deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan bazan aniq, bazan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
S1 - P1, R2, R3, R4, belgilarga ega. S2 - P1, R2, R3, belgilarga ega.
_____________________________
Demak, S2 - R4 belgisiga ega. Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila azolarini beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga etibor kamayadi.
Bu oila azolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir-biriga mehrsiz, maxallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
______________________________________________________________
____
Demak, ular bolalar tarbiyasiga etiborsiz.
Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
A – V ga, S – D ga bo‘lgandek munosabatda.
Bunda A – V model, S – D prototip bo‘ladi. Model va prototip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet sohalariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o‘rtasidagi munosabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining emishi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish