Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Texnogen sivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi



Download 1,22 Mb.
bet138/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

Texnogen sivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi. Inson ehtiyojini qondirishda lison (til), manaviyat, tafakkur, qanchalik kerak bo‘lsa, texnika ham shu qadar zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Biroq texnikaning yuksak imkoniyatlari turli mamlakat va xalqlar ijtimoiy-madaniy hayotida turlicha namoyon bo‘lmoqda. YAni u bazi mamlakatlarda turli sohalarni rivojlanishiga ijobiy tasir ko‘rsatayotgan bo‘lsa boshqa bir o‘rinda u turli ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni vositasiga aylanib bormoqda. SHu manoda texnogen sivilizatsiya muammosi Sharq va G‘arb faylasuf olimlari tomonidan murakkab fenomen sifatida talqin qilinmoqda. Bunda olimlar texnogen sivilizatsiyaning asosiy tushunchalari hisoblangan texnomuhit, texnika va texnologiyaga asosiy etiborni qaratmoqdalar.
Ijtimoiy xayot axborotsiz, muloqotsiz va kommunikatsiyalarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Axborot ijtimoiy va texnik taraqqiyotning xarakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, bilishning tugun punkti hisoblanadi, xaqiqat bilan aniq va ko‘pqirrali aloqalarni belgilab beradi. Bilish subektidan mustaqil ravishda mavjud bo‘lib, axborot bilish jarayonida namoyon bo‘ladi. Olamning axborotlashgan surati kelajakka qaratilgan, moddani keyingi rivojini o‘zga sayyora sivilizatsiyalari bilan muloqot orqali rivojlantirish istiqbollariga qaratilgandir. XX asrda ilm-fan va texnikani yutuqlari (masalan, raketa-kosmik texnikda, radioaloqalarda, EHM) bunday aloqalarni amalgaoshirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ommaviy kommunikatsiya va informatsiya vositalarining insonning shaxsiy hayotiga aralashishi, bunda matbuot, radio, televideniedan foydalanib inson ongiga ko‘rsatiladigan tasir hokimiyatning insonlarning hayoti ustidan har tomonlama nazorati odamlar hayotining eng yaxshi ideallarini amalga oshishi haqidagi orzu-umidlarini shubhaga solib qo‘ydi. SHu narsa Aniqlandiki, uchinchi ming yillik boshlarida jahon hamjamiyatining asosiy resurslari sanoat industrial va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining imkoniyatlari bilan emas, balki informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar potensialida bo‘lib qoldi. Informatsion texnologiyalar tomonidan taminlanadigan portlashning havfi sayyora axolisining ortib ketishi yoki ifloslanishidan kam emas. Bugungi kunda informatsion resurslar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda etakchi rol o‘ynay boshladi. Informatsiya va bilim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy manolarda umum insoniy kapitalga aylandi. Informatsion texnologiyalar – hisoblash mashinalari va raqamli informatsiyani telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab uzatish usullarining sintezidir. Har qanday informatsion texnologiyalar asosida matn, tovush va vidual tasvirni Raqamli shaklda namoyon qilish imkoniyati yotadi.
Hozirgi informatsiya asri jamiyat hayotining turli sohalarida bevosita o‘z tasirini namoyon qilmoqda. Informatsion texnologiyalarning iqtisodga tasiri ishlab chiqarii va xizmat ko‘rsati sferalarini mukammallashtirishda aks etmoqda. Informatsion texnologiyalar marifda, bilimlar yaratishda, ilmiy tatqiqotlar imkoniyatlarini kengaytirishda, modellashtirishda, tajriba malumotlarini tahlil qilishda va yangi bilim hosil qilishda foydali tarzda xizmat qilmoqda. Tez ishlovchi kompyuterlar va suniy intellekt alohida ahamiyat kasb etmoqda. Global kommunikatsiyalar tarmog‘i eng muhim omil bo‘lmoqda. Uqlar Erning suniy yo‘ldoshlari, telefon kabellarining kontinentlararo va kontinentlar ichida tarmoqlangani, yangi elektron aloqalarining paydo bo‘lishi yagona Xalqaro informatsiya tarmog‘i sistemasini shakllantirdi. Har qanday informatsiyani Yer sharining istalgan no‘qtasiga Yorug‘lik tezligida uzatish mumkin bo‘lgan vaqt keldi.
Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning intensiv taraqqiy qilishi, globallashuvi va nomarkazlashuvi – bularning hammasi kelajakdagi yuqori texnologiyali jamiyatning belgilaridir. 2000 yilning yanvar oyiga olganda Jahonda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 300 mingdan ortiq edi, hozirgi kunda esa o‘nlab, yuzlab millionlarga etdi. Internet (va shunga o‘xshash tarmoqlar) ning informatsiyaning sayyoraviy manbalariga aylanib borishi bilan odamlar orasida
Interaktiv muloqotining umumiy muhitini yaratish imkoni tug‘iladi. Biz doimiy o‘zgarib turuvchi dunyoda yashay boshladik. Informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarni tashuvchisi bo‘lgan sohiblar hozirgi zamon hayotining qaynoq markazidagina bo‘lib qolmasdan, ayni shu bilan barcha o‘zlarining hayot tarzlarini ham, o‘z hulq-atvori va tafakkur tarzini ham o‘zgartirmoqdalar. Odamlar o‘z tafakkuri va hulq atvorini qay darajada o‘zgartirsalar, ularning kasbiy tajribalari ham shu darajada boyib, samarali mahsuldir xossalarga ega bo‘lib bormoqda. Hozirgi zamon kommunikatsiyalar fazosida etarlicha tezkor moslashish va harakat qilish zarurgina bo‘lib qolmay, ayni shu jamiyatning informatsian-kommunikatsiya texnologiyalarining global taraqqiyotini bilgan holda, o‘zining hulq-atvorini namoyish qilish muhitini his qilishi va shu muhitda qanday harakat qildishini bilishi ham kerak bo‘ladi. Informatsion paradigma nihoyatda yuksak darajada konkretlikda va ishonch bilan kelajakka eshiklarini ochib bermoqda. Informatsion paradigmaning eng muhim jihatlarini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Avvvllari informatsiya industrial jamiyatning texnologik va texnik amaliyotiga tasir qilish mumkin bo‘lgan xomashyo deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda informatsiyaga tasir qilish uchun informatsion texnologiyalar yaratilgan (bu narsada jamiyat hayotining turli-tuman maqsadlari hisobga olinadi).
Informatsiya insonning har qanday faoliyatining integral omili bo‘lgani sababli buning individual va kollektiv hayotimizning barcha jarayonlari bevosita yangi informatsion texnologiyalar bilan shakllanadi. Informatsion tarmoqlar barcha turli-tuman ijtimoiy o‘zaro tasirlari va jamiyat taraqqiyotidagi noaniqliklarga to‘l bo‘lgan va tobora ortib borayotgan murakkabliklarga yaxshi moslashadi. Informatsion tarmoqlar nihoyatda sezgir, harakatchan va yangiliklar kiritish uchun ochiqdir. Informatsion jarayonlar faqat qaytar jarayonlargina emas; ijtimoiy tashkilotlar va institutlarni modifikatsiya qilish va ularning komponentlarini qayta guruppalash yo‘li bilan fundamental o‘zgartirib yuborish mumkin. YAngi informatsion – texnologiya paradigmasi konfiguratsiyasi shundayki, u o‘z konfiguratsiyasini qayta tuzishi, rekonfiguratsiyalanishi mumkin – bu hozirgi kunda doimiy o‘zgarib turuvchi va tashkiliy jihatdan qotib qolmagan jamiyatda xarakterli jihatidir.
Jamiyat taraqqiyoti informatsion paradigmasining istiqboli konkret texnologiyalarning yuksak integrallashgan sistemaga konvergentsiyasi ananalari bilan bog‘langan bo‘lib, bu sistemada eski, izolyasiyalangan texnologik traektoriyalar deyarli bir – biridan farqlanmay, ajralmay qoladi. Masalan, mikroelektronika, telekommunikatsiya, optik elektronika va kompyuterlar endi informatsion sistemada mujassamlashgan. Biznesda, masalan, hozircha chiplarni ishlab chiqaruvchilar va programmistlar orasida farq bor va hozircha bu farq bir muncha muddat saqlanib qoladi.
Bizga malumki, texnogen sivilizatsiya asosini tashkil qiluvchi texnomuhit deganda texnika va texnologik jarayonlarning yig‘indisi tushuniladi. Bugungi kunda jamiyat postindisturial jamiyat yoki axborotlashgan jamiyat deb atalishidan qatiy nazar, insoniyatning bugungi kuni va ayniqsa kelajagini texnika va texnologiyalarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, shu kungacha bazi olimlar hozirgi davr jamiyatida ananaviy tarzda sodir bo‘luvchi ijtimoiy inqiloblar tasirida ulkan o‘zgarishlar ro‘y beradi, degan fikrga o‘rganib qolganlar. Bizning nazarimizda masalaga bunday yondoshuv doimo to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHunki aynan sanoat va uni rivojlantiruvchi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jamiyat hayotida yangicha tafakkur, munosabat, voqelik, hodisa va o‘zgarishlarni hosil qilmoqda. To‘ri ilmiy-texnikaviy taraqqiyot insoniyatga farovon turmush tarzini yaratib berish bilan bir qatorda bir qancha muammolarni hal etishni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. CHunki biomuhit hozirgi davrga o‘hshab shiddat bilan emirilib, ekotizimlar yo‘qolib boraveradigan bo‘lsa, demak bu kelajak avlod tomonidan insonning ongsiz ravishda yo‘l qo‘ygan xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi natijasida yuz bergan deb sanaladi va ularning ajdodlari oxir-oqibatda tabiatni qanday ayanchli ahvolga solib qo‘yganligi to‘g‘risida ayanchli fikr-mulohaza yuritishlariga asos bo‘ladi. Bunday muammolarni oldini olish uchun dunyo xamjamiyatini ezgu maqsadlarda birlashtiruvchi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kommunikatsion aloqalarning tezkorligini oshiruvchi yondashuvlar kerak bo‘ladi. Bu yondashuvlar yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga katta yordam beradi. Zero bunday munosabat orqali turli mamlakatlar va mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligi ortadi.
To‘g‘ri, global texnogen sivilizatsiya sivilizatsiya bir sektorda inqirozli holatni yuzaga keltirsa, boshqa sektorda barqarorlikka tahdidni tug‘dirishi ham mumkin. Ayni paytda o‘zaro globallashgan texnogen munosabatlar shaxs va jamiyat ehtiyojini birmuncha samarali qondirish uchun qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o‘ziga xos munosabatlar, bilim va qadriyatlarni tezkorlik bilan butun sayyoramiz uzra keng yoyilishga imkon yaratadi. Biroq, bularning barchasi yoppasiga bir xillashtirish deganini anglatmaydi.
Birinchidan, texnogen sivilizatsiya yutuqlarini insonlar o‘z iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari doirasida o‘zlashtira oladilar va bunda har bir jamiyat yoki ijtimoiy guruhda umuminsoniy tajriba ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, texnogen sivilizatsiya rivojiga turli jamoalarning ayniqsa madaniyat, milliy va diniy tafakkurda kuchli namoyon bo‘luvchi shaxsiy
identiklikni saqlab qolishga bo‘lgan instinktiv intilish aks tasir ko‘rsatadi. Natijada zamonaviy global texnogen sivilizatsiya yaxlit-tizimli tus olibgina qolmay, balki ichki plyuralistik tasnifga ham ega bo‘ladi. CHunki bunday sivilizatsiyada iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarning gomogenlashuvi kuchayib, ayrim turdagi madaniy ehtiyoj va rang-baranglik o‘zaro uyg‘unlashadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish