51
Koeffitsiyent ishchi o‘rinlarning ta’minlanganlik darajasini, xizmat ko‘rsatish
jarayonini ta’minlash uchun talab etilgan miqdordagi ishchi kuchining haqiqatdagi
muvofiqligini ko‘rsatadi;
b)
кх
К
- attestatsiyaga qamrab olingan xodimlar (talab etilgan ishchi o‘rinlarga
ishchi kuchi sifatining muvofiqligi):
%
100
*
/
ур
ат
кх
Х
С
К
(8)
bu yerda,
Sat - attestatsiyadan o‘tgan xodimlar soni.
Koeffitsiyent xodimlar malakaviy sifatini baholashni, xizmat ko‘rsatish jarayonini
ta’minlash uchun talab etiladigan ishchi kuchi salohiyati darajasining haqiqatda
munosibligini nazarda tutadi.
3)
Korxonadagi o‘rtacha ish haqi miqdori. Korxonadagi bitta xodimning
o‘rtacha ish haqi hududiy mehnat bozoridagi o‘xshash faoliyat turi, narxi va
miqdori bilan solishtiriladi.
4)
Jamoa tarkibi (ijtimoiy-ruhiy qulaylik darajasi).
5)
Imtiyozlarning mavjudligi.
6)
Korxonaning joylashuvi
O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari korxonaning kelajakdagi faoliyati va
maqsadini to‘g‘ri aniqlashda asos bo‘lishi hamda raqobatchilarning har bir
strategiyasi muvaffaqiyatining omillarini, yangicha sifatga va mehmonxona
korxonasi xo‘jalik faoliyati hajmini oshirishda ularning kuchsiz tomonlarini
aniqlash imkonini berishi mumkin. Bu o‘z navbatida, barcha turdagi xo‘jalik
tavakkalchiligi (ayniqsa moliyaviy va investitsion) darajasining oshishi bilan
bog‘liqdir. Menejment strategiyasi natijaviyligini baholash esa, avvalambor uni
52
amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bilan asoslanadi. Shuning
uchun, baholash jarayonida mehmonxona korxonasi faoliyati uchun salbiy
moliyaviy
oqibatlar
yuzaga
kelishi
ehtimolidan
kelib
chiqib,
ushbu
tavakkalchilikka qay darajada yo‘l qo‘yish mumkinligini aniqlab olish zarurati
kelib chiqadi.
Bizningcha,
mexmonxonalarining
raqobatbardoshligi
ko‘rsatgichlari
mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligiga nisbatan kengroq va murakkabroq
tushuncha
hisoblanadi.
Mexmonxonalarining
raqobatbardoshligi
ko‘rib
chiqilayotganda nafaqat korxona xizmatlarining narxi, assortimenti va sifati, balki
xo‘jalik faoliyatidagi moliyaviy ahvoli, kadrlar siyosati, marketing strategiyasi,
reklama kampaniyasi kabi asosiy yo‘nalishlarining samaradorligi ham tahlil
qilinib, nisbatan uzoqroq muddatni qamrab oladi va qaysi bozorda solishtirish olib
borilayotganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilgan holda, mehmonxona xizmatlari
raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘llari bizningcha, quyidagilardan
iborat:
- taqdim etiladigan xizmatlar jamlanmasi tarkibini iste’molchi talablaridan kelib
chiqib tartiblashtirish;
- xizmatlarni
taklif
etishda
texnologik
jarayonlar
va
uskunalarni
zamonaviylashtirish;
- to‘g‘ri tanlangan marketing strategiyasi (narxni talab va taklifga nisbatan
belgilash, sotuv kanallarini takomillashtirish, yangi bozor talablarini o‘rganish,
reklamani to‘g‘ri tanlash);
- litsenziya va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan hamkorlar bilan ishlash va
ularni rag‘batlantirish tizimini joriy qilish;
- xizmatlarni taqdim etishda innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalarini joriy qilish;
- korxona xodimlari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish;
- iste’molchilar nazarida xizmatlarning raqobatchi korxonalar xizmatidan ustunlik
tomonlarini farqlashiga erishish.